yordamida ikki sikl reaksiyalari bir-biri bilan bog‘lanadi. Bu mexanizm
«Krebs velosipedi» (The «Krebs bicicle») degan nom oldi.
yuqori yog‘ kislotalardan uglevodlar hosil bo‘lmaydi. Shunday qilib,
bo‘ladi. Vaholanki, odatdagi sharoitlarda reaksiya orqaga borishi
yog‘lar sintezlanishi mumkin.
substratidir. Bu siklda atsetil-KoAni oksidlanishi uchun oksaloatsetat
313
zarurdir, u Krebs siklini ikkinchi kalit substratidir. Oksaloatsetat
pirouzum kislotasi va karbonatangidriddan sintezlanishi yoki
transaminlanish jarayonida asparagin kislotasidan hosil bo‘lishi
mumkin. Ikki molekula atsetil-KoA kondensatsiyalanib, atsetosirka
kislota (atsetoatsetat) hosil bo‘ladi, u esa boshqa keton tanachalarini,
xususan
β-oksimoy kislotasi va atsetonning manbai bo‘lib hisoblanadi.
Atsetosirka va
β-oksimoy kislota faol sirka kislotaning transport shakli
sifatida ko‘pincha ko‘riladi, ularni periferik to‘qimalarga, Krebs siklida
oksidlash uchun olib boriladi. Ikki molekula atsetil-KoAni
kondensatsiya reaksiyasi xolesterin sintezining boshlangich etapini
tashkil etib,
β-oksimoy kislotasi (β-oksibutirat) va atseton hosil bo‘ladi.
Atsetosirka va
β-oksimoy kislotasi ko‘pincha faol sirka kislotaning
transport shakli hisoblanib, uni periferik to‘qimalarda Krebs siklida
oksidlanish uchun transport qiladi. Ikki molekula atsetil-KoAni
kondensatsiya reaksiyasi xolesterin sintezining birlamchi bosqichini
tashkil etadi. Xolesterin, oz‘ navbatida, steroid gormonlar, D
3
vitaminni,
shuningdek ot kislotalarning o‘tmishdoshi hisoblanadi. O‘t kislotalari
juft o‘t kislotalari shaklida ovqat tarkibidagi lipidlarning hazmlanishida
emulgator vazifasini o‘ynaydi va yuqori yog‘ kislotalarni so‘rilishini
ta’minlaydi.
Galaktoza va qisman glyukoza MNS faoliyatida spetsifik funksiya
bajaruvchi serebrozid va glikolipidlar biosinteziga sarflanadi. Bu
sintezlarda erkin monosaxaridlar emas, balki galaktozamin va
glyukozamin qatnashadi, ularni sintezi o‘z navbatida glutaminni amid
azoti bo‘lishini talab etadi, shunday qilib natijada uglevod, lipid va oqsil
almashinuvi integratsiya qilinadi.
Yuqorida keltirilgan misollar organizmda organik moddalarning
ozaro bir-biriga aylanishini barchasini aks ettirmaydi. Biz faqat tirik
strukturalar va to‘qimalar kimyoviy tarkibini doimiyligini ta’minlovchi
asosiy yollarini va kalit substrat, fermentlarni misol qilib keltirdik.
Shunday qilib, oziq moddalarning parchalanishni tezligi va boshqa
moddalarni biosintezi organizmni fiziologik holati va uni energiya va
metabolitlarga bo‘lgan ehtiyoji bilan belgilanadi. Metabolik faollikni
dinamikligi makro- va mikrosko‘pik doimiyligini ta’minlaydi. Organizm
dinamik holatini barcha o‘zgarishlari patologik holatni rivojlanishga
olib keladi, uni og‘irlik darajasi va davomiyligi hujayra qurilishi hamda
funksiyasini buzilish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.