137
Tirik organizm turli qismlari orasida mavjud bo’lgan
potensialar farqi
biopotensiallar deyiladi. Biopotensiallar hayvon va o’sim-liklarning hujayralarida,
to’qimalarida va organizmlarida paydo bo’ladi. Ularning ba’zilari doimiy mavjud,
ayrimlari tashqi ta’sirlar tufayli paydo bo’ladi.
Elektr impulslari nerv, muskul to’qimalarining faoliyati vaqtida paydo bo’ladi
va tirik organizmlarda kechadigan fiziologik va patologik jarayonlarni aks ettirishi
mumkin. Bioelektrik hodisalarni o’rganish 1771 yilda L.Galvani tajribalaridan
boshlandi.1838 yilda Matteuchi muskulning tashqi
sirti musbat, ichki sirti manfiy
zaryadga ega ekanligini aniqladi. Tinch holatdagi musqulning tashqi va ichki
sirtlari orasidagi potensiallari
esa muskulning qisqarishi, bezlar sekresiyasi,
hujayralar-ning ta’sirlanishi paytida hosil bo’ladi.
Biopotensiallar quyidagi turlarga bo’linadi:
1.
G’alayonlanmagan holatda bo’lgan hujayraning tashqi va ichki qismidagi
potensiallar farqiga tinchlikdagi potensial deyiladi (7.7-rasm).
2.
Hujayraga tashqi ta’sir ko’rsatilganda u g’alayonlanadi. Bunda o’lchangan
potensiallar farqi harakat potensiali deb ataladi (7.8-rasm).
Δφ
Δφ
x x
7.7-rasm.
Tinchlikdagi potensialni
7.8-rasm.
Harakat
o’lchash.
potensialini o’lchash
.
1875 yilda rus fiziologi V.Ya.Danilevskiy birinchi bo’lib
bosh miyaning
biopotensialarini aniqladi. Biopotensialarning hosil bo’lishi ancha murakkab
masala bo’lib, hozirgacha uning to’liq nazariyasi yaratilmagan. Hozirgi vaqtda
1952 yilda Xodjkin, Xaksli, Katslar taklif kilgan nazariya ko’p qo’llaniladi.
Shu nazariya bilan qisqacha tanishamiz.
Biror to’qimaning potensialini uning tarkibidagi
hujayralar potensiallari
yig’indisi deb qarash mumkin. U holda hujayra tirik orga-nizmning asosiy
struktura elementigina emas, asosiy elektrik elementi hamdir. Hujayra va uni o’rab
olgan hujayradan tashqaridagi biologik muhitni,
tashqi muhitdan yarim
o’tkazgichli hujayra membranasi bilan ajralgan murakkab tizim deb qarash
mumkin. Hujayra ochiq termodinamik tizim bo’lib tashqi muhit bilan uzluksiz
energiya, modda va informasiya almashinadi. Bu almashinuv membranalar
orqali
amalga oshiriladi. Membrana oddiy holda lipid qatlamidan iboratdir. Lipidlar
qatoriga neytral yog’lar, efirlar kiradi. Hujayrada lipidlar,
oqsil qatlamlari bilan
o’rab olingan. Membrana lipid qatlamida diametri 0,7-0,8 nm li teshiklar mavjud
bo’lib, ular orqali suv va boshqa mayda molekulalar o’tadi, katta molekulalar esa
o’ta olmaydi. Teshiklar, elektr zaryadiga ega bo’lganligi uchun, hujayraga ma’lum
ishorali ionlar o’tishiga imkon beradi va teskari ishorali ionlarning o’tishiga halaqit
beradi. Ayniqsa ko’p valentli ionlar o’tishi qiyin bo’ladi,
chunki ularning zaryadi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
138
katta bo’lgani uchun gidrat qatlami bilan qoplanadi va effektiv diametri oshadi.
Turli ionlar o’tkazuvchanligi har xil bo’lgani uchun membrananing turli tomonida
ba’zi bir ionlarning nosimmetrik tarqalishini biopotensiallar paydo bo’lishining
asosiy sababi deb qarash kerak. Biopotensiallar paydo bo’lish mexanizmi bo’yicha
kuyidagi turlari mavjud:
1. Diffuz potensial
ϕ
∆
paydo bo’lishi uchun (7.10-rasm) turli konsentrasiyali
va anionlar , kationlar harakatchanligi turlicha bo’lgan elektrolitlarning kontakti
bo’lishi kerak (
−
+
>>
Cl
H
U
U
). Chegara sirti
ikkala ion uchun bir xil
o’tkazuvchanlikka ega. H
+
va Cl ionlar o’tishi kichik konsentrasiyalar tomoniga
bo’ladi.
7.9-rasm.
Hujayrada biopotensial hosil bo’lish.
Vodorod ionlarining kattaroq harakatchanligi tufayli chegaradan o’ng
tomonda ularning kattaroq konsentrasiyasi paydo bo’ladi,
ϕα
∆
potensiallar farqi
hosil bo’ladi.
Cl
-
Do'stlaringiz bilan baham: