O‘n ikki barmoqli ichakda oqsillarning hazm bo‘lishi
On ikki barmoqli ichakda oqsillarga va me’dadan otgan turli xil
kattalikda polipeptidlarga pankreatik va ichak shirasining fermentlari
ta’sir qiladi. Xususan, oshqozon osti bezining proteolitik fermentlari
tripsin, ximotripsin, karboksipeptidaza A va B lar ta’sirida oqsil va
polipeptidlardan turli xil kattalikdagi peptidlar va erkin aminokislotalar
hosil bo‘ladi.
Me’da osti bezi hujayralarida tripsinogen, ximotripsinogen
profermentlari, A va B prokarboksipeptidazalari, proelastaza
sintezlanadi. Tripsinogenning faollanishi ichak hujayralari ishlab
chiqaradigan enteropeptidaza fermenti ishtirokida o‘tadi (68-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |