1.2.
Binolarga tabiiy va texnologik
ta’sirlar.
Tabiiy omillarning ta’siri. Bino ekspluatatsiya qilinayotgan vaqtda ikki guruh omillar
ta’sirida bo’ladi:
−
tashqi yoki tabiiy;
−
texnologik yoki funksional jarayonlar bilan
bog’liq
bo’lgan.
Tabiiy omillar juda ko’p ko’rinishda bo’ladi. Ular binoga er ustidan va er ostidan,
hamda iqlimiy, gidrogeologik va boshqa sharoitlarga ko’ra har xil ko’rinishda ta’sir etishi
mumkin. Bu omillarning ta’sirini loyihalashda, ekspluatatsiya qilish davrida to’g’ri hisobga
olish binoni qurish va ekspluatatsiya qilishda kam xarajat va kuch sarflab belgilangan
umrboqiylikka erishishda muhim ahamiyatga ega.
Havo muhitining ta’siri. Atmosfera tarkibidagi chang va gazlar binoni buzilishiga olib
keluvchi omillar hisoblanadi. Ifloslangan havo ayniqsa namlik bilan qo’shilganda qurilish
konstruksiyalarini erta eskirishini, zanglashi va ifloslanganini, yorilib ketishi va emirilishini
keltirib chiqaradi.
SHu bilan birga toza va quruq atmosferada tosh, beton va hatto meal yuz va ming yillab
saqlanishi mumkin. Demak bu ashyolar saqlangan havo muxiti kam tajavvuzlar yoki no
tajavuzlar muhit deyiladi.
Xavoni ifloslantiruvchi asosiy omil - har hil yoqilg’ilarning yonish mahsulidir.
SHu sababdan shaxar va sanoat markazlarda metalning zanglashi ko’mir va neft mahsulotlari
xam yoqiladigan qishloq joylariga qarganda 2-4 marta tezroq sodir bo’ladi. Havoning gaz va
qattiq zarrachalar bilan ifloslanishni qish vaqtda yuqoriroq va u yoqilg’ining tasiriga bog’liqdir.
Atmosferani changsimon yoqilg’i ko’proq ifloslantiradi, chunki bunday yoqilg’i yonganda
havoga tutun bilan birga katta miqdorda kul va chang ko’tariladi. Tabiiy gaz va havoni eng kam
ifloslantiruvchi yoqilg’i hisoblanadi.
Ko’pchilik yoqilg’ilarning yonishidan hosil bo’luvchi mahsulot karbonat angidrid
(SO
2
) va oltingugurt angidridi (SO
2
). Karbonat angidridning suvda erishi natijasida yonishnig
provard mahsuloti ko’mir kislota hosil bo’ladi. U beton va boshqa ashyolarga emiruvchi sifatida
ta’sir etadi.
Agar yoqilg’ida faqatgina 1% oltingugurt bor deb hisoblasak (yoqilg’ilarning ko’pgina
turlarida oltingugurtning miqdori 7-10% ga etadi), u holda yirik shahar ustida har yili 10-20
ming tonna quyultirilgan oltingugurt kislotasining bug’i va har bir kvadrat kilometr maydonga
100-600 tonna kul yog’adi. Oltingugurt kislotasining bug’lari bino va inshootlarga o’tirib ularni
buzadi; jumladan ular ohaktoshlarni sulfat tuziga aylantiradilar va ular namlikda erib
konstruksiyadan yuvilib ketadi.
Ko’mir va oltingugurt kislotasidan tashqari tutunlardan va boshqa (yuzdan ortiq)
zararli moddalar: azot va fasfor kislotalari, qatronli va boshqa moddalar, yonmay qolgan
zarrachalar hosil bo’ladi. ular konstruksiyaga tushib ularni ifloslantiradi va emirilishiga olib
keladi.
Dengiz bo’yi rayonlari atmosferasi tarkibida xloridlar oltingugurt tuzlari va boshqa
qarilish ashyolariga zararli bo’lgan moddalar bo’lishi mumkin. Ammiak va kisloroddan boshqa
deyarli barcha gazlar kislota hosil qiluvchilardir. Betonga ta’sir etish darajasi bo’yicha
tajavvuzkorlik muhit 3 guruhga bo’linadi:
1)
Zaif tajavuzkorlar: S9
–
oltingugurt uchlarida, SO
2
-karbonat angidrid, SiF
4
–
to’rt
ftorli kremniy;
2)
O’rtacha
tajavuzkor: SO
2
–
oltingugurt gazi; N
2
S
–
oltingugurt vodorod;
3)
Kuchli tajavuzkor: Cl
2
–
xlor, SO
3
–
oltingugurt angidridi, HCl- xlorid kislota
bug’i
, HF
–
plavik kislotasining
bug’i, NO
2
–
azot ikki oksidi.
N
Atmosfera tajavuzkorligining darajasi ko’proq nisbiy namlikka, havo haroratiga,
almashinish tezligiga va boshqalarga bog’liq. Tajavvuzorkor muhitning turkumlari va ularning
metall va nometall ashyolarga bo’lgan ta’siri 2 jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Muhit
YUza qatlamni
emirilishining o’rtacha
tezligi min
yil
1 yilda zanglayotgan erdagi
ashyo mustahkamligini
pasayishi %
Nometall ashyo
korroziyaning
tashqi alomatlari
metall
Nometall
ashyolar
Metall
Nometall
ashyolar
Notajavuzkor
0
0,2
0
0
-
Zaif tajavzukor
-0,1
0,2. . . 0,4
5
5
Kuchsiz yuzani
emirilishlar
O’rtacha
tajavuzkor
0,1...0,5
0,4...1,2
3....15
5....20
Burchaklarini
shikastlanish yoki
qilsimon darzlar
Kuchli tajavuzkor
0,5
1,2
15
20
YAqqol namoyon
bo’lgan emirilish
(kuchli darz hosil
bo’lishi)
3-rasmdagi grafikdan ko’rinib turibdiki havoning nisbiy namligi 50-60% gacha
bo’lganda zanglash tezligi juda kichik, shu bilan bir vaqtda nisbiy namlik 70-80% dan ko’proq
hollarda zanglash tezligi yuzlab marta oshadi.
Quruq gazlar
Nam
M
S
u
y
Mintaqasi
Gazlar mintaqasi
20
40
60
80
100
%
Do'stlaringiz bilan baham: |