352
Vitamin D
3
gormon sifatida ta’sir etadigan moddaning
o‘tmishdoshidir. Bu modda kalsitriol deb ataladi. Kalsitriolning
vitaminga aylanishi jigar va buyraklarda amalga oshadi. Kalsitriolning
nishon a’zolari ingichka ichak va suyak. Ingichka ichakda kalsiy va
fosfatlarning so‘rilishini, suyaklarda kalsiy metabolizmini jonlantiradi.
Vitamin D
3
organizmga yuborilganda kalsiyni biriktirib oladigan va
uning so‘rilishida ishtirok etadigan oqsilning sintezi tezlashadi.
Vitamin
D
3
yetishmaganda bolalarda raxit kasalligi rivojlanadi.
Kalsitonin
Peptidli gormon kalsitonin (32 ta aminokislota qoldig‘ini saqlaydi)
paratireoid bezlar bilan qalqonsimon bezlarning C-hujayralarida
sintezlanadi. Qondagi kalsiy miqdori ko‘payganda kalsitonin
sekretsiyasi kuchayadi. Nishon hujayralar bo‘lib suyaklar hisoblanadi,
suyaklarda u kalsiy safarbar bo‘lishini susaytirib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: