Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar (neoantroplar).
Dastlabki neoantroplarning skeletlari 1868-yili Fransiyaning janubidagi
Kromanyon g‘oridan topilgan. Shuning uchun dastlabki hozirgi zamon
odamlari kromanyonlar deb ataladi. Ular 50–60 ming yil avval paydo
bo‘lgan. Kromanyonlarning bo‘yi 180 sm, miyasining hajmi 1600 sm
3
, iyagi
bo‘rtib chiqqan va peshanasi keng bo‘lgan. Ularda ma’noli nutq yaxshi
rivojlangan, tanasining tuzilishi bo‘yicha kromonyonlar hozirgi odamlardan
farq qilmaganlar. Kromonyonlar murakkab qurollarni yasay olganlar, uy
qurganlar, uning devorlariga ov epizodlari, raqslar, hayvonlar va odamlarning
tasvirini ishlaganlar. Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirganlar va dehqonchilik
bilan shug‘ullana boshlaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |