Xolesterinni erishi. Xolesterin yog‘ kislotalariga o‘xshab suvda
erimaydigan birikma. O‘tda o‘t kislotalar va fosfotidilxolin bo‘lganligi
sababli erigan holda bo‘ladi. O‘t kislotalari yetishmaganda xolesterin
cho‘kmaga tushadi. Bunda toshlar hosil bo‘lishi mumkin. Odatda toshlar
o‘t pigmentlari bilan bo‘lgan oqsildan iborat ichki yadroga ega.
Ko‘pincha yadrosi xolesterin, kalsiy va bilirubindan hosil bo‘lgan toshlar
uchraydi. Bunday toshlarda 80% xolesterin bo‘ladi. O‘t dimiqqanida
yoki infeksiya bo‘lganda tosh hosil bo‘lishi tezlashadi. O‘t dimiqqanda
90-95% xolesterin saqlovchi, infeksiyada esa kalsiy bilirubinatdan iborat
toshlar hosil bo‘ladi. Bakteriyalar bo‘lganda, o‘tni
β-glyukuronidaza
faolligi ortadi. Bu esa bilirubin kon yugatlarini parchalanishiga olib
keladi, ajralgan bilirubin tosh hosil bo‘lishi uchun substrat hisoblanadi.
Avvalo gepatotsitning sirtida (vaskulyar qutbida) bilirubin to‘qima
ichidagi oqsil ligandi bilan bog‘lanadi. Bu oqsil bilirubinga nisbatan
juda kuchli moyillikka ega va bu birikma EPT membranasidan o‘tishida
qulaylikka ega. Bilirubinning konyugatsiyalangan shakli suvda erish
xossasiga ega bo‘ladi. Bu esa keyinchalik bilirubinni jigar va buyrak
orqali eksretsiya qilinishida qulaylik tug‘diradi. Bilirubinning glyukuron
kislotasi bilan birikishi jigar mikrosomalarida UDF-
glyukuroniltransferaza fermenti ta’sirida o‘tadi. Kofaktor sifatida bu
reaksiyada UDF-glyukuron kislotasi qatnashadi. Avvalo, gepatotsitlarda
bilirubinmonoglyukuronid hosil bo‘ladi. Keyinchalik esa kanalchalarida
bilirubin-diglyukuronid paydo bo‘ladi. Bilirubinmonoglyukuronidning
ikki molekulasidan bir molekulasi konyugatsiyalanmagan bilirubin hosil
qiladi. FAFS-fosfoadenozin fosfosulfataza fermenti ta’sirida
bilirubindan bilirubin-sulfat hosil qilib zararsizlantiradi va
konyugatsiyalangan bilirubin yuzaga keladi. Bu bilirubin zaharlik
410
xossasidan xoli bo‘lib, suvda eruvchan va qonda uning miqdori oshsa
(buyrak «bo‘sag‘asi» 27,36-34,2 mkmol/l) buyrak orqali siydik bilan
chiqadi. Konyugatsiyalangan bilirubin jigar hujayralarining biliar
qutbidan ajralib o‘t kapillyarlariga o‘tadi. Bu jarayon ma’lum miqdorda
energiya sarflash hisobiga bajariladi va bunda energiya manbai sifatida
ATF qatnashadi. Bilirubinni ekskretsiya qilish faoliyati jigar
hujayralarining tezda har xil holatlarning ta’siriga beriluvchan
funksiyalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bilirubin o‘tning tarkibida
konyugatsiyalangan bo‘lib ichakka o‘tadi va u yerda bakteriyalarning
fermentlari-degidrogenazalar ta’sirida rangsiz urobilin tanachalariga:
1-urobilinogen, 3-urobilinogen, sterkobilinogenlargacha tiklanadi.
Bularning bir qismi darvoza venasi orqali katta qon aylanish yo‘liga
o‘tadi va siydik orqali ajraladi. Sog‘lom odamlarning siydigi bilan bir
kecha-kunduzda 0,5-2 mg urobilinogen ajraladi. Siydik bir oz idishda
turib qolsa, urobilinogen oksidlanib urobilinga va so‘ngra uroxromga
aylanadi.
Urobilinogenning asosiy qismi ichakning quyi qismlariga tushib, u
yerda oksidlanib sterkobilinga aylanadi. Bir kecha-kunduzda najas orqali
150-300 mgacha sterkobilinogen va sterkobilin ajraladi. Chaqaloqlarda
va hayotning dastlabki uch oyi davomida ona suti bilan ta’minlangan
bolalar ichagida (ichak tayoqchalari bo‘lmagani uchun) bilirubindan
sterkobilin hosil bo‘lmaydi. Siydikda bilirubin moddasi bo‘lmaydi,
urobilin juda oz miqdorda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |