O`sish jarayonlarining gormonal boshqarilishi. O`sish jarayonlarining jadalligi va davomiyligi bir qator ichki va tashqi omillar bilan nazorat qilinadi. Ichki regulyatorlarga gormonlar, mahalliy to`qima spetsifik substratlari va boshqa o`sish jarayonlarini boshqarishi omillari kiradi. Tashqi omillarga ovqatlanish sharoitlari, jismoniy va asabiy (nerv) ta`siri iqlim omillari, havodagi kislorod kontsentratsiyasi kiradi. Gormonlardan STG umurtqali organizmlarida o`sish jarayonlarini sistemali nazoratida muhim ahamiyatga ega. Gipofizar gormonning asosiy funktsiyalaridan biri – bo`yni o`sishi, tanani umumiy rivojlanishi, uning og`irligi, alohida organlar xajmi va massasiga stimullovchi ta`sir ko`rsatishdir.
Hayvonlarda postembrional ontogenezning erta bosqichlarida gipofizektomiya tana o`sishi va og`irlik ortishini to`xtatadi. Gormon preparatlarini kiritish esa to`xtagan jarayonlar jadalligini yana o`z xoliga qaytaradi. Odam
478
embrionida 12 chi haftadan 16 chi haftagacha qondagi STG kontsentratsiyasi ortib boradi va yuqori kontsentratsiyalarda 32 haftagacha saqlanadi, tug`ilishdan oldin esa, taxminan, 10 marta kamayadi. Ontogenezning erta postnatal bosqichida gipofiz gormoni sekretsiyasini tezligi katta odamlardagi miqdoriga yaqinlashadi.
Bolalarni o`sish davrida STG ishlovchi gipofiz o`smalari gigantizm deb ataluvchi kasallikni keltirib chiqaradi. Bemorlarda suyaklar, mushaklar, ichki organlar og`irligini rivojlanishi tufayli tananing bo`yi va og`irligi proportsional ravishda kattalashadi. Kasallik bolalikni so`nggi yillari yoki o`smirlik davrida boshlansa, akromegaliya deyilib, tana qismlarini proportsional kattalashishi – (qo`l panjasi, burun, kalla suyagi, til va boshqalar) kuzatiladi. O`sayotgan bola organizmida STG yetishmasa o`sish jarayonlarida teskari patologik ko`rinish - gipofizar pakanalik (liliputizm, gipofizar nanizm) kuzatilanadi. Rivojlanayotgan (o`suvchi) umurtqalilar organizmidagi naysimon suyaklarning epifizar qismlaridagi tog`ay to`qimasi STG ta`siriga hixoyatda sezuvchan bo`ladi. Faol tog`ay qismlarini ossifikatsiyasi suyaklar o`sishi asta-sekin to`xtaydi. STG o`sayotgan hayvonlarning to`qima va organlarida oqsil biosintezini stimulyatori bo`lishi bilan birga, katta hayvonlarda ham shunday ta`sir ko`rsatadi.
STG ning jigarga ta`sirining muhim tomoni shundaki, u jigar hujayralarini spetsifik stimulyatsiya qilib, mahsus gormonal birikmalar - somatomedinlar va STGning boshqa ko`pgina effektlari, ayniqsa suyak-tog`ay apparatining o`sishiga vositachilik qiladigan omillarini ishlab chiqarilishini ta`minlaydi.
Hayvonlar qonida STGga bog`liq mahsus faktor bo`lib, uning kontsentratsiyasi STG darajasiga bog`liq. Zardobdagi STGga bog`liq faktor (STGdan farqli ravishda) in vivo sharoitida anabolik jarayonlarga ta`sir qilish xususiyatiga ega. Uni mushak va yog` to`qimalari hujayralariga effekti (aminokislotalar va glyukoza transportining kuchayishi) insulinga o`xshash. Zardob faktori STGga o`xshash effektga ega bo`lgani, fiziologik ta`sirini normallashtirgani uchun ularni somatomedinlar deb ataladi. Somatomedinlar asosan jigarda va qisman boshqa organlarda ham hosil bo`ladi. Ularni jigar hujayralaridan qonga tushish tezligi STG tomonidan stimullanadi.
Yosh bolalarda so`matotropinni yetishmovchiligi vaqtidan ilgari bo`y o`sishini to`xtatib, karlik deb nomlanuvchi holatga olib keladi. Ushbu vaziyatda voyaga yetgan karlikni bo`yi 100 – 120 sm dan oshmaydi. Somatotropin yetishmovchiligidagi karlik gipotireozdagi bo`yi o`smaganlikdan tanani proporsional rivojlanganligi bilan farqlanadi va aqli zaiflik alomatlari bo`lmaydi. Bolalarni o`sish davridagi somatotropin gipersekretsiasi gigantizmga, voyaga yetgan organizmda esa akromegaliyaga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |