Mis yetishmasligi mikrotsitar normoxrom anemiyaga, nafas olish
zanjirida sitoxrom s va sitoxromoksidaza fermentlari miqdorining
kamayishiga olib keladi.
Rux yetishmasligi pubertat davrida o‘sish va rivojlanishning
susayishiga sabab bo‘ladi. Bunda ikkilamchi jinsiy a’zolar rivojlanishi
sekinlashadi.
Ftor tishlar rivojlanishida, dentin va emal shakllanishida faol
qatnashadi. Uning yetishmasligi kariyes rivojlanishiga olib keladi.
Metabolizm to‘g‘risida tushuncha va metabolik yo‘llar
Metabolizm – bu yuqori integrallashgan, maqsadli yo‘naltirilgan
jarayon bo‘lib, bunda multiferment tizimlar ishtirokida muhit va hujayra
o‘rtasida modda va energiya almashinuvi ta’minlanadi. Metabolizm
hisobiga hujayrada quyidagi jarayonlar kechadi:
1. Tashqi muhitdan energiyani olish. Bu organik moddalarning
kimyoviy energiyasi, yoki quyosh energiyasi shaklida bo‘lishi mumkin.
2. Ekzogen moddalarning hujayra organellalarida parchalanishi va
hujayra makromolekulyar kompanentlari o‘tmishdoshiga aylanishi.
3. Makromolekulalar sintezi va parchalanishi.
Metabolik reaksiyalarning ketma-ket kechishi, ayniqsa, markaziy
metabolik yo‘llar, barcha tirik organizmlarda bir xildir. Bularga Krebs
sikli, glikoliz, oqsil, yog‘lar, karbon suvlar biosintezi va boshqalar kiradi.
Bu bilan birga har bir turdagi tirik organizm o‘zining spetsifik metabolik
yo‘llariga egadir. Masalan: odam, qushlar, reptiliyalarda purin asoslari
siydik kislotasigacha parchalanadi, boshqalarda – siydikchil va
glioksalat yoki allantoin hosil bo‘ladi.
Tirik organizm tashqi muhit ta’sirida va qanday ozuqa mahsulotlari
ishlatilishiga qarab metabolizm yo‘nalishlari ma’lum darajada o‘zgarishi
mumkin. Masalan: anaerob sharoitda glikoliz jarayonlari ustun turadi,
aerob sharoitda esa – Krebs sikli va oksidlanish-fosforillanish jarayonlari
ustunlik qiladi.
Metabolik yo‘llarning bir necha xili tafovut qilinadi:
1. Markaziy metabolik yo‘llar – bir necha yuz gramm oqsillar,
karbon suvlar, yog‘lar parchalanishi natijasida CO
2
, H
2
O va energiya
hosil bo‘ladi.
2. Ikkilamchi metabolik yo‘llar – bu spetsifik moddalarning
hujayrada hosil bo‘lishi. Masalan, gormonlar, toksinlar, kofermentlar
va boshqalar. Ularning miqdori mg larda o‘lchanadi.
3. Siklik metabolik yo‘llar. Ular mikroorganizmlarga xos bo‘lib,
hujayra yonilg‘isi sifatida oksalat ishlatishadi.
Hozirgi vaqtda 2000 dan ortik fermentlar hujayra metabolizmida
ishtirok etishi aniqlangan. Ularning bir qismi asosiy, boshqalari
ikkilamchi metabolik hodisalarda ishtirok etadi. Ammo ularning
barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ularning sxematik ko‘rinishi
metabolik kartani tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |