Fermentlarni qo‗llashdagi chegaralanishlar
Fermentlarni texnologik qo‗llanishi quyidagi sabablarga ko‗ra cheklanadi:
-boshlang‗ich agentlar tarkibidan ajratib olishning murakkabligi (odatda fermentlar bir marotaba
qo‗llaniladi);
-turg‗unmasligi (fermentlarni saqlashda ularning labilligi)
- fermentlarni tozalashda katta kuchni sarflanishi, buning natijasida ularni ishlab chiqarish ancha
qimmatga tushadi
31
.
Fermentlarni ishlab chiqarish
Fermentlarni katta mashtablarda ishlab chiqarish uchun quyidagilar qo‗laniladi:
- ba‘zi o‗simlik organizmlarining rivojlanishning ma‘lum fazasida (turli don va dukkaklilarning
o‗stirilgan o‗simtalari, o‗simliklarning yashil massasining sharbati);
- hayvonlarning alohida to‗qima va organlari (oshqozon osti bezi, yirik shoxli qoramol shirdoni);
- mikroorganizmlar (fermentlarning deyarli cheklanmagan manbasi), ularni mutagenez, seleksiya va
biosintez indkutsiyasi bilan o‗zgartirish mumkin.
Fermentlarni ishlab chiqarish
Fermentlarni mikroorganizmlar yordamida olish, o‗simlik va hayvon xom ashyosidan olishga
qaraganda ancha qulaydi va iqtisodiy jihatdan foydaliroqdir.
Fermentlarni olish uchun quyidagi mikroorganizmlar qo‗llaniladi:
- mikroskopik zamburug‗lar;
- bakteriyalar;
-achitqilar.
Dunyo bo‗yicha 20 ferment 65 000 tonna miqdorida ishlab chiqariladi. Sanoat usulida amilaza,
glyukoamilaza, proteaza, invertaza, pektinaza, katalaza, streptokinaza, sellyulaza va b.q. fermentlar
ishlab chiqariladi. Amilaza va proteazalar tekstil sanoatida, non yopishda va teri oshlashda
qo‗llaniladi. Mikrob fermentlari qonda xolesterin va siydikchil kislotasini miqdorini aniqlashda klinik
tashxis qo‗yishda qo‗llaniladi. Fermentlarni kanalizatsion va oqava suvlarni tozalashda qo‗llanish
taklif etilmoqda. Tibbiyot va analitik maqsadlar uchun qo‗llaniladigan fermentlar yuqori tozalikka ega
bo‗lishi kerak. Biologik ob‘eklarda fermentlar odatda turli hujayra strukturalarining yuzasida
bog‗langan xolatda bo‗ladi – ko‗pincha membranalar yuzasida.
SHuning uchun fermentlar o‗zining faolligini uzoq vaqt davomida saqlab qoladi.
Texnologik jarayonlarda uzoq vaqt davomida erkin fermentlar preparatlari qo‗llanib kelingan.
Bunday holatda fermentlarni qo‗llash, ularni qo‗llash muddatini qisqartirgan – bitta ishlab
chiqarish siklining o‗zi.
Ajratib olingan fermentlarning turg‗unligini oshirish uchun immobillash texnikasi qo‗llaniladi,
ya‘ni suvda erimaydigan tashuvchining yuzasiga fermentlarni bog‗lash, masalan organik polimerlar
yuzasiga: shishaga, mineral tuzlarga, silikatlarga va sh.o‗.
Immobillangan fermentalarni uzoq vaqt davomida biokimyoviy reaktorlarda uzluksiz jarayon
sharoitlarida qo‗llash mumkin bo‗ladi.
Mikrob tabiatli ferment preparatlarini ishlab chiqarish yuza va chuqur qatlamli usullar bilan
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |