Biokimyodan YaB uchun baza (2022-yil) Nazariy savollar



Download 170,61 Kb.
bet23/38
Sana20.07.2022
Hajmi170,61 Kb.
#830062
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Bog'liq
2 5271792186533354188

Gipofiz gormonlari Gipofizda oqsil va peptid tabiatiga ega bo‘lgan qator biologik faol gormonlar sintezlanadi. Sintezlanish joyiga ko‘ra, gipofizning oldingi, orqa va orta bolagining gormonlari tafovut qilinadi.
Adenogipofiz (gipofiz oldingi bo‘lagining) gormonlari Adenogipofizda tropgormonlar hosil bo‘lib, qonga o‘tgandan so‘ng tegishli periferik endokrin bezlardan zarur bo‘lgan gormonlar hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Gormon esa a‘zo va to‘qimalarda yaxlit organizmning tegishli kimyoviy va fiziologik javob reaksiyasini keltirib chiqaradi. Oqsil va peptid tabiatli gormonlar uchun hujayralar sathida maxsus retseptorlar (glikoprotein va gangliozidlarning uglevod parchalari) mavjud bo‘lib, gormonlar shu retseptorlar orqali maxsus biokimyoviy o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Steroid gormonlarning retseptorlari esa sitoplazma va yadroda joylashgandir.
Qandsiz diabet Gipofiz orqa bo‘lagining gormonlari Gipofiz orqa bo‘lagining gormonlari vazopressin va oksitotsindir. Bu gormonlar dastlab gipotalamusning maxsus neyronlarida sintezlanib, turli neyronlar yordamida gipofizning orqa bo‘lagiga o‘tib, keyin so‘ngra qonga tushadi. Vazopressinning oksitotsindan farqi shuki, N-uchida 3-orindagi izoleytsin ornida fenilalanin, 8-orinda esa leytsin ornida arginin saqlaydi. Oksitotsinning biologik ta’siri tugish paytida bachadon silliq muskullari va sut bezlari alveolalari atrofidagi muskul tolalari qisqarishini va sut bezlari alveolalari atrofidagi muskul tolalari qisqarishini stimullash bilan bog‘liqdir. Vazopressin esa qon tomirlari silliq muskulaturasi qisqarishini stimullab, shu bois kuchli vazopressor (tomirlarni qisqartirish) ta’siriga ega. Ammo uning asosiy vazifasi suvtuz almashinuvini boshqarishdir. Vazopressin uncha yuqori bo‘lmagan konsentratsiyada (1 kg tana massasiga 0,2 ng) juda kuchli antidiuretik ta’sir ko‘rsatadi, buyrak kanalchalari membranasidan suvning qayta so‘rilishini stimullaydi. Me’yoriy odam organizmi vazopressini qon plazmasining osmotik bosimini va suv balansini nazorat qiladi. Patologiyada, xususan, gipofiz orqa bo‘lagi atrofiyasida qandsiz diabet rivojlanadi. Bu kasallikda siydik bilan juda ko‘p miqdorda suyuqlik ajralib chiqadi. Gipofiz o‘rta bo‘lagi gormonlari Gipofizning o‘rta bo‘lagida α− va β−melanostimullovchi (α−MSG va β−MSG) gormonlar sintezlanib qonga o‘tadi. α−MSG 13 aminokislotadan, β−MSG esa 22 aminokislotadan tuzilgan peptidlardir.Melanotropinlarning fiziologik vazifasi, melaninogenez pigment hujayralari (melanotsitlar) sonining ko‘payishini stimullashdan iboratdir.


72,Qalqonsimon bez gormonlari. Qalqonsimon bezning kasalliklari

Qalqonsimon bez moddalar almashinuvida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Buni qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi natijasida asosiy almashinuvning o‘zgarishida va uni qon bilan ko‘p miqdorda ta’minlanganligidan (massasining atigi 20-30 gr bo‘lishiga qaramay) ko‘rish mumkin. Qalqonsimon bez qovushqoq kolloid suyuqlik bilan to‘lgan ko‘pgina maxsus bo‘shliqlar — follikulalardan iboratdir. Ushbu kolloid tarkibiga yuqori molekulyar massaga ega bo‘lgan (650000 atrofida) maxsus yod saqlovchi glikoprotein — yod — tireoglobulin kiradi; u qalqonsimon bez follikulyar qismining asosiy gormoni — tiroksinning zaxira shaklidir. Bundan tashqari, qalqonsimon bezning parafollikulyar deb atalishi maxsus hujayralar, yoki C-hujayralarda peptid tabiatli kalsitonin sintezlanadi; u qonda kalsiy miqdorini doimiy saqlanib turishini ta’minlaydi. Qonda kalsiy miqdori ko‘payganda kalsitonin sekretsiyasi kuchayadi va suyaklardan kalsiy safarbar bo‘lishini susaytiradi. Tiroksin (3,5, 31,51-tetrayodtironin) qalqonsimon bezda L-tironindan oson sintezlanadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, gormonal faollikka 3,5, 31-triyodtironin va 3,3-diyodtironinlar ham egadir. Qalqonsimon bez gormonlari asosiy almashinuvi tezligini, to‘qimalarning o‘sishi va takomillashuvi, oqsillar, uglevodlar va lipidlar almashinuvi, suv-elektrolit almashinuvi, MNS, oshqozon-ichak yo‘li faoliyatini, gemopoez, yurak-qon tomiri tizimi funksiyasini, vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojini, organizmning infeksiyaga berilmasligini va boshqalarni boshqaradi.


Yosh bolalarda qalqonsimon bezning gipofunksiyasi kretinizm kasalligiga olib keladi. Ushbu kasallikda bo‘yi o‘sishdan tashqari, teri, soch, muskullarda maxsus o‘zgarishlar, almashinuv jarayonlari tezligining keskin pasayishi, shuningdek, chuqur psixik o‘zgarishlar ro‘y beradi. Katta yoshli odamlarda qalqonsimon bez gipofunksiyasida, gipotireoidli shish, yoki miksedema kasalligi kelib chiqadi. Bu kasallik ko‘pincha ayollarda uchrab, suv-tuz, asosiy va yog‘lar almashinuvining buzilishiga xosdir. Bemorlarda shilimshiq shish, patologik semirish asosiy almashinuvining keskin pasayishi, soch va tishlarning tushishi, miyaning umumiy o‘zgarishlari va psixik siljishlar kuzatiladi. Teri qurib qoladi, tana harorati pasayadi, qonda glyukoza miqdori oshadi. Gipotireoidizm qalqonsimon bez preparatlari bilan nisbatan oson davolanadi. Qalqonsimon bez jarohatlanishi bilan bog‘liq yana bir kasallik — endemik buqoqdir. Odatda bu kasallik suv va o‘simliklarda yod yetishmaydigan tog‘li joylarda yashovchi aholi o‘rtasida ko‘proq uchraydi. Yodning yetishmasligi tufayli qalqonsimon bez to‘qimasi biriktiruvchi to‘qima hisobiga kompensator kattalashadi, ammo bu jarayonda tireoid gormonlar sekretsiyasining oshishi kuzatilmaydi.
Kattalashgan bez ma’lum noqulay holat keltirsa-da kasallik organizm funksiyalarining jiddiy o‘zgarishlariga olib kelmaydi. Qalqonsimon bez funksiyasining oshishi (giperfunksiya) gipertireoz yoki diffuz toksik buqoq kasalligi (Greyvs yoki Bazedov kasalligi)ga olib keladi. Moddalar almashinuvining keskin oshishi to‘qima oqsillarining parchalanishiga olib keladi, natijada manfiy azot balansi rivojlanadi.Bazedov kasalligiga simptomlar triadasi xosdir: yurak qisqarishlari sonining ortishi (taxikardiya), ko‘zlarning chaqchayishi (ekzoftalm) va buqoq, ya’ni kattalashgan qalqonsimon bez; bemorlar ozib ketishi qamda psixik o‘zgarishlar ro‘y beradi. Qalqonsimon bez giperfunksiyasini, xususan, toksik buqoqni davolash bezni xirurgik yo‘l bilan olib tashlashdan, yoki 131I (β- va γ-nurlanish bez to‘qimasini qisman parchalaydi) yuborishdan iboratdir. Bundan tashqari, tireoid gormonlar sintezini tormozlovchi tiroksin antigonistlarini yuborish yo‘li bilan davolash mumkin, ularga tiomochevina, tiouratsil yoki metiltiouratsil kiradi.


73 Buyrak usti bezining po’stoq qismi gormonlari: glyuko- va mineralokortikoidlar.

Buyrak usti bezi po‘stloq qismi gormonlarining umumiy nomi kortikoidlar yoki kortikosteroidlar deyiladi va ular shartli ravishda ikkita guruhga bo‘linadi: glyukokortikoidlar (uglevodlar, oqsillar, yog‘lar va nuklein kislotalar almashinuviga ta’sir etuvchi gormonlar) va mineralokortikoidlar (tuzlar va suv almashinuviga ta’sir etuvchi gormonlar). Hozirgi vaqtda odam, cho‘chqa va ho‘kiz buyrak usti bezi po‘stloq qismidan 50 ga yaqin birikmalar ajratilgan. Steroidlarni umumiy soni 100 dan ortiq bo‘lib, lekin ularning hammasi ham faollikka ega emas.



Download 170,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish