Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: Hozirgi kunda odamlarning jismoniy
mehnat faoliyatidan mexanizatsiyalashgan, kompyuterlarda boshqariladigan meh-
nat turiga o‘tishi ularning tana tuzilishiga, ruhiyati, aqliy faoliyati va yashash
mu hitiga qanday ta’sir ko‘rsatadi deb o‘ylaysiz?
A T A M A L A R L U G ‘ A T I
Adenozindifosfat, ADF – adenin, riboza va ikkita fosfat kislota qoldig‘idan
iborat bo‘lgan nukleotid.
Allofen – allo... (yunoncha allos – boshqa, yot), gen mutatsiyalari emas, balki
somatik gibridizatsiya yoki transplantatsiya natijasida hosil bo‘lgan, genetik jihatdan
aralashgan fenotip. Allofen iborasi 1955-yilda Y. Xadorn tomonidan kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |