Biokimyodan YaB uchun baza (2022-yil) Nazariy savollar



Download 170,61 Kb.
bet18/38
Sana20.07.2022
Hajmi170,61 Kb.
#830062
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
2 5271792186533354188

Tromb hosil bo‘lishi Trombning hosil bo‘lishi fibrinogenni fibringa aylanishi bilan bog‘liq. Fibrinogen disulfid bog‘lari yordamida o‘zaro birikkan uch juft peptid zanjirlaridan tarkib topgan (α2, β2, γ2). Molekulyar og‘irligi 340 000. Molekula uzunligi 45 nm, yo‘g‘onligi 9 nm, uning qondagi konsentratsiyasi 0,3 g/dl. Trombin (II«a» omil) fibrinogen α va β zanjirlari N uchi qismini (A va B fibrinopeptidlar) ajratib oladi:
Shu reaksiya natijasida fibrinogen molekulasida birikish markazlari ochilib qoladi va bu markazlarga fibrinning boshqa molekulalari kelib birikib, o‘z-o‘zidan yig‘ilish yo‘li bilan qon plazmasida erimaydigan fibrin agregatlari hosil bo‘ladi. Bu agregatlar ham o‘zaro birikib uch o‘lchovli panjara hosil qiladi. Unga qonning shaklli elementlari kelib joylashadi. Fibrindan iborat tromb biriktiruvchi to‘qima oqsili fibrinektin vositasida tomirning shikastlangan sohasida matriksga yopishib oladi. Fibrin hosil bo‘lgandan keyin uning mustahkamlanishi transglutaminaza ta’sirida boradi: geldagi fibrin molekulalari o‘zaro kovalent bog‘lanadi. Bu ferment ta’sirida fibrin bilan fibrinektin o‘rtasida ham kovalent bog‘ hosil bo‘ladi. Biroz vaqt o‘tgach tromb qisqaradi (retraksiya bo‘ladi). Transglutaminaza irsiy nuqson bo‘lsa, qon sog‘lom odamlardagidek iviydi, ammo tromb mo‘rt bo‘lgani uchun yana qon ketib qolishi mumkin. Qon ivishining ikki yo‘li tafovut qilinadi: tashqi va ichki yo‘llari.
Qon ivishining tashqi mexanizmi Qonning tashqi ivishida jarohatlangan to‘qimada mavjud bo‘lgan tromboplastin (III omil) va qon zardobidagi prokonvertin (IV omil), Ca2+ ionlari (IV omil) va tromb hosil bo‘ladigan yuza membranalari fosfolipidlari ishtirok etadi. Jarohatlangan to‘qimalar va tomirlardan ajralib chiqqan (tromboplastin) VII omilni, u o‘z navbatida X omilni, faollaydi. X«a» omil ta’sirida protrombin trombinga aylanadi, va nihoyat trombin ta’sirida fibrinogen fibringa aylanadi. Trombin V, VII, XIII omillarni ham faollashtiradi. Fibrinning barqarorlashuvi XIII omil ta’sirida bo‘ladi. Qonning tashqi ivishiga juda qisqa vaqt – taxminan 10-12 sekund yetarli bo‘ladi.

Download 170,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish