Ma’ruza № 13
Mavzu;PID-rostlagichlarni amalga oshirish. PID-rostlagichning diskret modeli. Boshqarish signaliga bo‘lgan chegaralanishlar. Integral to‘yinshni bartaraf etish.
Reja:
1.Uzluksiz rostlash qonunlari.
2.Regulyator turlari. PID-rostlagichning diskret modeli.
3. Integral to‘yinshni bartaraf etish.
Avtomatik rostlash sistemalarining asosiy texnika vositalaridan biri rostlagichlardir. Rostlagichlarni vazifasi obektni belgilangan rejimda ishlashini taminlashdan iboratdir. Konkret texnologik jarayonni boshqarish uchun maxsus tayyorlangan rostlagichlar ishlatilishi mumkin. Bunday rostlagichlar kator talablarga javob berishi kerak: jumladan ularni aniq signalli datchiklarga ulash mumkinligi, standart, normallashgan yoki normallashmaganligi. Datchiklarni ulash usuli buyicha rostlagichlar kurishni 3 ta usuli mavjud: agregatli, apparatli, priborli. Agregatli prinsipda rostlagich kirishiga fakat standartlashgan datchiklar ulanadi. Bunday prinsipda sanoatda ishlab chikilgan elektrik, gidravlik ulchash o’zgartkichlari ishlatiladi. Apparat prinsipida-rostlagichni kirish kismini almashtirish mumkin, bunda har-xil datchiklardan foydalanishga imkon bo’ladi. Pribor prinsipida datchik ikkilamchi ulchov asbobiga ulanib, uni ko’rsatish kushimcha o’zgartkich orqali rostlagichka ulanadi. Rostlagichlarga kuyiladigan asosiy talablar: rostlash konunini aniq bajarilishi, rostlash konunini o’zgartirish mumkinligi, parametrlarini o’zgartirish mumkinligi. Rostlagichlarni ikki turi mavjud: to’g’ri tasirli, to’g’ri bo’lmagan tasirli. Ularda uch xil energiya toshuvchilar ishlatiladi: elektr toki, kisilgan xavo, suyuqlik. Demak energiya tashuvchilar turiga karab rostlagichlar: elektrik, gidravlik va pnevmatik turlariga bulinadi. Rostlagichlarni elektrogidravlik, elektropnevmatik turlari xam mavjud. Bu rostlagichlar standart konunli rostlagichlardir. Ushbu tenglama
proporsional-integral-diferensial (PID) konunli rostlashni ifodalaydi.
y-rostlagichni rostlovchi organga tasiri (chiqish signali)
x-rostlanayotgan kattalikni belgilangan qiymatdan chetlanishi (kirish
signali)
a0, a1, a2-rostlagich koeffitsienti. Standart rostlash konunini tashkil etuvchi ifodalar:
– proporsional (Mutanosib P)
- integral (I)
- diferensial (D)
Rostlagichlar P, PI, PID rostlash konunlari buyicha ishlaydi.
Elektrik rostlagichlar. -Ishlab chiqarishda elektrik rostlagichlar kuplab
ishlatiladi, chunki xar-xil fizik kattaliklarni elektr usuli bilan aniqlash
Elektrik rostlagichning blok sxemasi 1 rasmda ko’rsatilgan.
Bajaruvchi mexanizm sifatida ko’pincha asinxron dvigatellar, elektrik
klapanlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |