Biologik faol moddalar texnologiyasi



Download 7,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/292
Sana01.06.2022
Hajmi7,22 Mb.
#626408
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   292
Bog'liq
biologik faol moddalar texnologiyasi oquv-uslubiy majmua

kimyoviy-fermentativ 
jarayondir
. Biotexnogologik bosqich sirka-kislotali bakteriyalarni qo‗llash orqali amalga oshiriladi
bunda bu bakteriyalar d–sorbitni L-sorbozaga transformatsiyalanish reaksiyasini amalga oshiradilar. 
 
Produtsentlari

Acetobacter, Erwinia, Gluconobacter

G.oxydans fermentatsiyasi sorbit 
(20%), makkajo‗xori yoki achtqi ekstrakti tutgan muhitlarda, 
kuchli aeratsiya sharoitida olib boriladi (8-10 g O
2
l/soat). 
Sorbozani chiqishi sorbitning boshlang‗ich miqdoridan 98% tashkil etadi. 
Kultura log-fazaga etganida muhitga qo‗shimcha ravishda sorbit qo‗shish mumkin, bunda uning 
konsentratsiyasi 25% gacha etkaziladi. 
Bakteriyalar fermentatsiyasi davriy va uzluksiz rejimda olib boriladi. 
Kimyoviy sintez o‗z tarkibiga quyidagi bosqichlarni o‗z ichiga oladi:
- sorbozani diatseton bilan kondensatsiyalash; 


91 
- diatseton - L- sorbozani xosil bo‗lishi; 
- diatseton-L-sorbozani diatseton-2-keto-gulon kislotagacha oksidlanishi: 
- 2-keto-1-gulon kislota hosil bo‗lishi bilan boradigan gidroliz jaranyoni: 
- so‗nggi hosil bo‗lgan mahsulot enollanish reaksiyasiga uchratilib L-askorbin kislotasigacha 
transformatsiyalanadi.. 
 
Riboflavin (vitamin V
2
).
Avvallari vitamin V
2
tabiiy xom ashyodan ajratib olinardi (sabzi va jigarda katta miqdorda 
bo‗ladi). 
SHundan so‗ng sanoat miqyosida kimyoviy va mikrobiologik usullari ishlab chiqarildi.
Riboflavinning faol produtsenti bu achitqisimon zamburug‗ Eremothecium ashbyii va Ashbya 
gossipii ning kulturalari hisoblanadi.
E.ashbyii dan riboflavinni yuqori miqdorda chiqishi muhitdagi azot miqdoriga bog‗liq bo‗ladi 
(purin va boshqa azot manbalari), shuning uchun uning miqdori etarli darajada bo‗lishi kerak. 
Uglerod manbasi sifatida glyukoza va saxarozadan foydalaniladi, shuning bilan bir qatorda 
achitqi va makkajo‗xori ekstraktidan, hamda soya unidan va moylardan foydalanish mumkin.
Infeksiyalanishni oldini olish maqsadida ozuqa muhitni fermentyorga uzatishdan oldin 
antibiotiklar va antiseptiklar bilan yaxshilab sterillanadi.
Fermentatsiya 5 sutka davomida rn 5,5- 7,7 da olib boriladi. 
Saxaroza sarflanishi natijasida (taxminan 30 soatdan so‗ng) vitamina V2 to‗plana boshlaydi, 
bunda vitamin avval mitselliyda so‗ng kultural suyuqlikda to‗planadi. 
Fermentatsiya jarayoni tugagandan so‗ng kultural suyuqlik konsentrlanadi, quritiladi va 
to‗ldiruvchilar bilan aralashtiriladi.
Natijada qoldiq namligi 8% ga teng, 1,5-2,5% riboflavin, 20% oqsil, tiamin, nikotin kislotasi, 
piridoksin, siankobalamin, mikroelementlar va boshqa moddalar saqlagan quruq mahsulot olinadi. Bu 
mahsulot hayvonlarga ozuqa sifatida tavsiya etiladi.
Gen muhandisligi usuli yordamida senna tayoqchasini 1 l muhitda 6 gr. ga yaqin riboflavin hosil 
qiluvchi shtammi olishga muvaffaq bo‗lingan. Bunda muhit o‗z tarkibida melassa, oqsil-vitamin 
konsentrati va uning gidrolizatlarini saqlaydi.
 
1983 yilda Bacillus subtilis ning rekombinant shtammi konstruksiyalangan bo‗lib, bu shtamm 
Eremothecium ashbyii ga solishtirganda uch barobar yuqoriroq sintezlash xususiyatiga ega bo‗lib, 
ekzogen kantaminatsiyaga nisbatan ancha turg‗un bo‗lgan.

Download 7,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish