II. Tasdiqlangan na‘munaviy o’quv dasturi
Kirish
Ushbu dastur geologiya kursining tasnifi, ularni tuzilishi va tadqiqot metodlari, fan tarixi va
rivojining tendentsiyasi, istiqboli, foydali qazilmalarining halq xo’jaligidagi ahamiyatlari bayon
etilgan.
O’quv fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan
maqsadi
– talabalarga geologiya fanini rivojlanishi, endogen va ekzogen
jarayonlar hamda tarixiy geologiya asoslari haqida bilimlar berishdir.
Fanining
vazifalari
– quyidagilardan iborat: Fanning maqsadi, vazifalari, rivojlanish tarixi
hamda tadqiqot usullari haqida talabalarga bilimlar berish. Endogen jarayonlar va ularning sodir
bo’lish qonuniyatlarini yoritib berish: magmatizm, tektonik jarayonlar, seymik jarayonlar.
Metamorfizm; Ekzogen jarayonlar va ularning geologik faoliyati haqida talabalarda bilim va
ko’nikmalarni shakllantirish. Geoxronologiya jadval, yerni turli geologik davrlarda rivojlanish
tarixining asosiy xususiyatlarini tushuntirib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |