3-
rasm. Metall konstruksiyalarning zaglash tezligini havo muhitining nisbiy namligiga
bog’liqligi.
Nisbiy namlik miqdori namlanish iyutidosidan past bo’lgan xonalar quruq va me’yoriy
namlikda deyish mumkin – ularda metall deyarli zanglamaydi.
Agar xonadagi namlik
namlanish tbtidosidan yuqori bo’lsa, ya’ni unda nam va xo’l jarayonlar sodir bo’lib, bu holda
u jarayonlarni zanglashni baholashda hisobga olish mumkin.
Atmosfera namligining ta’siri. Ashyolarning strukturasini buzilishda asosiy rolni
namlik bajaradi: u ko’pchishni, chirish va zanglashni, havollik va bo’shliqlardagi suvni muzlash
oqibatida mexanik buzilishni keltirib chiqaradi.
Inshootlarga ta’sir turli-tumanligi bo’yicha namlik universal omil hisoblanadi.
Qurilish konstruksiyalarining namlik va tajavuzkor moddalarning kirishi uchun qulayroq
bo’lgan eng nozik joylari ulamalar, deraza va eshik kesaklarining konstruksiyalar bilan tegib
turadigan joylari, turli issiqlik ko’priklari hisoblanadi.
Konstruksiyalarda namlik suv yoki muz ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Konstruksiyaning tabiiy namlanish tomchi-suyuqlik yoki kondensatsiyali bo’lishi mumkin.
Tomchili-suyuq namlanish shikastlangan tomqoplama yoki boshqa konstruksiyadan
devorga uriluvchi qiya yomg’ir, hamda erigan qordan hosil bo’luvchi
suvlarni kirib borishi
oqibatida yuz beradi. YOmg’ir suvi nisbatan tozaligiga qaramay, ifloslangan havodan
o’tayotganida ammoniy tuzlarini karbonat va oltingugurt kislotasini va boshqa shu kabi zararli
moddalarni o’ziga qo’shib oladi, konstruksiyaga kirgan bunday
suyuqlik uni buzishga olib
keladi.
Devorning tashqi qatlami tosh yoki zich betondan iborat bo’lgan holda unga suv bir
necha mm gagina o’tishi mumkin va quyosh nuri va shamol ta’siri ostida osongina bug’lanib
ketadi. g’ovakli konstruksiyalarda, hamda choklari yaxshi bajarilmagan bir qatlamli yirik
o’lchamli konstruksiyalarda yomg’ir namligi devorga chuqur kiradi,
hatto bu namlik xona
ichiga ham o’tib ketadi.
Trotuarga tushayotgan suvning sachrashidan hosil bo’luvchi devordagi namlanish
zonasi 50 sm gacha etadi. SHu sababdan binoning zich yuzaga ega bo’lmagan sokol qismi ancha
tez buzuladi.
Tomchili – suyuq namlanishdan farqli, konstruksiyalarning kondensatsiyali
namlanishi suv bug’larining havo bilan birga harakatlanishi natijasida yuz beradi.
Hoh tabiiy, hoh sun’iy bo’lsin qurilish ashyolari o’zining tarkibi bo’yicha
bir jinsli
bo’lmagani uchun suv va undagi tuz va kislotalar, hamda shamol ta’siri ostida ular notekis
buzuladi. Konstruksiyalarni tuzli eritmasi bilan ko’p marta va uzoq vaqt namlanib turilishi
ularni buzulishga olib keladi. Metall konstruksiyalar barcha kislotalarning ta’siri
ostida
korroziyaga duchor qilinadi. Tosh ashyolardan ayniqsa suvdagi karbonat kislotasiga H
2
CO
3
bo’lgan sezgirlik ohaktoshlarda, dolomitlarda, ohakli bog’lovchilardagi
qumloqlar va ushbu
jinslardan iborat chaqiqtoshli betonlar ayniqsa kuchli namoyon bo’ladi. Karbonat kislotasining
ashyolar bilan o’zaro ta’siri natijasida konstruksiya yuzasida ko’karishlar hosil bo’ladi, ajralgan
ohak chiqib qoladi.
Quyosh nuri va namlikning ta’siri ostida tosh ashyolar ko’pincha rangsizlanadi, bunda
rang o’zgarishi deb bo’lmaydi. Masalan, temiri bor jinslar uning oksidlanish natijasida o’z
rangini o’zgartiradi, biroq ularning yuzasini mustahkamligi bu holda hatto oshadi ham.
Grunt suvlarining ta’siri. Tabiatda grunt suvlari 3 turda mavjud bo’ladi:
1)
bog’langan
(ximiyaviy, gigroskopik,
so’rilgan yoki
pardasimon);
2)
erkin yoki suyuqlik
ko’rinishida;
3)
bug’
ko’rinishida, g’ovaklar
bo’yicha
harakatlanuvchi.
Grunt suvlarining tajavvuzkorligini baholashda uning tavsifi o’zgaruvchan ekanligini
nazarda tuish lozim: vaqt o’tishi bilan inshootning er osti qismida suv rejimi o’zgarishi mumkin
va bunday holda muhitning tajavvuzkorligi oshishi yoki kamayishi mumkin.
Grunt suvlarining kapillyar ko’tarilishi oqibatida yuqoriga anchagina balandlikka
ko’tarilishi mumkin, hamda gruntning yuqori qatlamlarini suvga bo’ktirish mumkin.
Ayrim inshootlarda kapillyar va grunt suvlari birga qo’shilib ketib
inshootning er osti
qismini suvda qoldirishi mumkin, buning natijasida esa konstruksiya korroziyasi kuchayadi,
asosning mustahkamligi pasayadi. Grunt suvlarining minerologik tarkibini o’zgartirish,
ularning inshoot er osti qismiga nisbatan bo’lgan tajavvuzkorligini o’zgartiradi. Namlik mo’l-