68
Bu eski usul bir tekisda Frings generatorlarida, havo haroratini avtomatik usulda ushlab turilishi
va havo oqimini uzatilish orqali samarali amalga oshiriladi.
Bu usulda yiliga 400 mln. l gacha sirka kislotasi ishlab chiqariladi.
Sirka kislotasini olinishini zamonaviy sanoat usullari termastabillangan
va kupik bostirishning
mexanik tizimli maxsus aeratsion apparatlarida, chuqur qatlamli kulturalarida, amalga oshiriladi.
Aeratsiya jarayoni 3.4 m
3
/m
3
s ni tashkil etadi, rotorni aylanishi 1500 ayl/daq., harorat 30°S.
Boshlang‗ich inokulyasiyalangan aralashma 5 i 7 % gacha etanol
va sirka kislotasini tutadi;
Sirka kislotaning so‗nggi konsentratsiyasi 1.5 sutkadan so‗ng 12–13% ni tashkil etadi.
Jarayon – yarim oqimli, ajratib olinuvchi, davriy quyib turiluvchi.
Har 30–35 soatda 60% kultura yangisiga almashtiriladi.
CHuqur qatlamdagi fermentatsiya jarayonida 1 m
3
ga mahsulot
chiqishi yuza qatlamdagi
fermentatsiya jarayoniga qaraganda10 marta yuqoriroq maxsulot chiqadi.
90 yillar boshida bu usulda yiliga 715 mln. litr sirka kislotasi ishlab chiqilgan.
Sirka kislotasini olishni samarali uzluksiz usuli ishlab chiqilgan bo‗lib, bunda batareya usulida
bir necha ketma – fermentyorlar ishlaydi (odatda 5 ta apparat).
Acetobacter
uchun kultivatsiyalash xarorati 28°S ni,
produtsent sifatida
Bact. schutzenbachii
.
qo‗llanilsa 35° S tashkil etadi.
Jarayon uchun eng yaxshi xom ashyo kartoshkadan olingan
etil spirti hisoblanadi, muhitdagi
konsentratsiyasi 10% ni tashkil etadi. Bakteriyalarni rivojlanishi uchun rn 3 ga yaqin.
Muhitdagi sirka kislotasini miqdorini 8% dan ortiqroqqa oshirilsa bakteriyalar o‗sishi
sekinlashadi, 12–14 % esa o‗sishdan to‗htaydi. SHuning uchun jarayon ketma– ket ulangan apparatlar
batareyasida olib borila.
Birinchi apparat inokulyat rolini bajaradi, shuning uchun unga tinimsiz ravishda sharoitni ushlab
turish maqsadida yangi muhit kiritib turiladi. Birinchi apparatdan kultura ikkinchiga, keyin uchinchiga
va x.k. apparatga o‗tkaziladi, bunda kultural suyuqlik tashilishi xavo orqali amalga oshiriladi.
Har bir apparatda fermentatsiya sharoiti fermentatsiya talablarini kechishiga ko‗ra
turg‗unlashtiriladi. Bunda muhit harorati birinchi apparatdagi 28°S dan 25% ga tushuriladi.
Aeratsii rejim 0.4 dan 0.15 m3/min gacha o‗zgartiriladi.
Ikkinchi apparatdan 4 chisigacha spirt konsentratsiyasi muhitga 40 %
etanol uzatilishi bilan
turg‗unlashtiriladi. So‗nggi apparatdan chiqayotgan kultura suyuqligi 9.0 dan kam bo‗lmagan va 9.3 %
ko‗p bo‗lmasligi kerak.
100 l suvsiz spirtdan kislota chiqishi 90 kg ni tashkil etadi.
Fermentatsiyadan so‗ng bosqichda bakterial biomassani ajratgandan so‗ng sirka kislota eritmasi
filtrlanadi, bo‗yalgan va muallaq zarrachalardan holi qilinadi, so‗ng pasterilizatsiyalanadi.
Konsentratsiyani oshirish uchun boshlangich eritmalar 20–30 % gacha muzlatiladi.
Muzlagan sirka kislotasini olish uchun (98.0–99.8 %), keyingi konsentrlash xaydash usuli bilan
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: