Biologiya 5-sinf
I test
Biologiya so’zining ma’nosi va qaysi tildan olingan?
A) yunoncha bios – hayot, logos – ta’limot
B) lotincha bios – hayot, logos – ta’limot
C) yunocha bios – tiriklik, logos – fan
D) lotincha bios – tiriklik, logos – fan
“… asarida o’simlik va hayvonot olamidan hamda turli xil moddalardan tayyorlanadigan dorivor vositalar haqida ma’lumot bergan.” Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida va ushbu asar muallifi qaysi qatorda ko’rsatilgan?
A) Tib qonunlari, Abu Ali ibn Sino
B) Boburnoma, Z.M.Bobur
C) Saydana, Abu Rayhon Beruniy
D) 5-sinf biologiya
Pipetka - …
A) qisqich
B) o’tkir tig’li pichoqcha
C) suyuqlikni tomizishga yordam beradi
D) ikki qismdan iborat shisha idish
Passiv harakatlanishga to’g’ri misol keltirilgan javobni belgilang.
A) qaldirg’ochning qishda qishlov joyiga uchib ketishi
B) kungaboqar gulining quyoshga burilishi
C) bo’rilar guruhining ov jarayoni
D) qarg’alarining oziq ko’proq joyga migratsiya qilishi
Eng qadimgi usul. Tekshirayotgan odam sezgi organlari yordamida, tabiiy holatga ta’sir etmagan holda ma’lumot to’playdi.
Yuqorida qaysi usul haqida ma’lumot berilgan?
A) taqqoslash B) kuzatish
C) tajriba D) tarixiy
Otlar dastlab kattaligi tulkidek keladigan hayvonlar bo’lgan. Ushbu ma’lumot qaysi usul yordamida aniqlangan?
A) taqqoslash B) kuzatish
C) tajriba D) tarixiy
Qo’ng’ir ayiq va oq ayiq o’rtasidagi o’xshashlik va farqlar qaysi metod orqali o’rganiladi?
A) taqqoslash B) kuzatish
C) tajriba D) tarixiy
O’simliklarda kechadigan fotosintez jarayonini biologiyaning qaysi bo’limi o’rganadi?
A) ekologiya C) mikologiya
B) fiziologiya D) mikrobiologiya
Jo‘ra Azimboyevich Musayev - …
A) O’zbekistondagi cho‘l va adir o‘simliklarining ekologiyasini aniqlagan
B) Dunyoda birinchi bo’lib g’o’za kolleksiyasini yaratgan
C) Zamburug’larni o’rgangan
D) Mikroorganizmlar kolleksiyasini yaratgan
Ta’sirlanishga berilgan to’g’ri misolni ko’rsating.
A) organizmlar mochevina ajratishi
B) uyatchan mimoza
C) kungaboqar gullari
D) quyosh nuri ta’sirida o’simliklarning fotosintez qilishi
Yozma
1) botanika –
2) zoologiya –
3) mikologiya –
4) mikrobiologiya –
5) sitologiya –
6) anatomiya –
7) sistematika –
8) fiziologiya –
9) genetika –
10) ekologiya –
1. Probirka –
2. Pipetka –
3. Pinset –
4. Petri idishchalari –
5. Buyum oynasi va qoplag‘ich oyna –
6. Skalpel –
Lupa –
Mikroskop –
Mikroskopning qismlarini yozing.
1. Prokariotlar – …
2. Eukariotlar – …
3. Sitoplazmatik membrana – …
4. Sitoplazma – …
5. Yadro – …