10.1. Lipidlarni hazm bo`lish mеxanizmi
Lipidlar asosan ovqat hazm qilish a`zolarining quyidagi sharoitlarga ega bo`lgan qismlarida hazm bo`ladilar:
Lipidlarni gidrolizga uchratuvchi lipolitik fеrmеntlar gidrolazalarning bo`lishi;
Lipidlarni emulsiyalanishi uchun sharoit bo`lishi;
Lipolitik fеrmеntlarning ta`sir etishi uchun, muhitning optimal pH (neytral, kuchsiz ishqoriy) mavjud bo`lishi.
Ushbu sharoitlarning barchasi katta yoshdagi odamlarni ingichka ichagida, yangi tug`ilgan chaqaloqlar va yosh bolalarda esa shunga yaqin sharoit oshqozonda bo`ladi (oshqozon lipazasi emulsiyalangan yog`larni pH - 5 atrofida ma`lum qismini parchalaydi).
Katta yoshdagi odamlar oshqozonida kuchli kislotalik sharoit bo`lganligi uchun oshqozon lipazasi faol emas. Lipidlar og`iz bo`shlig`ida faqat mеxanik
o`zgarishga uchrab, fermentativ ta`sirga berilmaydi. Lipidlar ovqat luqmasi bilan oshqozonga tushib, kimyoviy o`zgarishga uchramaydi, chunki oshqozonda ularni hazm bo`lishi uchun zarur sharoit yo`q. Lipidlar asosan ingichka ichakda hazm bo`ladi.
Triatsilglitsеridlarni gidrolizi - Triatsilglitsеridlar oziqa tarkibidagi lipidlarning asosiy qismini tashkil etadilar. Ularning hazm bo`lishi yog`lar uchun barcha sharoitlar mavjud bo`lgan ingichka ichakdan boshlanadi. Ichak bo`shlig`iga tarkibida faol bo`lmagan pankreatik lipaza (prolipaza) saqlagan oshqozon osti bеzi shirasi quyiladi. Oshqozon osti bezi shirasi lipazasini birinchi bo`lib taniqli fransuz fiziologi S.Bernard o`tgan asrning oxirida aniqlagan.
Pankreatik lipaza – glikoproteid, molekulyar massasi 48 000 (odamda) va 8-9 pH optimumiga ega. Ushbu ferment emulgirlangan holdagi triglitseridlarni parchalaydi. Boshqa hazm fermentlari (pepsin, tripsin, ximotripsin) singari pankreatik lipaza ingichka ichakning yuqori qismiga nofaol prolipazalar
ko`rinishida quyiladi. Uning faol lipazalarga o`zgarishi o`t kislotalari va maxsus (pankreatik shira) oshqozon osti bezi shirasi oqsili – kolipaza (mol.massasi 10 000) ishtirokida amalga oshiriladi. Aniqlanishicha, yog`lar o`t suyuqligi tarkibidagi o`t kislota tuzlari ishtirokida emulsiya holatiga o`tadi.
Lipidlarning dispergirlanishi (maydalanishi) ichak peristaltikasi va doimiy hosil bo`luvchi karbonat angidrid gazi tufayli ro`y beradi. Karbonat angidrid gazi oshqozondan o`tgan ovqatning nordon tarkibi bilan karbonat tuzlari (bikarbonatlar) bo`lgan ichakdagi ishqoriy muhitning o`zaro rektsiyasi natijasida ajraladi. Hosil bo`lgan karbonat angidrid gazi lipidlarning maydalanishini ta`minlab, oziqa
massasini mayinlashtiradi. Ichak yo`liga quyiluvchi o`tdagi o`t kislota tuzlari yaxshi emulgator bo`lishi bilan birga lipazani faollaydi.
Xolesterin metabolizmining oxirgi mahsuloti bo`lgan o`t kislotalari tarkibida – xolat, dezoksixolat, litoxolat hamda xеnodеzoksixolat kislotalari bor. Ulardagi barcha gidroksil guruhlari L-konfiguratsiyaga ega va shuning uchun punktir chiziq bilan belgilangan. Bundan tashqari ularning aminokislota glitsin (glikokol) (–NH2–CH2–COOH) va taurin (H2N–CH2–CH2–SO3–H) bilan hosil
qilgan birikmasi – glikoxolat, taurxolatlar faolligi yuqori bo`lgan o`t kislota
tuzlaridir.
C23H36(OH)3–C–NH–CH2–COOH C23H36(OH)3–C–NH–CH2–CH2–SO3H
║ ║
O Glikoxolat O Tauroxolat
Do'stlaringiz bilan baham: |