Biofizika kitob yangisi 2013. doc



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/116
Sana26.02.2022
Hajmi2,18 Mb.
#466991
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116
Bog'liq
biofizika

nm
nurlanish ta’sirida halok bo’ladi. Hujayraning 
halok bo’lishi uchun katta miqdorda nurlanish dozasi talab qilinadi. Masalan, 
coli

Ε
– hujayrasini o’ldirish uchun 
6
10
2

ta foton kerak bo’ladi.
Ultrabinafsha nurlarning bakterisid ta’siridan yopiq binolarni sterilizasiya 
qilishda foydalaniladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


176
Sanoat parrandachiligida bu keng qo’llaniladi, chunki ko’p miqdordagi 
tovuqxonalarda havo orqali turli xil mikroblar tarqalishi mumkin. Jo’ja boqiladigan 
xonalarni sutkasiga 3 mahal 5 – 25 minutdan nurlantirish jo’jalarning yaxshi 
o’sishi va kam halok bo’lishiga olib kelgan.
Dezinfeksiya maqsadlarida chorva binolariga beriladigan havolar ham 
ultrabinafsha nurlar balan nurlantiriladi. Ultrabinafsha nurlar dezinfeksiyadan 
tashqari havoni ionlashtiradi ham. Bu holda ozon hosil bo’ladi va molxonadagi 
yoqimsiz hidlarni kamaytiradi.
Hayvonlarga ultrabinafsha nurlanishning ta’siri uning terisiga tushganda 
yutilishi bilan bog’liqdir. Nurlanish biologik effekt berishi uchun u teri ostida 
joylashgan qon va nerv tomirlarigacha yetib borishi kerak. Odam terisi uchun 
to’lqin uzunligi 300 
nm
dan kichik bo’lgan to’lqinlar 0,5 mm kiradi xolos. 
Hayvonlar terisi qalin va juni bo’lganligi uchun ham kam masofaga o’tadi.
Yorug’lik ta’sirida biokimyoviy reaksiyalar va fiziologik jarayonlar tufayli 
teri ostida gistamin hosil bo’ladi. 
Gistamin boshqa molekula «bo’laklari» bilan qon tomirlari orqali tarqaladi. 
Gistamin qon tomirlarini kengaytiruvchi modda bo’lib, natijada giperamin hosil 
bo’ladi. Organizmning nurlanishiga aks ta’siri terida pigmentasiya, ya’ni kuyish 
hosil bo’lishidir. Teri pigmenti melanin epidermisning tubida joylashgandir.
Ultrabinafsha nurlanish ta’siridan teri va so’ng qolgan qismlarda modda 
almashinuvi yaxshilanadi va natijada organizm immunobiologik holati 
yaxshilanadi. Shu sababli ultrabinafsha nurlar veterinariyada shamollash 
kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Ultrabinafsha nurlar ta’sirida D vitamini hosil bo’ladi. Bu esa kalsiy 
elementining o’zlashtirishiga imkon beradi. Agarda organizmda D vitamin 
yetishmasa organizm kalsiyni suyakdan oladi va bu raxit kasalligiga olib keladi. D 
vitaminning yetishmasligi skeletning o’sishini sekinlashtiradi. Vitamin D go’sht, 
yog’lar tarkibida bo’ladi, lekin uni organizmning o’zida ultrabinafsha nurlar 
ta’sirida hosil qilishi mumkin. Buning uchun organizmni 280 – 315 
nm
li 
ultrabinafsha nurlar balan nurlantirilishi kerak. Bu narsa buzoqlar va jo’jalarni 
nurlantirishda ishlatiladi. Oxirgi yillar hayvonlar qonining UB nurlar bilan 
nurlantirish yo’li bilan hayvonlarning turli kasalliklarga chalinmasligini oldini 
olishda foydalanilmoqda. Buning uchun hayvon venasidan 1 kg massaga 1 – 2 ml 
qon olib, ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirilib yana organizmga yuboriladi.
Shuni qayd qilish kerakki, ultrabinafsha nurlarning salbiy ta’sirlari ham ko’p 
va undan himoyalanish ham zarur.
Quyosh nuridan fotosintezda foydalanilishi ma’lum, lekin tushayotgan quyosh 
nurining atiga 5 foizi bevosita fotosintezga sarflanadi (bahorgi bug’doy uchun 3,26 
foiz, kartoshka uchun 3,02 foiz, makkajo’xori uchun 2,35 foiz va h.k). 
O’simliklarning organik massasi fotosintez jarayonida to’planadi, shuning uchun 
qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish uchun quyosh energiyasidan 
foydalanish koeffisiyentini oshirish zarur. Buning uchun sun’iy yorug’lik berish 
kerak. Bunda o’simliklar karbonat angidrid bilan boyib ildizdan suyuq ozuqa 
berilgani holda sun’iy ravishda qo’shimcha yoritiladi. Yorug’lik teri qatlamiga 
ham ta’sir qiladi. Ko’rinadigan va infraqizil nurlar asosan terining sirtini qizdiradi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


177
Ultrabinafsha nurlar tashqi qatlamda fotokimyoviy reaksiyani vujudga keltiradi, 
buning natijasida qo’ng’ir pigment hosil bo’ladi (kuyish), bu pigment melanin 
deyiladi va ultrabinafsha nurlarni kuchli yutib, organizmni ularning haddan 
tashqari ta’siridan saqlaydi. Ultrabinafsha nurlarning kuchsiz (normal) ta’siri 
organizmga foydali ta’sir ko’rsatadi, uning yuqumli kasalliklarga qarshiligini 
ko’rsatadi va modda almashinuvini yaxshilaydi. 
Odam, hayvon va o’simliklar yashashi uchun yorug’lik zarurdir, uning 
yetmasligi organizmning normal faoliyatini buzadi. 0,28 mkm dan qisqa to’lqinli 
ultrabinafsha nurlar kuchli bakterisid ta’sirga ega. Bundan binolarning havosini 
tozalash, sutni sterilizasiya qilishlarda ishlatiladi. Bu nur kvars lampalar yordamida 
hosil qilinadi. Yerga yetib keladigan quyosh nurlarida 0,29 mkmdan qisqa to’lqinli 
nurlar bo’lmaydi, chunki bu nurlarni atmosferaning yuqori qatlamlari (12-50 km) 
ozon (O
3
) batamom yutib qoladi. 
Infraqizil nurlar ilonlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Ilonlarda ko’rish, 
eshitish, hid bilish zaif, lekin infraqizil nurlarni o’tkir qabul qiladi. Ilonning 
boshida ko’zlari bilan burun orasida ikkita chuqurcha bo’lib, ularda o’ziga xos 
«termolokatorlar» - infraqizil nurlarga sezgir organlar bo’ladi. Bu yordamida turli 
mayda qushlar va hayvonlardan kelayotgan zaif issiqlik nurlanishlarni ham tutib 
oladi va ularning turgan joylarini aniqlaydi. Shuning uchun qorong’ida ham ilon 
o’z o’ljasiga aniq tashlanadi. Bir yilda quyosh nuri ta’sirida 450 milliard tonna 
organik modda hosil bo’ladi. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish