144
Vitamin K
Vitamin K yon zanjirlari bilan farqlanuvchi 2-metil-1,4-naftoxinon
hosilalari guruhini birlashtiradi. Ularning hammasi suvda erimaydi va
organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Havo kislorodi bilan oson
oksidlanadilar. Vitamin K asosan yashil o‘simliklar, ayniqsa, karamda
juda ko‘p. Hayvonlardan olingan mahsulotlarda esa vitamin K miqdori
kam bo‘ladi. Masalan cho‘chqa jigarida 0,4-0,8 mkg/g.
Vitamin K odamda normal ichak mikroflorasi tomonidan
sintezlanadi.
Ovqatdagi vitamin K ko‘proq ichakning proksimal qismidan o‘t
kislotalari va pankreatik lipaza ishtirokida so‘riladi. Qonda vitamin
albumin bilan birikadi, a’zo va to‘qimalarga borib, u yerda faol
shakllariga aylanadi. Vitamin K membrana fosfolipidlari,
glko‘proteidlar, lipoproteidlar va nerv hujayrasining muhim fosfolipidi–
sfingozin sintezida qatnashadi.Vitamin K erkin radikal reaksiyalarning
va peroksidlarni membranalarga yopishishining to‘xtashiga ijobiy ta’sir
qiladi. To‘qimalarga nur ta’sir etganda vitamin K membranalarni
me’yorda saqlashga yordam beradi va xuddi vitamin E kabi
membranalarning gormon retseptorlari sezgirligini oshiradi.
Vitamin K ning asosiy biologik ahamiyati shundan iboratki, u jigarda
qon ivishini ta’minlovchi oqsillar sintezida qatnashadi. Shu jarayonda
vitamin K oqsil molekulalarida glutamin kislotasi qoldiqlarining g-
karboksillanish reaksiyalarida, jumladan preprotombindan protrombin
hosil bo‘lishida koferment sifatida qatnashadi. Vitamin K yetishmasligi
qon ivishini sekinlashtiradi, natijada qon ketish va gemorragik belgilar
rivojlanishiga imkoniyat tug‘iladi. Glutamin kislotasining g-
karboksillanishi faqatgina vitamin K miqdoriga emas, balki
membranalardagi fosfolipidlar miqdoriga ham bog‘liq. K-avitaminoz
hollarda hujayra membranalari tarkibiy qismlarini sifatiy o‘zgarishlari
bilan birga membranadagi holesterin miqdori kamayishi ham
aniqlangan.
Vitamin K anaerob sharoitda vitamin C, B
2
ishtirokida fosforillanish
jarayonlarini stimullaydi, makroergik birikmalar ATF, kreatinfosfat
almashinuvida qatnashadi. Vitamin qator oqsillar sintezi uchun va qator
fermentlar (geksokinaza, fosfotransferaza) faoliyati uchun zarurdir.
Vitamin K membrana lipidlari tarkibiga kirgan holda, membrana
fosfolipidlarining yog‘ kislota tarkibiga boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Vitamin K ning ko‘proq mitoxondriya ichki membranasi bilan, kamroq
tashqi membranasining bog‘lanishi ko‘rsatilgan. Bu vitamin K
145
mikrosoma va lizosomalarning lipidlari bilan oz miqdorda birikkanligi,
uni membranalarning minor komponentlari qatoriga kiritishga asos
bo‘ldi. Vitamin K ning immunogenezga ta’siri deyarli o‘rganilmagan.
Ammo qon zardobidagi komplement miqdori bilan vitamin K
me’yorining to‘g‘ri bog‘lanishi aniqlangan. Hayvonlar ozuqasidagi
vitamin K ning yo‘qligi umumiy komplementar faollikni pasayishiga
olib kelgan. Vitamin K ning sun’iy analogi – vikasol Ukraina olimi
V.I.Palladin tomonidans intezlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: