Biologik kimyo


Oqsilning murakkablashgan ikkilamchi strukturasi



Download 11,71 Mb.
bet19/307
Sana09.06.2022
Hajmi11,71 Mb.
#649288
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   307
Bog'liq
BIOKIMYO KITOB

Oqsilning murakkablashgan ikkilamchi strukturasi. Rentgenostrukturali tahlil usulining natijalari asosida oqsil molekulasining yana ikkita tuzilish darajasi borligi aniqlandi: murakkablashgan ikkilamchi struktura va domen oqsillar.

Murakkablashgan ikkilamchi strukturada oqsil strukturalar bir-biri bilan o`zaro bog`langan holatda bo`ladi, ya’ni bunda oqsillardagi α-spiral va β-struktura



38

qismlar bir-biri bilan o`zaro bog`lanadilar. Masalan, ikkita α-spiralli polipeptid zanjirlarning o`zaro buralib, superspiral hosil qilishi α-superspiralning murakkablashgan ikkilamchi strukturasi deyiladi ( 1.7- rasm).


1.7-rasm. a- α-spiral; b-prokollagen

Superspiralning qisqa qismlari globulyar oqsillar (bakteriorodopsin, gemeritrinlar)da, tartibli shakldagi ko`proq hollarda fibrillyar oqsillarda uchraydi. Keratinda 3 ta α-spiral zanjirlar superspiral holatidagi birlamchi agregatlar – protofibrillalarni hosil qiladi, ular esa o`z navbatida oqsillarning murakkabroq tuzilishi – mikrofibrillalarga birlashtiradi.




Kollagenli spiral. Kollagen odam organizmida keng tarqalgan suvda erimaydigan tolasimon oqsil bo`lib, umumiy oqsil miqdorining 30% ni tashkil etadi. Boshqa moddalar bilan birgalikda odamdagi biriktiruvchu to`qimaning asosiy qismini tashkil etuvchi kollagen tolalarni hosil qiladi. Kollagenning birlamchi strukturasi mingga yaqin aminokislotalardan iborat singan chiziqqa o`xshaydi, chunki polipeptid zanjiri gli-pro-pro-OH tarkibli tripletlarning takrorlanishidan tuzilgan, ya’ni tarkibida antispiral aminokislotalar saqlaydi. Shu sababli ikkilamchi strukturasini shakllanishida odatdagi vintsimon simmetriyali α-spiralni hosil qila olmaydi va bukilgan holdagi spiral (α-zanjir) shakliga ega. Uchta parallel bukilgan α-zanjirlar murakkablashgan ikkilamchi struktura – superspiral (prokollagen yoki tropokollagen) ko`rinishida buralib, zanjirlar orasidagi tripletlar vodorod bog`lari yordamida mustahkamlangan. Spiral zanjirlarini bir-biriga yaqinlashishidan kompakt superspiral strukturali ko`rinish qabul qiladi. Kollagen tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega. Biopolimerlar asosida olingan kollagen plyonkalar, gubkalar yaralardan qon oqishni to`xtatishda, kuygan, trofik yaralarni davolashda ishlatiladi. Kollagenni qisman gidrolizlash yo`li bilan tayyorlangan jelatina oshqozon-ichaklardan qon ketganda qonni ivishini oshiruvchi eritma

39


sifatida qo`llaniladi. Jelatinol preparati – jelatinani erkin aminokislotasi gidroliz mahsuloti bo`lib, undan natriy xloridning izotonik eritmasi tayyorlanib, plazma o`rnini bosuvchi modda sifatida ishlatiladi.

Murakkablashgan ikkilamchi strukturaning yana bir boshqa guruhi βαβ


strukturadan iborat, ya’ni α-spiral 2 ta bukilgan β-qatlam bilan o`zaro


ta’sirlashgan variantidir. Ko`proq βαβαβ struktura uchraydi, shuningdek β β β


(LDG, stafilokokkli nukleaza, T4-lizotsim va boshqalar) uchraydi.





Download 11,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish