yo`llari
Tirik organizm hujayralariga kiradigan kislorod faqatgina mitoxondriyaning nafas olish zanjirida substratlarning oksidlanishiga emas, balki boshqa biologik reaktsiyalar uchun ham sarflanadi. Kislorod sarflanishi bilan boradigan barcha turdagi reaktsiyalarni 4 ga ajratish mumkin.
1-tur – oksidazali deb aytiladi. Uni sxematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: S ∙ H2 + ´ O2 → S + H2O. Bu turdagi reaktsiya mahsuloti oksidlangan substrat (S) va suvdan iborat. Reaktsiyalar mitoxondriyaning ichki membranasida joylashgan (nafas olish zanjiri) va kislorod ularda energiya hosil bo`lishi uchun sarflanadi.
2-tur reaktsiya – peroksidazali bo`lib, quyidagi S ∙ H2 + O2 → S + H2O2. sxema bo`yicha boradi. Bunda oksidlangan substrat va vodorod peroksid reaktsiya mahsulotlari hisoblanadi. Ushbu turdagi reaktsiyalar hayvon va odam hujayralariga nisbatan o`simlik hujayralarida keng tarqalgan. 2-turdagi reaktsiyalar kislorod bir qator tabiiy birikmalar (aminokislotalar, poliaminlar, oksikislotalar, sulfitlar, purinlar, aldegidlar, biogen aminlar) ning oksidlanishida ishlatiladi.
Moddalarning oksidlanishli parchalanishining o`ziga xos ―chiqiti‖ organizm hujayralari uchun zararli bo`lgan vodorod peroksidning hosil bo`lishidir. Ammo kislorodning bu turda iste`mol qilinishining boshqa biologik vazifasi ham bor. Fagotsitozni amalga oshiradigan leykotsitlar, gistiotsitlar va boshqa hujayralarda, ya`ni yot moddalarni va mikroorganizmalrni parchalovchilarda vodorod peroksidning bunday sintezi juda faol, hosil bo`ladigan peroksid esa og`riq hosil qiluvchi bakteriyalarni zararsizlantirish uchun ishlatiladi.
3-tur reaktsiya – oksigenazali. Bu reaktsiyalar monooksigenazali sxema bo`yicha boradi: A ∙ H2 + S+O2 → A +SO+H2O (bunda A ∙ H2 – vodorod donori; S
– oksidlovchi substrat) yoki dioksigenazali sxema bo`yicha: S + O2→ SO2
Monooksigenazali mexanizm oksidlanadigan substratga 1 atom kislorod-ning birikishi va 2-atomini suv molekulasiga birikishi bilan boradi. Dioksigenazali
turida esa molekulyar kislorodni ikkala atomini ham oksidlanuvchi moddalarga tadbiq etilishi bilan boradi.
Monooksigenazalar hujayra shirasida erigan ferment holatida yoki jigar hujayralarining endoplazmatik retikulum membranalarida, buyrak usti bezi hujayralarining mitoxondriyalarida maxsus oksidlanish zanjiri ko`rinishida mavjud bo`ladi.
Monooksigenazali zanjirlar o`t kislotalari, xolesterindan steroid gormonlar sintezi, shuningdek dori va zaharlarni zararsizlantirishda tabiiy organik moddalarning oksidlanishi uchun foydalaniladi.
4-tur reaktsiya – to`yinmagan yog` kislotalarning peroksidli oksidlanishi bo`lib, RH+O2→ROOH sxemasi bo`yicha boradi. Lipid, aldegid, keton va boshqalar to`yinmagan lipidlarning peroksidli oksidlanish mahsulotlari hisoblanadi. Bu reaktsiyalarda kislorodning sarflanishi mitoxondriya membrana-lari, endoplazmatik retikulum, lizosoma va boshqa to`yinmagan lipidlar (asosan fosfolipidlar) bo`lgan boshqa joylarda boradi. Bu turdagi reaktsiyalar biologik membrana lipidlarining yangilanishi va o`tkazuvchanligini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Hujayrada kislorod sarflanishining asosiy yo`llarini sxemasi quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
Mahsulotlari Vazifalari
Do'stlaringiz bilan baham: |