4.3-rasm.DNK qo`sh spiralining sxematik ko`rinishi
Qo`shni azot asoslari orasidagi o`zak uzunasiga 0,34 nm ga teng va ularning
biri ikkinchisiga nisbatan 36° ga buralgan. Binobarin, bitta to`la spiral 10 ta qo`sh asosni, ya’ni 10 ta nukleotidni o`z ichiga oladi va 3,4 nm uzunlikda bo`ladi. Spiralning diametri 2 nm ga teng. Ikki zanjir bir-biriga antiparallel, chunki
dezoksiribozalar orasida fosfatdiefir bog`lari bir zanjirda 5¹→ 3¹ yo`nalishda, ikkinchisida esa 3¹→5¹ yo`nalishda o`qiladi.
DNK molekulasining boshqa (A va S) shakllari ham kashf etilgan. Ular Uotson va Krik taklif qilgan shakl – strukturadan spiraldagi qo`sh asoslarni faraz etiladigan o`qqa egilish burchagi va ularning soni tomonidan bir oz farqlanadilar. Lekin bunday DNK larning miqdori va bajaradigan funktsiyasi bo`yicha hissasi katta emas.
Ba’zi virus DNK lari yakka zanjirli tuzilishga ega. Yakka va qo`sh zanjirli
DNK molekulalari ikki oxiri ulangan halqa shaklida ham bo`ladilar. DNK ning
bunday xillari asosan bakteriyalarda va mitoxondriyalarda uchraydi.
DNK ning uchlamchi strukturasi qo`sh spiralli molekulaning qo`shimcha
buralishi natijasida hosil bo`ladi. U superspiral yoki egilgan qo`sh spiral
ko`rinishiga ega.
144
Xromosomada DNK ning struktura tuzilishi (nukleosomalar). Yuksak rivojlangan organizmlarda DNK xromosomalarda joylashgan. Xromosomalar shakli murakkab struktura tuzilishiga ega. Har bir xromosomada xromatin asosini tashkil etadigan bitta gigant DNK molekulasi joylashgan, uning molekulyar
og`irligi taxminan 10¹¹, uzunligi bir necha sm atrofida.
Xromatin tuzilishi bo`yicha molekuladan yuqori strukturaga ega bo`lib, tarkibida qo`sh zanjirli DNK molekulasi, oqsil, kam miqdorda RNK va anorganik moddalardan tashkil etilgan murakkab kompleks bor. Xromatin komponentlari nisbati foizlarda quyidagicha: DNK 30-45, gistonlar 30-50, giston bo`lmagan oqsillar 4-33 va RNK 1,5-10.
Xromatin tarkibiga zich taxlangan DNK joylashgan bo`lib, asosiy qismi faol emas. Turli hujayralarda faol xromatin 2-11 % ni tashkil etadi. Bosh miya
hujayralarida uning miqdori ko`proq – 10-11%, jigarda – 3-4 %; buyrakda – 2-3%. Elektron mikroskopda xromatin munchoq shaklida ko`rinadi: uning sharsimon kengaygan qismlari 10 nm atrofida, bir-biridan ipsimon qismlari bilan ajralgan. Kengaygan sharsimon bo`lagi nukleosomalar deb ataladi. Har bir nukleosoma qo`sh spiralli DNK parchasidan iborat bo`lib, uzunligi 140 juft nukleotid va 8 molekula giston (H2a, H2b, H3, H4) ga teng. Har bir nukleosomada 4 turdagi gistonlarning har biridan ikki molekulasi joylashgan. Qo`sh spiralning ipsimon qismlari 30-60 juft asosdan iborat. Turli xil hujayralarga uning bog`langan H1 gistonini uzunligi har xil. Odam DNK molekulasining uzunligi taxminan 3-5 sm atrofida. Xromosomaning uzunligi atigi bir necha nanometr. Demak,
xromosomada DNK zichlashib qisqargan holatda joylashgan.
Nukleosomada DNK ning taxlanish darajasi beshga teng, ya’ni uning uzunligi 5 martaga qisqargan. DNK miqdorini taxminan 90 % i nukleosoma tarkibiga, qolgani qismi esa ipsimon qismiga to`g`ri keladi. Nukleosomalar xromatinning ―tinch‖ turgan holatdagi ko`rinishi, ipsimon qismi esa – faol xromatin bo`lagidir.
145
Do'stlaringiz bilan baham: |