Tayanch so‘zlar: arxantroplar, paleoantroplar, neoantroplar.
Savol va topshiriqlar:
1. Odam evolutsiyasining bosqichlarida ro‘y bergan o‘zgarishlarni muhit omillari
bilan bog‘lab tushuntiring.
2. Arxantroplarga xos belgilarni ayting.
3. Paleoantroplarni tashqi tuzilishini tasvirlang.
4. Neoantroplarga xos xususiyatlarni izohlang.
58-§. ODAM EVOLUTSIYASINI HARAKATLANTIRUVCHI
KUCHLARI
Odamning paydo bo‘lishida biologik omillar katta ahamiyatga ega bo‘lsa-
da, biroq ularning o‘zi antropogenezni tushuntirish uchun yetarli emas. Bu
jarayonda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar ham muhim
rol o‘ynagan. Organik olamning evolutsiyasining biologik omillari – irsiy
o‘z garuvchanlik, yashash uchun kurash, populatsiya to‘lqini, genlar dreyfi ,
alohidalanish va tabiiy tanlanish odam evolutsiyasiga ham tegishli ekanligini
Ch. Darvin ko‘rsatib bergan edi. Odam evolutsiyasining ilk bosqi chida atrof-
muhitning o‘zgaruvchan sharoitiga yaxshi moslashishga qaratilgan tanlanish
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Biologik omillar tufayli odam ajdodlari
organizmida bir qancha morfofi ziologik o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Mutatsion
o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli mehnat
operatsiyalari uchun foydali bo‘lgan qo‘llari o‘zgargan individlar saqlanib
borgan.
Antropogenez uchun ijtimoiy omillar: mehnat faoliyati, jamoa bo‘lib
yashash, nutq va tafakkur xarakterlidir.
Odam evolutsiyasida qomatning tiklanishi bilan qo‘lning mehnat vositasiga
aylanishi muhim omil bo‘lgan. Mehnat qurollarini yasash odam qo‘lining
tobora o‘zgarib borishiga sabab bo‘lgan.
Odam evolutsiyasida jamoa bo‘lib yashash ham muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan. Ular birgalashib, yirtqich hayvonlardan himoyalanganlar, ov qilishgan
va bolalarini tarbiyalashgan. Jamoa bo‘lib yashash, qadimgi odamlarni bir-
birlari bilan tovush, imo-ishora va mimika orqali munosabatda bo‘lishga
ehtiyoj tug‘dirgan. Irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasida
hiqildoq o‘zgarib odamning nutq organiga aylangan. Bosh miyaning va
tafakkurning rivojlanishi mehnat va nutqning takomillashuviga olib kelgan.
Yuksak hayvonlardan farqli ravishda odamda ikkinchi signal sistemasi
rivojlangan. Ovchilik bilan shug‘ullanish, baliq ovlash faqat o‘simliklar
bilangina emas, balki aralash ovqatlanishga ham imkon bergan. Bu esa
o‘z-o‘zidan ichaklarning qisqarishiga sababchi bo‘lgan. Olovda pishirilgan
oziqni ming yillar mobaynida iste’mol qilish bora-bora chaynash apparatiga
bo‘lgan og‘irlikni yengillashtirgan. Oqibatda baquvvat chaynash muskullari
birikadigan tepa suyagining qirrasi o‘zining biologik ahamiyatini yo‘qotgan.
Xulosa qilib aytganda, tik yurishga o‘tish, qo‘lining yurishdan ozod
bo‘lishi, mehnat qurollarini yasash, go‘sht iste’mol qilish, olovdan foydalanish,
jamoa bo‘lib yashash, ong va nutqning rivojlanishi odam evolutsiyasida katta
ahamiyatga ega bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |