4.10.-rasm. Transkriptonning sxematik tuzilishi.
Xromosoma DNK sida harakatchan fragmentlar aniqlangan bo`lib, ular mobil genlar yoki transpozonlar deb aytiladi. Bunday genlarning bir nechta turlari aniqlangan bo`lib, ular o`zlarining nukleotidlar tarkibi va polinukleotid zanjirining uzunligi bilan farq qiladi. Transpozonlarning migratsiyasi teskari transkriptsiya mexanizmi bilan tushuntiriladi, ya’ni oldin mobil genlarning transkripti hosil bo`ladi, keyin esa u xromosomaning boshqa qismida DNK nusxasi uchun matritsa
sifatida foydalaniladi. ―Sakrovchi‖ genlarning vazifasi esa to`liq aniqlangan emas. Transkriptsiya boshlanadigan transkriptonning boshlang`ich qismiga promotor deb aytiladi. Unga transkriptsiyaning boshlanishini yengillashtiruvchi oqsillar va
transkriptsiyaning
|
fermenti bo`lgan
|
RNK-polimeraza birikadi.
|
Operator –
|
transkriptsiyaning
|
oqsil-regulyatorlarini bog`lovchi DNK ning
|
|
bir qismi.
|
Prokariotlardagi bunday transkriptsiyaning oqsil-regulyatorlari
|
repressorlar
|
hisoblanadi.
|
|
|
|
|
Eukariotlarda esa promotordan keyin aktseptor yoki boshqaruvchi zona deb ataladigan transkripton qismi joylashgan bo`ladi. U bilan transkriptsiyaga ta’sir etuvchi turli xil regulyatorlar o`zaro ta’sirlashadi. Aktseptor zonada DNK
fragmenti bo`lib, unga kuchaytiruvchi yoki ―enxanser‖ deb aytiladi, u RNK-
polimeraza ishtirokida transkriptsiya jarayonini yengillashtiradi.
Operator yoki aktseptor zonaga intron va ekzonlardan tashkil topgan
struktura sistronlari yoki genlar birikadi. Bitta transkriptonda bitta struktura sistroni (monosistronli transkripton) yoki bir nechta (ko`p sistronli transkripton) bo`lishi mumkin. Transkripton oxirida transkriptsiyaning tugashi to`g`risida xabar beruvchi nukleotidlar tartibi – terminator joylashgan. Transkriptsiya natijasida hosil bo`lgan RNK ga transkript deb aytiladi. Transkript – transkriptonning promotordan terminatorgacha bo`lgan komplementar nusxasi.
Transkriptsiya uchun quyidagi sharoitlar bo`lishi kerak:
transkriptsiya amalga oshadigan DNK bo`lagi bir zanjirli matritsa hosil bo`lishi uchun ajralgan holda bo`lishi (RNK sintezida DNK ning faqat bitta zanjiri matritsa bo`lib xizmat qiladi);
RNK sintezlanishi uchun ATF, GTF, UTF va STF ribonukleozidtrifosfatlar bo`lishi;
DNK matritsasi asosida RNK ni sintezlovchi transkriptsiyaning maxsus fermentlari DNK ga bog`liq RNK-polimerazalar bo`lishi.
DNK transkriptsiyasining mexanizmi. Transkriptsiya uch bosqichdan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |