monooksigenazalar katalizlaydi. Gepatotsitlarda bu jarayonlar
endoplazmatik turda ro‘y beradi. Jigarning bu faoliyatini o‘rganish
Yaponiya olimlari T. Omuza va S. Sato (1964) jigardan mikrosomani
donador va silliq xillarga bo‘linadi. Donador endoplazmatik retikulum
muskullar oqsili). Membrana yuzasiga ribosomalarni joylanishi
o‘zgartirmaydi. Ammo donador membrana maxsus funksiyaga ega
192
Silliq endoplazmatik retikulum organizmga tushgan begona
moddalarni zararsizlantiradi (dori-darmonlar, zaharlar, ba’zi endogen
substratlar, xolesterin, o‘t kislotalari, to‘yinmagan yog‘ kislotalar, steroid
gormonlar, prostoglandinlar). Uning donador endoplazmatik
retikulumdan asosiy farqi – NADFH-sitoxrom P-450-reduktaza fermenti
bo‘lib, gidroksillash reaksiyalarini amalga oshiradi. Mikrosomalurning
asosiy gidroksillash sistemasiga sitoxrom P-450 va NADFH-sitoxrom
P-450-reduktaza kiradi. Mikrosomalarda gidroksillash reaksiyasi
monooksigenaza fermentlari ishtirokida amalga oshiriladi. Bu reaksiya
sitoxrom P-450 ishtirokida quyidagi bosqichlarda boradi:
1. Sitoxrom P-450 fermenti (Fe
3+
) substrat (S) bilan birikib
fermentsubstrat kompleksi hosil qiladi.
2. Sitoxrom P-450 tarkibidagi Fe
2+
ga qaytariladi. Bu reaksiya
NADFH-reduktaza ishtirokida borib, u ferment-substrat kompleksiga
kislorodni birikishini amalga oshiradi.
3. Bir atom kislorod substratni oksidlanish uchun, yana bir atomi
suv molekulasini hosil qilishga sarflanib sitoxrom P-450 tarkibidagi
temir yana uch valentlikka (Fe
3+
) o‘tadi.
4. Oksidlangan substratning eruvchanligi oshadi va metabolitik
reaksiya osonlashadi. Sitoxrom P-450 substratning keyingi molekulasi
bilan reaksiyaga kirishadi.
Keltirilgan reaksiyada NADFH
2
bilan ta’minlovchi fermentlar:
izotsitratdegidrogenaza;
glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza;
6-fosfoglyuqonatdegidrogenaza.
Sitoxrom P-450 bilan ro‘y beradigan reaksiyalar oraliq va oxiri
zaharli moddalar hosil bo‘lishi bilan o‘tadi (H
2
O
2
, OH, O
2
-
, CO va
boshqalar). Bu moddalarni zararsizlantirishda
hujayra membranasi
tarkibiga kiruvchi antioksidant vitaminlar (A, E, C va boshqalar), erkin
radikallarga qarshi faollikka ega bo‘lgan mikroelementlar (Zn, Cu, Ni,
Se va boshqalar), antioksidant himoya fermentlari
(superoksiddismutaza, glutationperoksidaza, katalaza) va fosfolipidlar
himoya vazifasini bajaradi.
Sitoxrom P-450 ni katalitik faolligi 3 xil yo‘l bilan boshqariladi:
1. Molekula ichida o‘zgarishlar qilib sitoxrom P-450ni substrat
spetsifikligini o‘zgartirish bilan.
2. Molekulalararo ta’sirlar natijasida sitoxrom P-450 reduktaza
fermenti faolligini o‘zgartirishi bilan.
193
3.Sitoxrom P-450 fermenti sintezini kuchaytirish (induksiya) yo‘li
bilan.Uchinchi boshqaruv yo‘li tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Buning
uchun fenobarbital (lyuminal), ziksorin, benzonal kabi dorivor moddalar
ishlatiladi.
Zaharli moddalarni zararsizlantirilishining ikkinchi bosqichi
Do'stlaringiz bilan baham: