260
Me’da bezlarining asosiy hujayralarida pepsinning o‘tmishdoshi
pepsinogen oqsil sintezlanadi. Uning molekulyar og‘irligi 40000.
Pepsinogen polipeptid zanjiri pepsin (molekulyar massasi 34000),
pepsin ingibitori (molekulyar massasi 3100) va qoldiq polipeptiddan
iborat. Pepsin ingibitori lizinni 8 qoldig‘i va argininni 4 qoldig‘ini tutgani
uchun kuchli asos xususiyatiga egadir. Me’da bezlarining shirasida
pepsinogendan molekulasining 42 ta aminokislota qoldig‘ini o‘z ichiga
oladigan N-uchli qismi ajralib chiqadi. Oldin polipeptid qoldiq ajraladi,
so‘ng ingibitorni ajralishi kuzatiladi. Qolgan qismining konformatsion
tarzda qayta qurilishi natijasida faol markaz yuzaga keladi. Pepsin
fermenti hosil bo‘ladi. Pepsinogenning pepsinga aylanishi xlorid kislota
yoki pepsinning oz ta’siri bilan, yani autokatalitik yo‘l bilan borishi
mumkin.
HCI
Pepsinogen —
→ pepsin (asta-sekin)
pepsin
Pepsinogen —
→ pepsin (tez)
Xlorid kislota ishtirokida yuzaga chiqadigan reaksiya asta-sekin
rivojlanadi. Holbuki, autokatalitik jarayon juda tez o‘tadi. Shunday qilib
xlorid kislota ishtirokida hosil bo‘lgan biroz miqdorda pepsin me’da
shirasi ajralib chiqqandan keyin ko‘p otmay pepsinogen qolgan
qismining tezgina pepsinga aylanishiga olib keladi.
Pepsin peptid zanjirining uchlaridan olisdagi peptid bog‘larini
gidrolizlaydi, bunday peptidgidrolazalar endopeptidazalar deb ataladi.
Shu munosabat bilan pepsin ta’siri natijasida me’dadagi oqsillar
polipeptidlargacha parchalanadi. Pepsin pH 1-2,5 bo‘lganda barchasidan
katta faollik ko‘rsatadi. Pepsin ayniqsa, aromatik aminokislotalar
karboksil gruppasidan hosil bo‘lgan peptid bog‘larini uzadi. U deyarli
barcha tabiiy oqsillarini parchalaydi. Alifatik va dikarbon
aminokislotalardan hosil bo‘lgan peptid bog‘larga sekin ta’sir etadi.
Ayrim keratinlar, prota’minlar, gistonlar, muko‘proteinlar bundan
mustasnodir. Pepsin ozining gidrolitik ta’sirini denaturatsiyaga uchragan
oqsillarda ko‘rsatadi.
Gastriksin molekulyar massasi bo‘yicha pepsinga yaqindir (31500).
Uning pH optimumi taxminan 3,5 teng. Gastriksin dikarbon
aminokislotalardan hosil bo‘lgan peptid bog‘larga ta’sir ko‘rsatadi.
Me’da shirasida pepsin/gastriksin nisbati 4:1 teng. Yara kasalligida uni
gastriksin tomonga siljishi kuzatiladi. Me’dada bu 2 proteinazalarni
birgalikda ta’siri organizmni turli xil ovqatlanishga moslashtiradi.
Masalan: o‘simlik va sut mahsulotlari bilan ovqatlanishda oshqozon
261
shirasining kislotali muhitini qisman neytrallanishiga olib keladi va
oqsillarni pepsin ta’sirida emas, balki gastriksin ta’sirida parchalanishiga
olib keladi.
Pepsin va gastriksin ta’sirida oqsillar polipeptidlar (albumozlar va
peptonlargacha) parchalanadi, oqsillarning asosiy parchalanishi esa
ingichka ichakda yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: