Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Ushbu maqolada О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim
vazirligining 2009 yil 14 - avgustdagi 286-sonli “Talabalar mustaqil ishlarini tashkil
etish tо‘g‘risida”gi buyrug‘i va shu buyrug‘ning 1-ilovasi - “Talabalar mustaqil ishini
tashkil etish va nazorat qilish bо‘yicha yо‘riqnoma” ni bajarilish holati haqida so‘z
boradi. Talaba fanga oid ma’lumotlarini mustaqil о‘z ustida ishlashi natijasida о‘qib
о‘rgansa, о‘zlashtirish yuqori bо‘lishi tajribada isbotlangan. Shuning uchun
talabalarni mustaqil ishlarini tо‘g‘ri tashkil etish, shart-sharoitlarini yaratish va
mashg‘ulotlarda talabalarni о‘qitish bilan bir qatorda ularni kо‘proq о‘qishga,
mustaqil bilim olishga yо‘naltirish oliy ta’limning dolzarb vazifalaridan biri
hisoblanadi.
Zoologiya hayvonat olamining xilma-xilligi va uni bir butunlik sifatida
o‘rganish hamda sayyoramiz miqyosidagi hayotiy tizim tuzilishiga tegishli muhim
umumbiologik muammolarni hal qilishda markaziy o‘rinlarda turadi. Xalq xo‘jaligi
va amaliyotda zoologiya fanini uslub va yutuqlaridan foydalanish yoritib beriladi.
Talabalar hayvonat olami qonuniyalarini o‘rganish asosida hayvon organizmlarining
tuzilishi, ko‘payish usullari, o‘sishi, rivojlanishini turli tumanligi, ularni morfologik,
anatomik, fiziologik va ekologik jarayonlarini yoritishda ushbu fanni ahamiyati
naqadar katta ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Umurtqasizlar zoologiyasi
sohasidagi bilimlar hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona
foydalanish, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va bog‘dorchilikka, oziq-ovqat va sanoat
mahsulotlari zahirasiga ziyon keltiradigan, shuningdek odam va hayvonlarga xavfli
kasalliklarni tarqatadigan parazitlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish,
zamonaviy zoologiya tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, veterinariya bilan bevosita
bog‘langanligini aniqlash, zoologiyaning ayrim bo‘limlari, xususan, parazitologiya,
gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi predmetlar kompleks fanlar
tarkibiga kirishi to‘g‘risida ham bilimlarga ega bo‘ladilar.
“Zoologiya” fanidan darsni yuqori ilmiy - pedagogik darajada tashkil etilishi,
muammoli mashg‘ulotlar o‘tkazilishi, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil
qilinishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan samarali
foydalanish, talabalarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o‘ylantiradigan muammoli
savollarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash,
ijodkorlikka yo‘naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va
boshqa tadbirlar fan mavzularini chuqur egallashni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |