Gormonlar tasnifi Kimyoviy tabiatiga ko‘ra gormonlar uch guruhga bo‘linadi:
1. Peptid (oqsil) tabiatli gormonlar: a) murakkab oqsillar - glikoproteinlar; bularga FSG, lyuteinlovchi gormon, TTG va boshqalar; b) oddiy oqsillar: prolaktin, STG, insulin va boshqalar kiradi; d) peptidlar: AKTG, glyukagon, kalsiytonin, somatostatin, vazopressin, oksitotsin va boshqalar kiradi.
2.Aminokislotalar unumlari: katexolaminlar, tireoid gormonlar, melatonin va boshqalar kiradi.
3. Steroid birikmalar va yog‘ kislotalar unumlari (prostaglandinlar). Steroidlar gormonlarning katta guruhini tashkil qiladi; ularga buyrak usti bezlari gormonlari (kortikosteroidlar), jinsiy gormonlar (androgenlar va estrogenlar), 1,25-dioksixolekalsiferol va boshqalar kiradi.
4. Eykazanoidlar ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar (araxidonat) unumlari bo‘lib, uch sinf birikmalarni o‘z ichiga oladi: prostaglandin, tromboksan va leykotriyenlar. Ular suvda erimaydigan nostabil birikmalar bo‘lib, o‘z ta’sirini sintezlangan joyi yaqinidagi hujayralarga ko‘rsatadi.
Endokrin va nerv sistemalarining munosabati. Gipotalamus va gipofiz bezlarining gormonla
Gipotalamus-gipofiz tizimi Rilizing omillari yoki liberinlar gipatalamusning nerv hujayralarida hosil bo‘lib, portal kapillyarlar tizimi bo‘yicha gipotalamusga o‘tadi va gipofizar gormonlar sekretsiyasini, aniqrog‘i, ajralib chiqishini (ehtimol, biosintezini ham) boshqaradi. Gipofizar gormonlar ajralib chiqishini (ehtimol, biosintezini ham) susaytiruvchi ingibitor moddalarga statinlar deb ataladi (86-rasm). Hozirgi vaqtgacha gipotalamusda yettita liberinlar va uchta statinlar topilgan; xususan: kortikoliberin, tireoliberin, lyuliberin, folliliberin, somatoliberin, prolaktoliberin, melanoliberin hamda somatostatin, prolaktostatin va melanostatin. Gipotalamus va miyaning kulrang moddasidan o‘tadigan nerv (impulslari) gipotalamik boshqaruvchi gormonlar ajralish tezligiga ta’sir etadi. Ushbu gormonlar esa gipofizar qon aylanish portal tizimi orqali adenogipofizdan maxsus gormonlar (rilizing omillar) ajralishini ta’minlaydi. Xususan, shu tizim (nerv yollari) vositasida adenogipofiz gormonlarining sekretsiyasini, masalan: tashqi muhitning xilma-xil ta’siri bilan (sovuq, gipoksiya, travma (jarohatlanish), zaharli moddalar va boshqalar), yoki ma’lum bir fiziologik holatda (qorqish, hayajonlanish va hokazo) boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |