8.1. Glikoliz – glyukozani parchalanishi
Uglevodlarning hujayralarda miqdoriy o`zgarishini organizm kislorod bilan yetarli darajada ta`minlanganda ham, kislorod miqdori yetishmasligida ham uchratish mumkin. Birinchi holatdagi o`zgarish aerobli yo`l hisoblanib, jarayon bevosita yoki bilvosita kislorod ishtirokida kechadi. Uglevodlarni anaerob yo`l bilan o`zgarishi kislorod yetishmaganda kuzatiladi. Glyukoza hujayraning asosiy yoqilg`isi, glikogen shaklida zahira modda sifatida saqlanib, mushakllar harakatida juda tez o`zlashtiriladi. Glyukozaning glikogen yoki glyukozadan boshlanib, ikki molekula pirouzum kislota va ATF molekulalari hosil bo`lishi bilan tugaydigan anaerob parchalanishiga glikoliz deb ataladi.
Glikoliz (yunoncha glikis – shirin va lizis – parchalanish so`zlaridan olingan.) hujayra metabolizmi jarayonlari orasida eng yaxshi o`rganilganidir. Glikоliz – 11ta fеrmеnt bilan katalizlanib, katalizda ishtirоk etuvchi fеrmеntlar hujayra gialoplazmasida erigan yoki endоplazmatik to`rga kuchsiz bоg`langan hоlda bo`ladi. Glikоliz ikki bоsqichda o`tib, uning 10 ta rеaktsiyasi sitоzоlda amalga оshiriladi. Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, glikolizning aksari reaktsiyalari hujayralar sitozolida, ya`ni sitoplazmaning gomogen (erigan) fazasida kechadi. Buning aksi sifatida, uglevodlarning kislorod ishtirokida kechadigan oksidlanish reaktsiyalari eukariotik hujayralar mitoxondriyalarida, prokariotlarda esa plazmatik membranada amalga oshadi.
Glikоlizda — glyukоzani ikki mоlеkula piruvatga parchalanishi – aerоb glikоliz yoki ikki mоlеkula laktatga parchalanishi – anaerоb glikоliz deyiladi. Aerоb glikоliz
– uglеvоdlarning umumiy katabоlizmidir. Glyukоza aerоb parchalanishida CО2 va H2О gacha оksidlanadi.
Glyukоzani anaerоb parchalanishi spеtsifik fеrmеntlar ishtirоkida piruvat hоsil
bo`lishi va piruvatdan laktat hоsil bo`lishidir (glyukoza katabolizmi
|
sxemada
|
keltirilgan 8.2–rasm).
|
|
|
|
|
Hоsil bo`lgan
|
laktat mеtabоlik shlak – boshqa biоkimyoviy
|
jarayonlarda
|
|
qatnashmaydi.
|
|
Laktat
|
|
faqatgina
|
|
|
|
orqaga
|
|
qaytuvchi
|
reaktsiya
|
yo`li
|
|
оrqali piruvatga
|
aylanib,
|
|
almashinuv
|
reaktsiyalariga
|
|
jalb etilishi mumkin.
|
|
|
Glikoliz
|
|
|
|
aksari
|
|
organizmlarda
|
markaziy
|
|
metabolik
|
|
|
yo`llardan
|
|
biridir.
|
1930
|
yilning
|
|
o`rtalarigacha
|
mushak va
|
|
jigarda
|
|
|
uglevodlar
|
|
almashinuvi
|
|
|
faqat
|
|
glyukozadan
|
boshlana-di,
|
|
deb hisoblanar edi.
|
|
|
8.2–rasm. Glyukoza
|
katabolizmining
|
sxemasi
|
|
|
|
|
Ammo Ya.O.Parnasning mashhur ishlari tufayli mushaklardagi glikogen fosfat kislota biriktirib parchalanishi – fosforolizdan boshlanishi kashf etilgandan so`ng fanga glikogenoliz atamasi kiritildi.
Glikoliz jarayonida glyukozaning 6 uglerodli molekulasi 11 ta ferment ishtirokida 2 ta uch uglerodli piruvat molekulasigacha parchalanadi. Dastlabki 5 bosqich glikolizning tayyorlanish bosqichi sanalib, bu bosqichda glyukoza fosforillanadi, fruktozo-1,6-bifosfatga aylanadi va so`ngra 2 ta uglerodli birikma (glitseraldegid-3-fosfat va dioksiatsetonfosfat) ga parchalanadi. Hosil bo`lgan 2 ta triozofosfatlar bir-biriga o`tishi mumkinligi tufayli birinchi bosqichda bitta umumiy mahsulot – glitseraldegid-3-fosfatni hosil bo`lishi bilan yakunlanadi. Bu bosqichda glyukoza molekulasini faollashtirish uchun 2 molekula ATF sarflanadi.
Glikolizning ikkinchi bosqichi 6 ta fermentli reaktsiyadan iborat bo`lib, 2 molekula glitseraldegid–3–fosfat 2 molekula piruvatga aylanadi. Mazkur bosqichda ajtatilgan energiya hisobiga 4 molekula ADF fosforlanib, 4 molekula ATF ga o`tadi. Ammo, glikoliz jarayonida bir molekula glyukoza hisobiga to`g`ri keladigan ATF molekulalari soni 4 ta emas, balki 2 ta. Chunki glikolizning
birinchi bosqichida 2 molekula ATF sarflangan.
Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, glikoliz aksari hujayralarda sitozolda, ya`ni sitoplazmaning gomogen (erigan) fazasida o`tadi. Bundan farqli o`laroq, uglevodlarning kislorod ishtirokida kechadigan oksidlanish reaktsiyalari eukariotik hujayralarda mitoxondriyalarda, prokariotlarda esa plazmatik membranada amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |