Pleyotropiya
— bir genning bir necha belgilarni nazorat qilishi yoki ko‘p
tomonlama ta’siridir. Genlarning pleyotrop ta’siri birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi.
Birlamchi pleyotropiyada gen ta’sirida bir necha belgilar bir vaqtning o‘zida yuzaga
chiqadi. Masalan, gen mutatsiyasi ichakda
triptofan aminokislotasini so‘rilishi buzil-
ishiga, buyrak kanalchalarida uning qayta
so‘rilishi buzilishiga, ichak va buyrak epite-
lial hujayralari membranalari o‘zgarishlar-
iga sabab bo‘ladi. Ikkilamchi pleyotropiya-
da mutatsiya gen ta ’sirida avval bitta
belgi, keyin ketma-ket ravishda bir
qancha belgilar yuzaga chiqadi. Mas-
alan, odamda kamqonlikning bir tu-
rida gemoglobin buzilishi natijasida eritrotsitlar shakli o‘zgaradi, ularning yopishqoqligi
ortadi, kamqonlik rivojlanadi, buyrakda, yurakda, miyada o‘zgarishlar kuzatiladi.
Demak, organizmning o‘z belgisi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlariga
103
Biologiya 10
o‘tkazish xossasi irsiyat, yangi belgilarni hosil qilish xossasi o’zgaruvchanlikdir.
Yangi bilimlarni qo‘llang.
Bilish va tushunish.
1. Irsiyat nima?
2. Irsiyat va o‘zgaruvchanlikni organik olam evolutsiyasidagi ahamiyatini tushuntir-
ing.
3. Allel genlarning o’zaro ta’siri necha xil bo’ladi?
4. Chala dominantlikda dominant gen ta’sir mexanizmini izohlang
Qo‘llash.
Odamlarda qo’y ko’zlilik dominant, ko’k ko’zlilik retsessiv belgi. Ota va
onaning biri qo’y ko’z, ikkinchisi ko’k ko’z bo’lsa, ularning farzandlarining ko’zi qanday
rangda bo’ladi ?
Tahlil.
O’simliklarning qator turlarida albinizm geni bor. Bu gen bo’yicha go-
mozigot o’simliklar xloro�ilni sintezlay olmaydi. Bu gen bo’yicha xloro�ilni sintezlay oladi-
gan geterizigota tamaki o’simligida o’z-o’zidan changlanish kuzatildi va 500 ta urug’ hosil
bo’ldi. Urug’larning qanchasidan oq tupli o’simliklar o’sib chiqadi?
Sintez.
Har xil irsiylanish tiplari orqali sog‘lom va kasal farzandlarning tug‘ilish
ehtimolini foizda ifodalang.
Irsiylanish
tipi
Ota
Ona
O`g`illar
Qizlar
Kasal
Sog`lom
Kasal
Sog`lom
Autosoma –
dominant
AA
aa
Aa
Aa
Aa
aa
Autosoma –
retsessiv
AA
aa
Aa
Aa
Aa
aa
Baholash.
Qorako’l qo’y zotlarida mo’ynaning sheroziy bo’lishi dominat genga, qora bo’lishi re-
sessiv genga bog`liq. Mo’ynasining sheroziy bo’lishini boshqaradigan gen pleytrop ta’sir-
ga ega bo’lib , qo’ylarning nobud bo’lishiga sabab bo’ladi. Quychilik bilan shug’ullanadi-
gan fermer xo’jalaiklarida sheroziy qo’ylarni ko’paytirish uchun sheroziy va qora mo’ynali
qo’ylar chatishtirildi. Siz bu holatni qanday baholaysiz? Javobingizni izohlang.
104
Biologiya 10
Do'stlaringiz bilan baham: |