Biokimyodan YaB uchun baza (2022-yil) Nazariy savollar



Download 170,61 Kb.
bet26/38
Sana20.07.2022
Hajmi170,61 Kb.
#830062
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Bog'liq
2 5271792186533354188

Prostaglandinlar (PG) biologik faol moddalar bo‘lib, mahalliy ta’sir ko‘rsatuvchi gormonlardir. Prostaglandinlar barcha organ va to‘qimalarda sintezlanib, organizmning talaygina fiziologik funksiyalariga ta’sir ko‘rsatadi. Xususan buyraklar gemodinamikasini, silliq muskullar qisqarishi, me’daning sekretor funksiyasi, yog‘, suvtuz va boshqa modda almashinuv jarayonlarni idora etadi. Prostaglandinlarning o‘tmishdoshi linol va linolenat kislotadan hosil bo‘luvchi araxidonat kislotadir. Araxidonat kislota biomembranalarning fosfolipidlaridan ajralib chiqqanidan so‘ng, fermentativ o‘zgarish yo‘liga ko‘ra quyidagi sxema bo‘yicha prostaglandinlar va leykotriyenlarga aylanadi. Prostaglandinlar siklopentan halqasining tuzilishiga qarab to’rtta asosiy guruhga bo‘linadi:
PGÅ (PGÅ1, PGÅ2, PGÅ3)
PGF (PGF1, PGF2,PGF3)
PGA (PGA1, 19-oksi-PGA1, A2, 19-oksi-PGA2)
PGB (PGB1, 19-oksi-PGB1, V2, 19-oksi-PGB2)
Qo‘sh bog‘larning joylanishi va soniga qarab guruhning ichida prostaglandinlar bir necha turlarga bo‘linadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, prostaglandinlar keng ta’sir qilish spektoriga egadir: – PGÅ1 va PGÅ2 lar qon tomirlarni kengaytiradi, arterial qon bosimni pasaytiradi, yurakning qonni haydab chiqarish qobiliyatini oshiradi; – PGF2 ayol organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan homiladorlikni to‘xtatadi; – PGÅ bronxlar va traxeyani muskullarini bo‘shashtiradi, shunga ko‘ra astmani davolashda yaxshi vosita hisoblanadi; – prostaglandinlar sedativ va trankvilazator (tinchlantiruvchi) ta’siriga egadir; – ayrim prostaglandin va ularning unumlari qon tomirlarda tromb hosil bo‘lishining kuchli ingibitoridir.
Kininlar kelib chiqishi, tuzilishi va biokimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga o‘xshash peptidlar guruhidir. Ularning 2 turi tafovut etiladi:
Arg–Pro–Pro–Gly–Phe–Ser–Pro–Phe–Arg Bradikinin
Liz–Arg–Pro–Pro–Gly–Phe–Ser–Pro– Phe–Arg Lizilbradikinin (kallidin) Kininlarning yarim yashash davri 20-30 sek, kininazalar ta’sirida parchalanadi (93-rasm). Kininlar qon tomir silliq muskullarini bo‘shashtiradi, ya’ni tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir etadi, arterial bosim pasayishiga olib keladi. Shuningdek, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kuchaytiradi va og‘riqqa sabab bo‘ladi.


79. Siydik hosil bo'lish mexanizmi. Buyraklardagi metabolizmning norma va patologiyada o’ziga xosligi( buyrak metabolizmida fermentlar ishtiroki).
Katta odamlarda ikkala buyrakning og‘irligi taxminan 300gr. Buyraklar muhim a’zolardan biri bo‘lib, ularning asosiy vazifasi organizm ichki muhiti muvozanatini doimiy saqlashdir (111-rasm). Buyraklar suv – elektrolit balansini boshqarish, kislota ishqor muvozanatini saqlash, azot qoldiqlarini chiqarish, organizm suyuqliklari osmotik bosimini saqlash, qon bosimni boshqarish, eritropoezni stimullash va boshqalarda qatnashadi. Buyrak to‘qimasi 2 zonadan iborat: – tashqi (po‘stloq) – ichki (miya) Nefron buyrak parenximasining funksional birligi hisoblanadi (rasm). Nefronning Baumen kapsulasidan qondagi suv hamda plazmaning boshqa past molekulali moddalari filtrlanib o‘tadi; bu filtrlanishni harakatlanuvchi kuchi koptokcha kapillyarlari bilan Baumen kapsulasi bo‘shlig‘idagi gidrostatik bosim farqidir. Baumen kapsulasi filtrati (birlamchi siydik) tarkibi va past molekulali moddalarni konsentratsiyasi jihatidan qon plazmasidan farq qilmaydi. Nefronda 3 ta asosiy jarayon sodir bo‘ladi: - koptokchalarda filtratsiya; - reabsorbsiya kanalchalarda - sekresiya. Filtratsiya davrida koptokchalardan har ikkala buyrak orqali 1 daqiqada 1300 ml qon o‘tadi. Buyrak koptokchalarini umumiy filtrlanadigan yuzasi taxminan 1,5 m2 ni tashkil etadi. Koptokchalarda qon kapillyarlaridan buyrak koptokchasiga qon plazmasini ultrafiltratsiyasi sodir bo‘ladi, natijada birlamchi oqsilsiz siydik hosil bo‘ladi. Surunkali piyelonefritning yuqori faolligi buyrakning azot ajratish funksiyasi buzilishi kuzatiladi. Keyinchalik u gipertenzion va istisqo – gipertenzion sindromli hamda azot ajratish qobiliyati buzilgan surunkali piyelonefrit, faqat siydik sindromli azot ajratish funksiyasi buzilmagan surunkali nefrit, o‘tkir diffuz glomerulonefritning qoldiq ko‘rinishlari mavjud bo‘lganda keltirilgan tartibda faolligi pasayadi. Koptokchalar orqali filtrlangan suyuqlikning 1% gina siydikka aylanadi. Kanalchalarda 99% suv, natriy, xlor, gidrokarbonat, aminokislotalar, 93% kaliy, 45% siydikchil reabsorbsillanadi. Nefronlarda 1 sutkada 180 l suyuqlik filtrlanadi va qaytadan so‘riladi. Reabsorbsiya natijasida birlamchi siydikdan ikkilamchi siydik hosil bo‘lib, u kosacha va qovuqda to‘planadi. Uning tarkibidagi asosiy moddalar rasmda keltirilgan. Nefron proksimal qism hujayralari filtratga o‘tgan glyukoza, aminokislota, vitamin, elektrolitlarni; birlamchi siydikdagi 6/7 suyuqlikni proksimal kanalchalarda reabsorbsiyalaydi. Distal kanalchalarda natriy qo‘shimcha reabsorbsiyalanadi, unda nefron bo‘shlig‘iga kaliy ionlari, ammoniy, vodorod ajralishi mumkin. Hujayradagi ATF 80% energiyasi natriy reabsorbsiyasida faoliyat ko‘rsatuvchi «natriy nasosi»ga sarflanadi. Proksimal qismda suvning so‘rilishi natriyning faol so‘rilishi hisobiga passiv amalga oshiriladi. Distal qismda, natriy ionlari so‘rilishga bog‘liq bo‘lmagan holda, antidiuretik gormon yordamida boshqariladi. Natriydan farqli ravishda kaliy nafaqat reabsorbsiyalanadi, balki sekretsiya ham qilinadi, bu «natriy – kaliy nasosi»ning ishi hisobiga boradi. Turli moddalarning reabsorbsiya va sekretsiyasi MNS va gormonal omillar yordamida boshqariladi.



Download 170,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish