Zoologik atamalar -
bu, zoologik tushunchalarning nomlanishi bo‘lib, o‘z
navbatida tushunchalar esa umumlashtirilgan bilimlardan tashkil topadi.
Zoologiya fanida atamalar bilan ishlash ushbu fanning umumiy mazmun-
mohiyatini umumlashtirish imkonini beradi. Bunda asosiy zoologik atamalarni bilish
ushbu fan sohasini o‘zlashtirayotgan subyektning bilish jarayonida yangi tayanch
sifatdagi bilimlarni xotirada tizimlashtirilgan tartibda mustahkam saqlashiga yordam
beradi. Shuningdek, atamalar ta’lim oluvchilarning ilmiy lug‘at boyligi tarkibini
«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани
Гулистон 2020 й. 17-18 апрель
27
oshirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Keng spektrdagi bilimlarni o‘z
ichiga qamrab oluvchi «Zoologiya» fanini mukammal o‘zlashtirish uchun aynan,
tizimlashtirilgan atamalar lug‘atidan foydalanish muhimdir [2].
Hayvonlar tuprоq, quruqlik, hаvо vа turli хil suv hаvzаlаrida yashaydi.
Shuningdek, ularning ko‘plab turlari o‘simlik, hаyvоn va оdаmlarning turli
оrgаnlaridа parazitlik qiladi. Hоzirgi kunda Yеr yuzidа hаyvоnlаrning 1,5 mln. dan
ortiq turlari ma’lum. Ayrim mа’lumоtlаrgа ko‘ra dunyoda hayvonlarning 3,5-4,0 mln
atrofida tularri uchrashi mumkin.
O‘quvchi - talabalar hayvonot olami qonuniyalarini o‘rganish asosida hayvon
organizmlarining ko‘payish usullari, o‘sishi, rivojlanishini turli - tumanligi, ularni
morfologik, anatomik, fiziologik va ekologik jarayonlarini yoritishda ushbu fanni
ahamiyati naqadar katta.
Zoologiya sohasidagi bilimlar hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan
oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va bog‘dorchilikka, oziq-ovqat va
sanoat mahsulotlari zahirasiga ziyon keltiradigan, shuningdek odam va hayvonlarga
xavfli kasalliklarni tarqatadigan hayvonlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish,
zamonaviy zoologiya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, veterinariya bilan bevosita
bog‘langanligini aniqlash, zoologiyaning ayrim bo‘limlari, xususan, parazitologiya,
gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi predmetlar kompleks fanlar
tarkibiga kirishi to‘g‘risida ham bilimlarga ega bo‘ladilar.
Oxirgi yillarda zoologiya fani bo‘yicha xorijda va respublikamizda yirik
olimlar tomonidan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ko‘plab darslik va o‘quv
qo‘llanmalar chop etilgan. Bu darslik va o‘quv qo‘llanmalarda hayvonot dunyosi
sistematikasi, biologik va ekologik xususiyatlari to‘g‘risida qator yangi ma’lumotlar,
maxsus yangi - yangi terminlar va tushunchalar keltirilganki, albatta bu ma’lumotlar
bilan o‘quvchi - talabalarimizni tanishtirib borishimiz lozim.
Shunday ekan, qisqa muddatda hozirgi kunda oliy o‘quv yurtlari talabalari,
akademik litsey, kasb - hunar kollejlari va o‘rta umum ta’lim maktablari
o‘quvchilariga o‘qitilib kelinayotgan zoologiya fanidan chop etilgan darslik va o‘quv
qo‘llanmalar hamda ko‘plab ilmiy adabiyotlarda uchraydigan yangi - yangi termin va
tushunchalarni lug‘aviy ma’nosini lo‘nda va sodda qilib yoritib beradigan uslubiy
qo‘llanmani yozishni maqsad qilganmiz.
Yoziladigan uslubiy qo‘llanmada zoologiyaning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha
tushuncha va terminlarning izohli lug‘ati keltiriladi. Keltiriladigan terminlar va
tushunchalarning izohi zoologiyaning so‘nggi yutuqlarini hisobga olgan holatda
bayon qilinadi va uslubiy qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining biologiya, qishloq
xo‘jaligi hamda veterinariya yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar, akademik
litsey, kasb - hunar kollejlari va o‘rta umum ta’lim maktablari biologiya
Do'stlaringiz bilan baham: |