3.5 AMALIY MASHG‘ULOT.
O‘SIMLIKLAR (YO‘SIN, QIRQQULOQ, QIRQBO‘G‘IM VA
URUG‘LI O‘SIMLIK) HAYOT SIKLIDA JINSSIZ VA JINSIY BO‘G‘INLARNING
GALLANISHINI MODELLASHTIRISH
Maqsad
: Yo‘sin, qirqquloq, qirqbo‘g‘im va urug‘li o‘simlik) hayot siklida jinssiz va jin-
siy bo‘g‘inlarning gallanishini o’rganish
Esga oling!
Nasllarning gallanishi mexanizmi quyidagicha ifodalanadi. Jinssiz bo’g’inni ifodalov-
chi o’simlikda meyoz bo’linish natijasida gaploid sporalar hosil bo’lib, ulardan ayrim jins-
li yoki ikki jinsli organizm rivojlanadi. Jinsiy bo’g’in davrida gameto�it gaploid gametalar
hosil qiladi. Urug’lanish jarayonida gaploid gametalar qo’shilib diploid zigota hosil bo’lad.
Zigotadan yana jinssiz bo’g’in (sporo�it) rivojlanadi
Bizga kerak
: Darslik, ish daftar, rangli qalamlar, marker, plastilin, skalpel, o’sim-
liklarning hayotiy sikliga doir videofragment, proektor, kompyuter.
Xavfsizlik qo idalari:
Skalpel bilan plastilinni kesganingizda extiyot bo’ling. Qo’lin-
gizdagi plasilin qoldiqlari og’zingizga tushishidan saqlaning
Ishni bajarish tartibi:
1.Quyidagi topshiriqda qirqquloqlarninglarning hayotiy sikliga mos keluvchi
bosqichlarni tegishli kataklar ichiga joylang:
97
Biologiya 10
2.Qirqquloqlar va yo’sinlarning hayot siklini Venn diagrammasi asosida taxlil
qiling:
3. Yo’sinlarning hayot sikliga mos keluvchi tushirib qoldirilgan so’zlarni katak-
lar ichiga yozing. Xromasoma to’plamini korsating.
4. Quyidagi rasmdagi gulli o’simlikning hayotiy siklini modelini yasang.
1)A4 formatdagi karton qog’oz oling
2) Gulli o’simlikning gameto�it bo’giniga tegishli elementlarni: changchi, diploid
mikrosporosit, gaploid mikrospora, vegetativ va generativ hujayradan iborat bo’lgan
chang donasi, spermiylar, urug’chi, diploid megasporosit, gaploid megaspora, 8 yadroli
murtak halta, tuxum va markaziy hujayralarni plastilindan yasang.
3) Yasagan elementlaringizni A4 qog’ozning tegishli qismiga to’g’ri ketmaketlikda tar-
tib bilan joylashtiring.
4) Mitoz,meyoz jarayonlari elementlar orasidagi joyini aniqlab to’g’ri joylashtiring.
5) Gulli o’simlikning sporo�it bo’giniga tegishli elementlarni: triploid hujayra va dip-
loid zigota, triploid endosperm va diploid murtakdan iborat urug’, yosh sporo�it, voyaga
yetgan sporo�itlarni plastilindan yasang.
6) Yasagan elementlaringizni A4 qog’ozining tegishli qismiga to’g’ri ketmaketlikda
joylashtiring
7) Sporo�it bo’g’inida o’simlikdagi o’sish va rivojlanish jarayonlari hujayra bo’linishin-
ing qaysi usuliga asoslangan? Marker bilan yozib qo’ying.
8) Modelingizning sporo�it va gameto�it qismlarini marker bilan yozib belgilab qo’ying.
Xulosa.
Sporali o’simliklarning hayot siklida qaysi bo’g’in ustunlik qiladi?
Gulli o’simliklarning hayot siklida qaysi bo’g’in ustunlik qiladi?
Bu ustunlik o’simlik uchun qanday ahamiyatga ega?
98
Biologiya 10
99
Do'stlaringiz bilan baham: |