141
potensialini 0 gacha kamaytiradi (chiziqning AV qismi). Na
+
ionlarining sizib
o’tishi davom etib, u yerda musbat potensial hosil bo’ladi (chiziqning VS qismi). S
nuqtaga yetgach membrananing natriy nayi yopilib, kaliy nayi ochiladi. K
+
hujayra
ichidan aktiv chiqishi tufayli hujayraning musbat potensiali kamayadi (chiziqning
SD qismi). D nuqtada membrana K
+
va Na
+
ionlari o’tkazuvchanligi bo’yicha
boshlang’ich holatga keladi. Potensialning keyingi o’zgarishi (chiziqning DE
qismi) K
+
- Na
+
nasos ishi hisobiga ro’y beradi. Ye nuqtada hujayra
g’alayonlanmagan holatga qaytadi.
Membrana tashqi sirti qo’zg’atilmagan qismlariga nisbatan musbat zaryadli
bo’lib qoladi. Masalan, Kalmar gigant aksonining tinchlik potensiali – 45 mV,
qo’zg’alish tufayli hujayra ichining potensiali +40 mV, bo’ladi. Potensialining
to’liq o’zgarishi yoki harakat potensiali 85 mV, membrananing natriy ionlari
o’tkazuvchanligining oshishi qisqa vaqt davom etadi, so’ngra u kamayadi, shu
vaqtda kaliy ionlarining o’tkazuvchanligi oshadi, bu esa tinchlik potensiali
tiklanishiga olib keladi.
Harakat potensiali bir joyda yo’q bo’lsada hujayraning qo’shni qismini
qo’zg’atadi. Natijada potensial impulsi tola bo’ylab tarqaladi. Harakat
potensialining davom etish vaqti 2 ms, tarqalish tezligi esa 100 m/s
Baqaning muskul tolasi harakat potensiali 110 mV, it yurak muskul tolasi
potensiali 120 mV. Elektr baliqlarda ancha katta xarakat potensiali paydo bo’ladi.
Kichik bo’lsada xarakat potensiali hamma hayvonlar va o’simliklar hujayralarida
paydo bo’ladi. Biopotensiallar mavjudligi hujayra hayotiy faoliyatining xarakterli
belgisidir. Shuning uchun tashqi elektr maydoni hujayrada ro’y beradigan
jarayonlarga ta’sir etadi.
Masalan; kalamushning kesilgan oyog’iga mikroelektrodlar qo’yilib, kichik
tok o’tkazilishi natijasida suyak va muskul tolalarining 5-7 mm ga o’sishi
kuzatiladi. Hozirgi vaqtda tibbiyot va veterinariya klinikasida yurak potensiallarini
qayd qilish usullari (EKG) va muskul to’qima-larining potensialini qayd qilish
usuli (elektromiografiya yoki EMG) keng ishlatilmoqda. Yuqori chastotali elektr
toklari va elektromagnit maydon-lardan foydalanilmoqda.
Odamlar organizmi uchun xavfli tok 100 mA, buzoqlar uchun 200-300- mA,
qo’zilar uchun 150-200 mA, cho’chqalar uchun 170-200 mA, qoramollar uchun
220 mA. Qanday tok xavfli ekanligi to’g’risida biror qonuniyat mavjud emas.
Hattoki 12 V ham odamni o’ldirishi mumkin, masalan, bir fermada mollarni
avtomatik sug’oruvchi qurilmaga elektrodvigateldan bir fazaga tegishi tufayli 93
mol halok bo’lgan. Hattoki 3-4 V kuchlanishi sigirning sut berish mahsuldorligini
kamaytirib yuboradi.
Odatda biopotensiallar uncha katta emas, ya’ni bir necha o’n
Do'stlaringiz bilan baham: