Biokimyo pmd



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/430
Sana19.07.2021
Hajmi4,12 Mb.
#123097
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   430
Bog'liq
Sobirova-R.A-biokimyo

68-rasm.  Tripsinogenning faollanish mexanizmi


263

Enteropeptidaza ham proteolitik fermentdir: U tripsinogenning N-

ichidagi geksopeptidini ajratadi, shuning natijasida molekula qolgan

qismi konformatsiyasi o‘zgarib faol markaz yuzaga keladi  tripsin

fermenti hosil bo‘ladi. Me’da osti bezining boshqa hamma

profermentlari ham qisman tanlab o‘tadigan proteoliz yoli bilan faol

holga keladi, natijada ximotripsin, A va B karboksipeptidazalar, elastaza

degan fermentlar hosil bo‘ladi.

Tripsin, ximotripsin, elastaza fermentlari  endopetidazalardir, va

ma’lum peptid bog‘lariga ta’sir ko‘rsatadi. Tripsin asosal lizin va arginin

aminokislotalarining karboksil guruhlaridan hosil bo‘lgan peptid

bog‘lariga ta’sir etadi. Ximotripsin tirozin, fenilalanin va triptofan

aminokislotalardan hosil bo‘lgan peptid bog‘lariga nisbatan faoldir.

Elastaza esa polipeptid zanjirining lizindan hosil bo‘lgan peptid

bog‘lariga ta’sir etadi. Karboksipeptidaza A  rux tutuvchi fermentdir

va polipeptid zanjirining C-uchidagi aromatik va alifatik

aminokislotalarni gidrolizlaydi. Karboksipeptidaza B esa faqat C-

uchidagi lizin va argininni gidrolizlamaydi. Ichak aminopeptidazalari

rux yoki marganets va sistein ta’sirida faollashadi va polipeptid

zanjirining N-uchidagi aminokislotalarni gidrolizlaydi. Dipeptidazalar

dipeptidlarni gidrolizlaydi, kobalt, marganets va sistein ta’sirida

faollashadi.

Barcha hazm peptidgidrolazalarining birma-bir ta’sir ko‘rsatib

borishi, oqsillarning aminokislotalargacha tola parchalanishini ta’minlab

beradi. Oqsillarning me’dada qisman hazm bo‘lishi keyinchalik ingichka

ichakda hazm bo‘lishini garchi yengillashtirsada, lekin mutlaqo shart

deb hisoblanmaydi. Me’da butunlay kesib olib tashlangandan keyin

(total rezeksiya qilinganidan so‘ng) oqsillar singishining sezilarli

darajada izdan chiqmasligi shundan dalolat beradi.

Me’da va ichak hujayralari bez hujayralarida fermentlarning nofaol

o‘tmishdoshlari hosil bo‘lib turishi tufayli ovqatni hazm qiluvchi

peptidgidrolazalar ta’siridan saqlanib boradi, bunday ferment

o‘tmishdoshlari ishlanib chiqqanidan keyingina faol holga o‘tadi.

Bundan tashqari, fermentlar me’da yoki ichak boshligiga tushar ekan,

hujayralarning oqsillariga toqnash kelmaydi, chunki shilliq parda

shilimshiq qatlami bilan, har bir hujayra esa plazmatik membrana tashqi

yuzasining peptidgidrolazalar substratlari bo‘lib hisoblanmaydigan

polisaxaridlar bilan himoyalangan bo‘ladi. Biroq me’da va o‘n ikki

barmoqli ichak yara kasalligida sohasidagi proteinazalar ta’sirida

hujayralar yemirilib turadi.




264

Pankriatit  otning (va u bilan infeksiyaning) pankriatik yolga o‘tishi

natijasida rivojlanadigan kasallikdir. Natijada me’da osti bezining

proteolitik fermentlari  tripsin, ximotripsin, karboksipeptidaza A va B,

elastaza va kollagenaza ushbu kasallikda faol holda ajralib chiqib, me’da

osti bezi to‘qimalarini parchalashi mumkin. Shunga ko‘ra to‘qimalarni

oz-ozini parchalanishini oldini olish va davolash maqsadida trasilol,

kontrikaldan foydalanadi. Trasilol  polipeptid tabiatga ega bo‘lgan

modda bo‘lib, yuqorida qayd etilgan fermentlarning ingibitorlaridir

(qora molning quloq oldi bezlaridan olinadi). Otkir pankreatit,

pankreonekroz va surunkali pankreatitni davolashda ishlatiladi.




Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish