LIPIDLAR ALMASHINUVI
Lipidlar suvda erimaydigan, ammo organik erituvchilarda eruvchan,
kimyoviy tuzilishi jihatidan xilma-xil bo‘lgan birikmalardir.
Lipidlar organizmda muhim vazifalarni bajaradi:
1. Biomembranalarning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
2. Biologik membranalar o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi.
3. Nerv impulslarini o‘tkazishda ishtirok etadi.
4. Hujayralararo kontaktni ta’minlashda ishtirok etadi.
5. Organizmda energetik zaxira vazifasini o‘taydi.
6. Organizmga yog‘da eruvchi vitaminlarning tushishi va ularning
o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Eng ko‘p uchraydigan lipid neytral yog‘lar bo‘lib, ular asosan
glitserin va yog‘ kislotalaridan tarkib topgan. Odam organizmi lipidlari
tarkibida uchraydigan yog‘ kislotalari jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |