darajasidagi nazorat
Gistogormonlar – beqaror maxalliy birikmalar, hujayralararo kontakt yoki gumoral yo`li bilan o`zlari hosil bo`lgan to`qimalarga yoki yaqin joylashgan to`qimalarga ta`sir ko`rsatadi. Mahalliy gormonlar to`qima jarayonlarining o`zini o`zi boshqarilishini ta`minlaydi (hujayralarning metabolik faolligi; qon bilan ta`minlanishi).
Ixtisoslashgan to`qima gistogormonlariga vazoaktiv kininlar (bradikinin, kallidin); ba`zi biogen aminlar (gistamin, serotonin, adenozin); polisaxarid — geparin, endoteliy va nerv hujayralarini o`stiruvchi peptidli faktorlar kiradi.
Mahalliy nazoratning yuqori ixtisoslashish darajasi to`qima gistogormonlari tufayli yuzaga keladi. Masalan, o`sish faktorlari, neyromodulyatorlar (nerv hujayralarining endogen opioidlari), antivirus xususiyatli o`smalar hosil bo`lishiga qarshilik qiluvchi interferonlar.
Neyromediatorlar. Neyromediatorlar MNS (markaziy nerv sistemasi) nerv impulslarini maxsus turdagi informonlar orqali o`tkazuvchi beqaror, tez ta`sir qiluvchi birikmalar – neyrotransmittorlar. Klassik neyromediatorlarga - atsetilxolin, katexolaminlar (noradrenalin, dofamin), gistamin, serotonin, γ - aminomoy kislotasi kiradi.
13.3. Endokrin sistema
Gormonlar va ularning asosiy xossalari
Gormonlar – informonlarning maxsus, gumoral yo`l bilan boshqaruvchi funktsiyalarini bajaradi. Hayvonlar organizmida ikki turdagi – endokrin va ekzokrin bezlari mavjud. Ekzokrin bezlar (ovqat hazm qilish, so`lak, ter, yog` bezlari va boshqalar) o`z sekretini maxsus chiqaruv yo`llari orqali tana ichki bo`shliqlariga yoki uning yuzasiga ajratadi (tashqi sekretsiya). Endokrin bezlar chiqaruv yo`llariga ega emas, ular sekreti qon, limfa, likvor yoki gemolimfaga ajraladi (ichki sekretsiya).
Gormonlarning muhim xossalari;
ixtisoslashgan endokrin bez hujayralarida hosil bo`ladi;
o`ziga xos biologik faollikka ega;
qonga yoki boshqa harakatlanuvchi suyuqliklarga ajraladi;
ta`sirida oraliq masofaning mavjudlgi.
Chin yoki haqiqiy gormonlar ixtisoslashgan bez hujayralarida hosil bo`lishi bilan to`qima gumoral bioregulyatorlaridan farq qiladi.
Ixtisoslashgan bez hujayralari epitelial, chin bezli va neyrosekretor (gipofiz, buyrak usti bezlarining mag`iz qismi) bo`lishi mumkin. Ko`pchilik gormonlar - turli xildagi hujayra populyatsiyalarida hosil bo`ladi, masalan, erkaklar jinsiy gormonlari - urug`don, tuxumdon, buyrak usti bezining po`stloq qismida; ayollik jinsiy gormonlari - tuxumdon, urug`don, yo`ldoshda; glyukagon - oshqozon osti bezi va ichakda; insulin - oshqozon osti bezi va so`lak bezlarida; gonadotropin - gipofiz va yo`ldoshda ishlab chiqariladi. Gormonlarning bir necha joylarda hosil bo`lishi endokrin sistemasidagi kompensatorlik funktsiyani ta`minlaydi.
Endokrin bezlar ba`zi hollarda faol gormonni emas, balki uning biosintetik o`tmishdoshini (progormonni) hosil qiladi. Progormon esa periferiyada faol gormon holatiga o`tadi. Jigarda sintezlangan angiotenzinogen, qonga o`tib, angiotenzin gormoniga aylanadi. Gormonlarni o`ziga xos va yuqori darajadagi biologik faolligi juda oz kontsentratsiyalarida 10-11 – 10-6 mol/l ko`rinadi. Masalan, ayollik jinsiy gormoni - estradiolni 1 grammi 10-7 ta jinsiy etilmagan sichqonlarda kuyikishni keltirib chiqaradi; 1 gramm adrenalin 108 ta baqani yurak ishini faollashtirishi mumkin.
Gormonlar immun sistemasi funktsiyalarini boshqaradi. Timusda T-hujayralar hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |