128
M.S.Tsvetning xromatografik usuli turli tabiatdagi moddalar aralashmalarning ajralishi va tahlilini
ta‘minlovchi universal usuldir. Xromatografiyaning eng muhim afzalligi sifatida bir vaqtning o‗zida
ajratish, identifikatsiya, miqdoriy baxolash va moddalarni
toza holda ajratib olish, sorbat va
sorbentlarning fizik-kimyoviy xossalarini ifodalovchi bir qancha ma‘lumotlarni olish imkoniyatini qayd
etish mumkin. Ohirgi yillarda xromatografiya usullari ko‗pgina biokimyoviy kuzatuvlarda keng
ko‗lamda qo‗llanilmoqda. Bu usul biokimyoviy izlanishlar uchun foydali bo‗lib, gormonlar, vitaminlar,
antibiotiklar
va
boshqa
biologik
faol
moddalarni
kuzatish
ishlarida
qo‗llanilib
kelinmoqda.Xromatografiya usuli davolash muassasalarida, klinik tahlillarni
aniqlashda ham ishlatilib
kelinmoqda.1850-1910yillar davrida ba‘zi izlanuvchi-olimlar -Runge, Shenbeyn va boshqalar qog‗oz
xromatografiyasi usulini qo‗llaganlar.SHuningdek,xromatografiya – molekulalarning differensial
migratsiyasi hisobiga amalga oshadigan, ya‘ni molekulalarning turlicha tezlikda harakatlanishi hisobiga
boradigan ajralish jarayonidir.
Murakkab birikmalarning sifat va miqdoriy tahlili bilan bir qatorda
xromatografiya vositasida
yana quyidagi vazifalarni amalga oshirish mumkin:
1)
Moddalarni identifikatsiyalash va ular orasidagi farqni aniqlash;
2)
Murrakab aralashmani alohida komponentlarga ajratish;
3)
Moddaning chinligi va tozaligini aniqlash;
4)
Tahlil qilinayotgan moddani ortiqcha qo‗shimcha moddalardan
tozalash;
5)
Suyultirilgan eritmalardan ma‘lum moddani ajratish va uning konsentratsiyasini oshirish;
6)
Sanoat jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirish.
Xromatografiya - ajratish usullari o‗rtasida molekulalararo o‗zaro ta‘sirlarning qo‗llanilishi
hisobiga yuqori samarali ajratish imkoniyatlarini namoyon qiladigan usuldir. Shuning uchun ham va bu
usul yordamida bajariladigan vazifalarning turli tumanligi xromatografiyaning ko‗plab variantlarini
yaratilishiga olib keldi. Har qanday xromatografik jarayonda 2ta faza: harakatsiz va harakatlanuvchi
fazalar ishtirok etib, ularning orasidagi fraksiyalarga ajratilayotgan
moddalar aralashmasining
molekulalari taqsimlanadi. Fraksiyalarga ajratishda komponentlarning kimyoviy, fizikaviy va biologik
hususiyatdan foydalaniladi. Yuqoridagi jarayonlarga asoslangan holda xromatografiya usullarini ko‗rib
chiqamiz. Fraksiyalarga ajratish prinsipiga asoslangan klassifikatsiyao‗z navbatida quydagilarga
bo‗linadi:
a)
Affin
xromatografiyasi;
b)
Adsorbsion xromatografiya;
c)
Taqsimlanish xromatografiyasi;
d)
Gel-filtratsiya;
e)
Ion-almashinish xromatografiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: