226
Teri
Yara, tolalar hosil
bo’lishi.
0,055
0,07
Oshqozon
Yara hosil bo’lishi
0,045
0,05
Jigar
og’riq assitoz
0,035
0,04
Buyrak
nefroskleroz
0,013
0,028
Yurak
perekordiya, pankardiya
0,04
0,1
Suyak
nekroz, sinish
0,06
0,15
Ko’z qorachig’i
katarakta.
5
0,012
Qalqonsimon bezi
Gipoteroziya
0,045
0,15
Muskullar
o’sish to’xtaydi
0,02-0,03
0,04-0,05
Ilik
Gipopliaziya
2
5
Homila
O’lim
2
4
Nurlanishning genetik ta’sirini aniqlash juda qiyin. Lekin radiasiya ta’sirida
mutasiya natijasida xromosomada buzilishlar yoki DNKa zanjirida o’zgarishlar
yuzaga keladi.
Yaponiyada olib borilgan tekshiruvlar natijasiga ko’ra hozirgacha genetik
effektlar kuzatilmagan. Lekin hozircha unchalik ko’p vaqt o’tmagan.
Doimiy nurlanish bilan ishlaganda olingan nurlanish dozasi o’sha
dozani
birdaniga olingan holdagiga qaraganda ta’siri unchalik katta effektga ega emas.
Bunga sabab odam va hayvonlar tanasi kichik dozada olgan nurlanishlarga
qarshilik qobiliyatiga ega. Lekin har qanday nurlanish organizmda qandaydir
o’zgarish yuzaga keltiradi. Nurlanishdan tibbiyot va veterinariyada ko’p
foydalaniladi, chunki radioaktiv nurlar turli organlarda tanlab yutiladi. Masalan,
qalqonsimon bez
131
J
kuchli yutiladi.
131
J
ning yarim yemirilish davri 8,05
kunga
teng va shu sababli u organizmdan bir necha hafta ichida chiqib ketadi.
Radioaktiv izotop J
yodni skanerlovchi qurilma yordamida oson aniqlash
mumkin. Radioaktiv nurlardan ko’plab rak kasalliklarini
davolashda ishlatish
mumkin.
Turli xil rak kasalliklarini xirurgik yo’llar yoki radiasiya yordamida davolash
mumkin. Ko’plab hollarda radiasion usul yaxshi natija beradi. Masalan, tomoq
rakini
jarrohlik yo’l bilan olib tashlashda 80% muvaffaqiyatga erishish mumkin.
Ammo bu holda tovush a’zolari buziladi va odam to’lasincha gapira olmasligi
mumkin yoki uni ancha yomonlashtiradi. Uni radiasion usul bilan davolashda ham
80% muvaffaqiyatga erishish mumkin. Lekin bu holda tovush organlari
o’zgarmaydi.
Ichki organlarda joylashgan o’simtalarni radiasiya
bilan nurlantirganda
nurlanish tashqi manbadan yuboriladi. Bunday o’simtalarni buzish uchun zarur
bo’lgan bir oylik nurlanish dozasi 60
Greyga teng. Oddiy rentgen qurilmalarda
hosil qilinadigan rentgen nurlar energiyasi 150 keV ga teng.
Bu nurlarning
energiyasi organizm ichki qismlariga kirishga yetarli emas. Shu sababli davolashda
CO
60
izotopidan chiqayotgan
γ
nurlar ishlatiladi. Uning energiyasi 1 MeV ga teng.
Bu nurlar rentgen nuriga qaraganda organizmga ancha chuqur kiradi. Hozirgi
vaqtda energiyasi 4 MeV ga teng bo’lgan elektronlar oqimidan foydalaniladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
227
Organizmning juda ichki qismlarida joylashgan o’simtalarni nurlantirish uchun
uglerod, kislorod yoki neon ionlaridan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Bu
holda o’simta atrofidagi sog’lom to’qimalar juda oz nurlanish olar ekan. Ammo
hozirgi vaqtda bunday ionlarni ancha yuqori energiyalarga
tezlashtiruvchi
tezlatgichlar ishlab chiqarish qimmatga tushadi. Shu sababli bunday qo’rilmalar
kelajakda ko’plab ishlab chiqarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: