ionlari egallaydi. Hujayra ichidagi erkin Ca
adgeziya va hujayra o‘sishini boshqaradi. Ca
mavjud. Kalsiy messenjer sistemasida gormonal signalni o‘tkazishni
kalmodulinga bog‘liq proteinkinaza faollash hisoblanadi.
fosforillanishini katalizlab, bu bilan ular faolligini boshqaradi. Ca
faolligini modullaydi (shuning uchun shunday nomlangan).
328
(masalan: vazopressindan yoki tirotropindan) membrana bilan
bog‘langan spetsifik fosfolipaza c ta’sirida ajralib chiqadi. Ketma-ket
reaksiyalar natijasida 2 ta potensial messenjer diatsilglitserol va inozitol-
1,4,5-trifosfat hosil bo‘ladi.
Bu ikkilamchi messenjerlarni biologik ta’siri turlicha bo‘ladi.
Diatsilglitserol ta’siri, erkin Ca
+2
ionlari kabi, membrana bilan
bog‘langan Ca
+2
ga bog‘liq proteinkinaza c fermenti orqali amalga
oshadi. U hujayra ichidagi fermentlar fosforillanishini katalizlaydi.
Natijada ularning faolligi o‘zgaradi. Inozitol-1,4,5-trifosfat
endoplazmatik to‘rda spetsifik retseptor bilan bog‘lanadi va undan
sitozolga Ca
+2
ionlarini chiqishiga imkon beradi.
Shunday qilib, ikkilamchi messenjerlar haqidagi keltirilgan
ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, gormonal ta’sir bog‘lovchilari
sistemasini har biri ma’lum sinf proteinkinazalarga to‘g‘ri keladi, lekin
bu sistemalar o‘rtasida bog‘lanish mavjudligini inkor qilib bo‘lmaydi.
A turda proteinkinazalar sAMF boshqaradi, proteinkinaza G sGMF;
Ca
+2
-kalmodulinga bog‘liq proteinkinazalar hujayra ichidagi [Ca
+2
]
nazoratida bo‘ladi. Proteinkinaza
C esa diatsilglitserol
hamda erkin Ca
+2
va nordon fosfolipidlar bilan birgalikda boshqariladi. Biro‘n ikkilamchi
messenjer miqdorini ortishi tegishli sinf proteinkinazalarni faollanishiga
va keyinchalik ular oqsil substratlarini fosforillanishiga olib keladi.
Natijada, hujayradagi ko‘pchilik ferment sistemalarni nafaqat faolligi,
balki boshqaruvchi va katalitik xususiyatlari o‘zgaradi: ion kanallari,
hujayra ichidagi struktur elementlar va genetik apparat.
Ma’lumki, steroid gormonlarni ta’siri genetik apparat orqali genlar
ekspressiyasini o‘zgartirishi orqali amalga oshadi. Gormon oqsil bilan
qon orqali hujayraga kelgandan keyin plazmatik membrana orqali o‘tadi
va keyin yadro membranasidan o‘tadi. Yadro ichidagi retseptor oqsil
bilan bog‘lanadi. Steroid oqsil kompleksi DNK ni boshqariluvchi qismi,
yani, gormonga sezgir elementlari bilan bog‘lanadi, tegishli struktur
genlarni transkripsiyasi; oqsilni de novo sintezlanishini tezlatadi va
gormonal signalga javoban hujayra metabolizmini o‘zgartiradi.
Ikkita asosiy sinf gormonlar ta’siri molekulyar mexanizmlarini
asosiy va farqlanuvchi xususiyatlari bo‘lib, peptid gormonlar ta’siri
asosan hujayradagi oqsillar translyatsiyadan keyin modifikatsiyalash
bo‘lsa, steroid gormonlar esa (shuni tireoid gormonlar, retinoidlar,
vitamin D
3
gormonlar) genlar ekspressiyasini boshqaruvchilari sifatida
ta’sir ko‘rsatadilar. Bunday xulosa absolyut bo‘lmay, ba’zi gormonlar
uchun modifikatsiyalangan bo‘lishi mumkin.