II variant (biologiya 11-sinf)
1. Tulkining tovushqon bilan, oq ayiqning tyulen bilan oziqlanishi ekologiyaning qaysi bo’limida o’rganiladi?
A.demekologiya
B.sinekologiya
C.autekologiya
D.biogeotsenolgiya
2. Qirqquloqlarning sporofiti uchun xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmagan (b) javobni belgilang.
1) jinsiy bo‘g‘in hisoblanadi; 2) zigota hosil qiladi; 3) sporangiyga ega; 4) ildizpoyali
o‘simlik; 5) fotosintez qiladi; 6) poya-bargli o'simlik; 7) ko‘p hujayrali anteridiyga ega.
A) a-1,2 b-3,4,6
B) a-2,7 b-3,4
C) a-5,7 b-3,4
D) a-3,6 b-1,2
3. Urg‘ochilarida mitozning anafaza davrida hujayra qutblariga bir xil (a) va har xil (b) jinsiy xromosomalar tarqaladigan yirtqich organizmlarni belgilang. 1) kalxat; 2) qunduz; 3) qaldirg‘och; 4) tulki; 5) gepard; 6) qashqaldoq; 7) qarchig‘ay; 8) ukki
A) a-1, 6, 8; b-3, 4, 7 B) a-2, 4, 5; b-1, 7, 8
C) a-1, 3, 8; b-2, 6, 5 D) a-1, 7, 8; b-2, 4, 5
4. G.Xirzitum o’simligining urug’chi tumshuqchasiga 200 ta chang donasi kelib tushdi.Undan hosil bo’lgan spermiylarning 50%i urug’lanishda qatnashdi.O’simlikda hosil bo’lgan urug’ soni(a) va markaziy hujayrani urug’lantirgan spermiylar soni(b)ni aniqlang.
A. a-400, b-400
B. a-400, b-200
C. a-200, b-200
D. a-100, b-100
5. Sichqonlarda tananing qora rangi (A) jigarrang (a) ustidan dominantlik qiladi. Dumning uzunligini boshqa juft xromosomadagi B va b genlari belgilaydi, bu genning retsessiv alleli gomozigota holatda sichqonlarning embrional davrda nobud bo`lishiga olib keladi. Dominant gomozigotalarda dumning uzunligi normal, geterozigotalarda esa kalta bo`ladi. Digeterozigota sichqonlar o`zaro chatishtirilishidan tug`iladigan avlod fenotipini aniqlang.
A) 6- qora kalta, 2 – jigarrang kalta, 3 – qora normal, 1 – jigarrang normal;
B) 3- qora kalta, 6 – jigarrang kalta, 2 – qora normal, 1 – jigarrang normal;
C) 9- qora normal, 3 – jigarrang kalta, 3 – qora normal, 1 – jigarrang kalta;
D) 9- qora kalta, 3– jigarrang kalta, 3 – qora normal, 1 – jigarrang normal.
6.Quyida keltirilgan hayvonlar nechta tipga (a) va nechta sinfga (b) tegishli?
1) jigar qurti; 2) ildizog`iz meduza; 3) qoramol tasmasimon chuvalchangi; 4) qizil chuvalchang; 5) nereida; 6) krevetka; 7) biy; 8) iskabtopar; 9) latimeriya; 10) beluga
A) а – 5; b – 9;B) а – 6; b – 10; C)а – 5; b – 10; D)а – 9; b – 10;
7.Siydik ayirish organlarida kechadigan jarayonlar va ularning sodir bo`lish mexanizmlari o`rtasidagi muvofiqlikni aniqlang.
1) birlamchi siydikning hosil bo`lishi; 2) ikkilamchi siydikning hosil bo`lishi;
3) siydikning kanali orqali siydik qopiga tushishi;
а) shartsiz refleks; b) reabsorbsiya; с) filtratsiya; d) shartli refleks.
A) 1 – b, 2 – с, 3 – а; B) 1 – с, 2 – b, 3 – d;
C)1 – b, 2 – с, 3 – d; D) 1 – с, 2 – b, 3 – а.
8.Otasi gemofiliya bilan kasal, onasining ajdodlarida esa gemofiliya uchramagan erkak somatik hujayrasining mitoz sikli S davrida h (a) va H (b) allelari sonini toping.
A.a-0, b-2 B.a-2, b-0 C.a-1, b-1 D.a-0, b-4
9. Mustaqil oqsil sintezlash xususiyatiga ega bo’lmagan organizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklar to’g’ri berilgan javobni toping.
1.vabo 2.gripp 3.sariq kasalligi 4.ko’kyo’tal 5.quturish 6.ensefalit 7.ichburug’ 8.qizamiq
A. 1,2,4,7,8
B. 2,3,5,6,8
C. 2,4,6,7,8
D. 1,3,5,6,8
10. DNK molekulasi bir zanjirining 3/6 qismidan hosil bo’lgan oqsildagi aminokislotalar soni shu DNK dagi jami nukleotidlar sonidan 2200 taga farq qilsa, DNK molekulasidagi fosfodiefir bog’lar sonini aniqlang.
A. 2400
B.1200
C.2398
D.1198
11. Quyida xromosoma to’plami 2n=6 bo’lgan o’simlik hujayrasining bo’linish bosqichi berilgan. Rasmda hujayraning qaysi bo’linish tipi va bosichi ifodalangan?
A. Meyoz, anafaza I
B. Mitoz, metafaza
C. Meyoz, metafaza II
D. Mitoz, anafaza
12. DNK fargmenti tarkibida 400 ta nukleotid bo’lib, A+G+S yig’indisining A+G+T yig’indisiga nisbati 1,4 ga teng. Fragment tarkibidagi H bog’lar sonini aniqlang.
A.600 B.550 C.450 D.480
13.
Ushbu grafikda tasvirlangan tabiiy tanlanish shakliga mos keluvchi ma’lumotni aniqlang.
A. Bir turga mansub organizmlar orasida bir-biridan farq qiluvchi ikki va undan ortiq individlar uchrashi
B. Populyatsiyadagi irsiy o’zgaruvchanlik chegarasini kengaytiradi
C. Populyatsiyaning o’zgaruvchanligini kamaytiradi
D. O’zgaragan muhit sharoitida eski reaksiya normasi o’rniga yangi reaksiya normasini vujudga ketiradi
14. Translatsiya(a) va transkripsiya(b) jarayoniga xos xususiyatlarni aniqlang.
1.adenin ribonukleotidlarini uratsil ribonukleotidlariga mos kelishi 2.sitoplazmada borishi 3.yadroda borishi 4.timin dezoksiribonukleotidlarini adenin ribonukleotidlariga mos kelishi
5.i-RNK dagi irsiy axborot polipeptid zanjiradagi aminokislotalar izchilligiga ko`chirilishi
6.i-RNK polimeraza ishrokida kechadi 7,dezoksiribonukleotidlardagi axborotni ribonukleotidlarga ko`chirilishi
A) a-1,6,2 b-3,4,7 B)a-5,6,7 b-3,1,4 C)a-5,2,4 b-1,7,6 D) a-1,5,2 b-4,6,3
15. Diploid navli tog’olchaning changdonidagi dastlabki jinsiy hujayralar soni 76 ta bo’lib, ular meyoz va mitoz bo’lindi. Urug’lanishda spermiylarning 25%i qatnashgan bo’lsa, urug’lanishda ishtirok etgan tuxum hujayralardagi xromosomalar sonini aniqlang.
A.608
B.1216
C.304
D.2432
16. S va A nukleotidlar soni 1:2 nisbatda bo’lgan DNK fragmentidan 87 ta peptid bog’iga ega oqsil xosil bo’ldi. Ushbu DNK fragmentida G va S nukleotidlar orasida nechta vadorod bog’i mavjud.
A) 264 B) 704 C) 456 D) 201
17. Tovuq fermasida 8800 ta jo‘ja tuxumdan yorib chiqdi. Bu jo'jalarning 18,75% ini qora patlilar,
qolganini oq patlilar tashkil qiladi. Jo'jalarning nechtasi qora rangga ega bo‘ladi?
A) 1650 B) 550 C) 7150 D) 6600
18. Ullotriksning jinssiz ko’payishi(a)……, laminariyaning jinssiz ko’payishi(b)………
yordamida amalga oshadi?
A.a-zoospora, b-gameta
B.a-zoospora, b-zoospora
C.a-izogameta b-zoospora
D. a-gameta, b-gameta
19. Qirqquloqlarning sporofiti uchun xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmagan (b) javobni belgilang.
1) jinsiy bo‘g‘in hisoblanadi; 2) zigota hosil qiladi; 3) sporangiyga ega; 4) ildizpoyali
o‘simlik; 5) fotosintez qiladi; 6) poya-bargli o'simlik; 7) ko‘p hujayrali anteridiyga ega.
__________________________________________________________________________
20. Odam organizmi kichik qon aylanish doirasi arteriyalari … .
a) yurakdan qon olib ketadi; b) yurakka qon olib keladi; c) karbonat angidridga to`yingan qon tashiydi; d) kislorodga to`yingan qon tashiydi; e) o`pkalarga boradi; f) o`pkalardan keladi
21. Quyida berilgan o`simliklarning ko`payishi bilan bog`liq xususiyatlarni aniqlang.
а) funariya; b) zuhrasoch.
1)hayot siklida sporofit ustunlik qiladi; 2) hayot siklida gametofit ustunlik qiladi;
3) sporalari ko`sakchada yetiladi; 4) sporofiti sporangiyband va sporangiydan iborat;
5) gametofiti yashil o`simta shaklida; 6) gametofiti poya-bargli o`simlik
______________________________________________________________
22. O’roqsimon anemiya chala dominantlik holda irsiylanadi.gomozigota holda embrionallik davrida nobud bo’ladi.Geterozigota hollarda kasallik yengil kechadi.Kasallik yengil formali bo’lgan ota onalardan 3ta sog’lom bola tug’ilgan bo’lsa,jami nechta farzand tug’ilgan?_______________________________________________
23. Meyoz jarayonida xromosomalar to`plami holatlari qanday ketma-ketlikda namoyon bo`ladi? Tegishli raqamlarni ketma-ket yozing.
1) bir xromadidali xromosomalarning tetraploid to`plami;
2) bir xromadidali xromosomalarning diploid to`plami;
3) bir xromadidali xromosomalarning gaploid to`plami;
4) ikki xromadidali xromosomalarning diploid to`plami;
5) ikki xromadidali xromosomalarning gaploid to`plami.
24. Modifikatsion o’zgaruvchanlik uchun xarakterli bo’lmagan xususiyatlarni aniqlang.
1) guruhli xarakterga ega;
2) individual xarakterga ega;
3) o’zgaruvchanlik chegarasi genotip bilan belgilanadi;
4) reaksiya normasi bilan chegaralangan;
5) faqat fenotipning o’zgarishiga olib keladi;
6) fenotip va genotipning o’zgarishiga olib keladi;
7) bir xil yo'nalishda bo’ladi;
8) oqsillar tuzilishiga o'zgarishlar kiritadi
25. Biogenetik qonunni ifodalovchi malumotlarni aniqlang.
1.madaniy g’o’zada dastlab yaxlit plastinkali barg rivojlanishi; 2.toshbaqada suyak va muguzdan iborat kosaning rivojlanishi; 3.kaltakesak terisida tangachalarining rivojlanishi; 4.sutemizuvchilarda soch xaltasining rivojlanishi; 5.salamandra embrionida jabraning bo’lishi; 6.ko’k kit embrionida tishlarning rivojlanishi;___________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |