Biologiya (2) — копия cdr


AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING ASOSIY YO‘LLARI



Download 4,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/75
Sana07.01.2022
Hajmi4,22 Mb.
#329399
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
Bog'liq
Axborot xavfsizligi

AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING ASOSIY YO‘LLARI

Axborotni himoyalash konsepsiyasi.

Niyati  buzuq  odamlarni  yolg‘iz  foydalanuvchilar  emas,  balki  korporativ  kompyuter 

tarmoqlari qiziqtiradi. Aynan bunday tarmoqlarda axborotning yo‘qolishi, ruxsatsiz mod-

ifikatsiyalanishi  jiddiy    qibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Kompyuter  tarmoqlarini  himoy-

alash uyda foydalanuvchi kompyuterlarni himoyalashdan farqlanadi va bunday masala 

bilan savodli mutaxassislar Shug‘ullanadilar. SHu bilan birga korporativ tarmoq xavfsizli-

gi tizimining asosini chetki foydalanuvchilar uchun ishlash qulayligi va texnik mutaxassi-

larga quyiladigan talablar o‘rtasida murosaga etishish tashkil etadi. Kompyuter tizimiga 

ikki nuqtai nazardan qarash mumkin: unda faqat ishchi stansiyalardan foydalanuvchilarni 

ko‘rish mumkin, yoki faqat tarmoq operatsion tizimining ishlashini hisobga olish mum-

kin. Simlar bo‘yicha o‘tuvchi axborotli paketlar majmuini ham kompyuter tarmog‘i deyish 

mumkin. Tarmoqni ifodalashning bir necha sathlari mavjud. Xudi Shunday tarmoq xavfsi-

zligi muammosiga turli sathlarda yondashish mumkin. Mos holda har bir sath uchun hi-

moyalash usuli turlicha bo‘ladi. Tizimning ishonchli himoyalanishi himoyalangan sathlar 

soni bilan belgilanadi.

Birinchi, ko‘rinib turgan va amalda eng qiyin yo‘l-xodimlarni tarmoq xujumlarini qiyin-

lashtiruvchi xatti-harakatga o‘rgatish. Bu bir qarashda osonday tuyulsada, ammo mushkul 

ish. Internet dan foydalanishni chegaralash lozim. Aksariyat foydalanuvchilar chegaralan-

ishlar sababini bilmaydilar. SHuning uchun taqiqilar aniq ifodalanishi lozim. Kompyuter 

tarmoqlari axborotini himoyalashga himoyalash tadbirlarining yagona siyosatini hamda 

huquqiy, tashkiliy-ma’muriy va injener-texnik xarakterga ega choralar tizimini o‘tkazish 

orqali erishiladi. Tarmoqda axborotni himoyalashning zaruriy darajasini ishlab ch

iqishda xodimlar va rahbariyatning o‘zaro javobgarligi, Shaxs va tashkilot manfaatlariga 

rioya qilish, xuquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro aloqa hisobga olinadi. Raqo-

batli Sharoitda xizmatlarning katta sonini taqdim etish va xizmat qilish vaqtini qisqartirish 

orqali etakchi o‘rinni saqlab qolish va yangi mijozlarni jalb etish mumkin. Bunga faqat 

barcha  amallarni  avtomatlashtirishning  zaruriy  darajasini  ta’minlash  evaziga  erishish 

mumkin. Ayni zamonda hisoblash texnikasining ishlatilishi bilan nafaqat paydo bo‘lgan 

muammolar hal etiladi, balki YAngi axborotni buzilishi va yo‘qotilishi, tasodifan va atayin  

modifikatsiyalanishi hamda axborotni begonalar tarafidan ruxsatsiz olinishi bilan bog‘liq 

no’ananaviy tahdidlar paydo bo‘ladi. Mavjud holatning tahlili ko‘rsatadiki, axborotni hi-

moyalash  uchun  qilinadigan  tadbirlar  darajasi,  odatda,  avtomatlashtirish  darajasidan 

past. Bunday orqada qolish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Avtomatlashtirilgan 

komplekslarda  axborotning  zaifligiga  hisoblash  resurslarining  konsentratsiyalanishi, 

ularning xududiy taqsimlanganligi, magnit eltuvchilarida ma’lumotlarning katta hajmini 

uzoq vaqt saqlanishi, ko‘pgina foydalanuvchilarning resurslardan bir vaqtda foydalanishi 

sabab bo‘ladi. Bunday Sharoitda himoyalash choralarini ko‘rish zaruriyatiga Shubha qil-

masa bo‘ladi. Ammo quyidagi qiyinchiliklar mavjud:

• hozirgi kunda himoyalangan tizimlarning yagona nazariyasi yo‘q;



31

• himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar xususiy masalalarni echish uchun asosan 

alohida  komponentlarni  tavsiya  etadilar,  himoyalash  tizimini  Shakllantirish  va  bu  vosi-

talarning birga ishlatilishi masalalari esa iste’molchi ixtiyoriga qoldiriladi;

• ishonchli himoyani ta’minlash uchun texnik va tashkiliy muammolari kompleksini 

hal etish va mos xujjatlarni ishlab chiqish zarur.

Yuqorida sanab o‘tilgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun nafaqat alohida korxona, 

balki davlat darajasidagi axborot jarayonlarida ishtirok etuvchilari harakatining koordinat-

siyasi zarur.  Axborot xavfsizligini ta’minlash etarlicha jiddiy masala. SHuning uchun avva-

lo axborot xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish zarur. Konsepsiyada milliy va korporativ 

manfaatlar, axborot xavfsizligini ta’minlash prinsiplari va madadlash yo‘llari aniqlanadi va 

ularni amalga oshirish bo‘yicha masalalar ta’riflanadi.

Konsepsiya – axborot xavfsizligi muammosiga rasmiy qabul qilingan qarashlar tizimi 

va uni zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda echish yo‘llari. Konsepsiyada if-

odalangan maqsadlar, masalalar va ularni bo‘lishi mumkin bo‘lgan echish yo‘llari asosida 

axborot xavfsizligini ta’minlashning muayyan rejalari Shakllantiriladi. Konsepsiyani ishlab 

chiqishni uch bosqichda amalga oshirish tavsiya etiladi (3.1-rasm).

Birinchi bosqichda himoyaning maqsadli ko‘rsatmasi, ya’ni qanday real boyliklar, ish-

lab chiqarish jarayonlari, dasturlar, ma’lumotlar bazasi himoyalanishi zarurligi aniqlanishi 

Shart. Ushbu bosqichda himoyalanuvchi alohida ob’ektlarni ahamiyati bo‘yicha tabaqa-

lashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.  Ikkinchi bosqichda himoyalanuvchi ob’ektga 

nisbatan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoiy harakatlar tahlillanishi lozim. Iqtisodiy josuslik, 

terrorizm, sabotaj, buzish orqali o‘g‘irlash kabi keng tarqalgan jinoyatchiliklarning real 

xavf-xatarlik darajasini aniqlash muhim  hisoblanadi. So‘ngra, niyati buzuq odamlarning 

himoyaga muhtoj asosiy ob’ektlarga nisbatan harakatlarining ehtimolligini tahlillash lozim 

3.1–rasm. Axborot ximoyasi konsepsiyasini ishlab chiqish bosqichlari.

I

 bosqich


II

 bosqich


III

 bosqich


Himoyalanuvchi obekt qiymatini aniqlash

Buzg’unchining bulishi mumkin bo‘ldan xarakatlarini 

taxlillash

Axborotni ximoyalash vositalarining ishonchliligini baxolash




32

Uchinchi bosqichning bosh masalasi–vaziyatni, xususan o‘ziga xos mahalliy Sharoitni, 

ishlab chiqarish jarayonlarini, o‘rnatib qo‘yilgan himoyaning texnik vositalarini tahlillash-

dan iborat.




Download 4,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish