222
Bitta molekulani ionlashtirish uchun 34 eV ga yaqin
energiya talab qilinishi
sababli dE
⁄
dx=0,7 1
÷
2,7 MeV/sm oralig’ida bo’ladi.
α
– zarrachalarning o’tish masofasi uning energiyasiga bog’liq, havoda
quyidagi formula bilan ifodalanadi: R=0,318 Ye
3/2
, bunda Ye-
α
zarracha
energiyasi
α
– zarrachaning suyuqlikda va to’qimada, ya’ni tirik organizmda o’tish yo’li
10 - 100 mkm ga teng.
α
- zarrachaning tezligi molekulalar issiqlik xarorati tezligigacha
sekinlashgach, u moddada ikkita elektronni tutib olib, geliy atomiga aylanadi.
Ionizasiya va uyg’onish birlamchi jarayonlardir, ikkilamchi jarayonlar esa
molekulyar kinetik
xarakat tezligi oshishi, xarakteristik rengen nurlar chiqishi,
radiolyuminessensiya, kimyoviy jarayonlardir.
α
–zarrachalarning yadro bilan ta’siri ionizasiya jarayonidan ancha
extimolligi kamdir.
β
– zarrachalar to’qimalarga 10-15 mm gacha kiradi. Alyuminiyda esa 0,4
mm, suvda 1,1 mm gacha kiradi.
γ
-nurlar moddaga tushganda rentgen nurlariga xos bo’lgan jarayonlardan
(kogerent sochilish, Kompton effekt, fotoeffekt) tashqari elektron-pozitron juftligi
hosil bo’lishi, fotoyadroviy reaksiyalar
γ
– fotonlar atomlarni ionlashtirishi ham
bo’ladi.
Ionlashgan zarrachalarning biologik ta’sirlari turlichadir. Masalan,
neytrino
biologik ta’sir ko’rsatmaydi.
α
– zarrachalar ham to’qimaning yuza qismida to’la
yutiladi. Shuning uchun ham uning ta’siri kuchsizdir. Bu zarrachalarning ta’sirida
erkin radikallar yoki suvning kimyoviy almashinuvlari (radioliz) va demak ON
radikal va vodorod peroksid hosil bo’ladi. Biologik tizim molekulalari bilan
kimyoviy reaksiyaga kirishadi.
Masalan, suv radiolizining mumkin bo’lgan mexanizmlari:
N
2
O
→
N
2
O
-
, N
2
O
-
→
ON
-
+N
N
2
O
→
N
2
O+ye
-
, ON
-
→
ON+ye
-
N
2
O+ye
-
→
N
2
O
-
Kislorod bilan reaksiyada gidroperoksid va vodorod peroksidi hosil bo’ladi.
N+ O
2
→
NO
2
, NO
2
+N
→
N
2
O
2
Nurlanishning kichik dozasi yutilganda katta biologik buzilishlar yuz berishi
mumkin. Nurlanish olgan obyektlarning ta’siri naslga o’tadi. Shuning uchun
nurlanishdan himoyalanish katta ahamiyatga ega.
Nurlanishning bir xil dozasiga hujayraning turli kismlarining sezgirligi
turlichadir, nurlanishning ta’siriga hujayralarning yadrosi eng sezgirdir. Bo’linish
qobiliyati hujayralarning eng nozik funksiyasi bo’lgani
uchun nurlanishda eng
avval o’suvchi to’qimalar jarohatlanadi. Demak, nurlanish eng avval bola
organizmi uchun (embrionlik davridan boshlaboq) xavflidir. Odam organizmining
doimiy yoki davriy bo’linib turadigan hujayralardan tashkil topgan to’qimaga,
oshqozon va ichakning shilimshiq pardasiga, qon hosil qiluvchi to’qimalarga,
jinsiy hujayra larga nurlanish halokatli ta’sir qiladi.
Nurlanish ta’sirida o’simtalarni kuydirish mumkin.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
223
Radioaktiv izotoplar tibbiyotda ikki maqsadda ishlatiladi: tashxis va
davolashda. Tashxis uchun nishonlangan atom usulida organizmning ma’lum
qismiga izotop kiritiladi va o’sha qismning aktivligi aniqlanadi. Masalan, izotop
53
Ĵ
125
yoki
53
Ĵ
131
hisoblagich yodning to’planishiga qarab tashxis qilish mumkin.
Xuddi shunday izotopni o’simlik ildizlari yaqinidagi tuproqqa suv yoki havoning
oqimiga, tirik organizm to’qimalariga, dvigatel moyiga kiritiladi. So’ngra
hisoblagich yordamida kiritilgan izotopning ko’chishi kuzatiladi.
Bu kuzatishlar
natijalari tahlil qilinib tekshirilgan tizimda o’tadigan jarayonlar to’g’risida
ma’lumotlar olinadi. Nishonlangan atomlar qo’llanishi qishloq xo’jalik
ekinlarining fosforli oziqlanish jarayonini kuzatish bilan tushuntirish mumkin.
Tekshiriladigan
15
R
32
izotop tuproqqa ildiz oldiga ko’miladi. Shundan so’ng
o’simlik davriy ravishda hisoblagich yordamida tekshirilib turiladi. Bunda
o’simlikning turli qismlaridan chiqadigan nurlanishga qarab fosforning
taqsimlanishi haqida ma’lumot olish mumkin. Masalan, fosforning qachon ildiz
tizimiga kirishi, o’simlik ichkarisida qanday tezlik bilan ko’chishi, o’simlikda
taqsimlanishi, modda almashinuvida ishtiroki va hokazolar. Bu tekshirishlar odatda
radioavtograflash bilan to’ldiriladi, ya’ni o’simlik kesilib quritiladi va fotografiya
plastinkasiga joylashtirib surati olinadi. Fosfor bor joylar qorayadi. Renozariyada
esa
Ĵ
izotopi tirik organizmga (odam yoki xayvon) yuborilib radiogrammasi olinadi
va buyrakning ish faoliyati o’rganiladi. Nishonlangan
atom usuli yordamida
qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi uchun muhim bo’lgan fotosintez, o’g’itlarni
rasional ravishda qo’llash, o’simliklarni turli elementlarni o’zlashtirishi, qishloq
xo’jalik hayvonlarining ovqatlanishi, sut yog’ini va muskul oqsillarini sintez qilish,
suv va suv bug’ining tuproqdagi ko’chishi, hashoratlarning ko’chib yurishi,
insektisidlarning (hashoratni o’ldiruvchi moddalar) ta’siri, avtomobil va traktor
detallarining ishqalanadigan qismlarining yemirilishi va boshqalar muvaffaqiyatli
o’rganilmoqda.
Radioaktiv izotoplarning organizmda to’planishini o’rganish uchun gamma-
tipograf (ssintigraf) ishlatiladi. Organizmdagi suyuqlik
hajmini aniqlashda ham
foydalaniladi. Masalan, qonning qanchaligini aniqlash mumkin. Davolash
maqsadida
γ
– nurlar qo’llaniladi. Manba sifatida So
60
ishlatiladi.
Nurlangan moddaga berilgan energiyaning shu modda massasiga nisbatiga
nurlanishning yutilgan dozasi deyiladi.
O’lchov birligi Grey (Gr) – u 1 kg massali nurlangan moddaga 1J ionlovchi
nurlanish energiyasi berilishiga teng bo’lgan nurlanish dozasiga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: