Binolarda montaj usullari
BUSI
NESS
TEMP
LATE
BUSI
NESS
TEMP
LATE
01
02
03
reja:
Katta oraliqli binolarni montaj qilishning oʻziga xos xususiyatlari
Binoning yer ostki qismini montaj qilish
Bir qavatli sanoat binolarini barpo etish usullari va montaj mexanizmlari
01
Katta oraliqli binolar va inshootlarni montaj qilish quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
• binolarning karkaslari poʻlat, yigʻma temirbeton va aralash konstruksiyalardan tayyorlanishi mumkin: ustunlar – temirbetondan, devor panellari – bir yoki koʻp qatlamli, kran osti toʻsinlari, fermalar, bogʻlamalar va poʻlat – ustyopma elementlari;
• binoning oʻlchamlari odatda montaj qiluvchi kranlarning taʼsir koʻrsatish doirasidan ortiq boʻladi;
• bir qator konstruksiyalar – katta balandlikdagi va massadagi ustunlar, kuchli kran osti toʻsinlari, katta oraliqli fermalar, ustyopmaning hajmdor elementlarini – qismlab yoki bir nechta krandan foydalanib montaj qilishga toʻgʻri keladi;
• binoni montaj qilishni texnologik qurilmani(jihozlar) oʻrnatish bilan bogʻlash zarur.
Poʻlat konstruksiyali bir qavatli sanoat binolarini 18, 24, 30 va 36 m oraliqli va 30 m balandlikgacha qilib loyihalanadi va barpo etiladi. Temirbeton konstruksiyali bir qavatli binolar 12, 18, 24, va 30 moraliqqa 14.4 m balandlikgacha (ustunni yuqori qismigacha) va 24, 30 va 36 m oraliqli va 18 m balandlikgacha qilib loyihalanadi.
Bir qavatli sanoat binolari oraliqi, ustunlar qadami va balandligiga bogʻliq holda quyidagi turlarga boʻlinadi: yengil ―oraligʻi 6...18 m, balandligi 5...12 m; oʻrtacha ― oraligʻi 18...30 m, balandligi 8...24 m; ogʻir ― oraligʻi 24..36 m, balandligi 18...30 m.
Katta oraliqli binolar konstruksiyasini montaj qilish usullarini va montaj qilishni tashkil etishni tanlashning asosiy mezonlari:
• montaj ishlari hajmi;
• binoning hajmiy – rejaviy va konstruktiv yechimlari;
• montaj qilishning va umuman binoni barpo qi
• montaj mexanizmlarining mavjud parki.Turli xil binolarning konstruksiyalarini montaj qilish usullari quyidagilarga bogʻliq holda ajratiladi:
• qoʻllaniladigan koʻtarish – montaj qilish jihozlariga qarab –kranli va kransiz usullar;
• montaj qilish oldidan elementlarni bloklarga yiriklashtirish darajasiga qarab – elementlab, yirik blokli montaj konveyerli yigʻish, rulonlash;
• elementlarni loyiha holatiga oʻrnatish ketma – ketligi boʻyicha;
• yassi va fazoviy montaj va texnologik bloklarni loyiha holatiga oʻrnatish ketma – ketligi boʻyicha;
• montaj qilishda kranning bino boʻylab va koʻndalangiga harakatlanishi;
• elementlarni tayanchga keltirish va oʻrnatish usullari;
• konstruksiyalarni vertikal boʻyicha yigʻish ketma – ketliklari;
• montaj qilish jarayonida binolar, inshootlar va konstruksiyalar ishlashining konstruktiv xususiyatlari;
• obyektni barpo etish yoʻnalishlariga qarab – surish, vertikal koʻtarish, burish usullari.
Yigʻma temirbeton konstruksiyalarda karkasning asosiy elementlari – ustunlar va fermalari juda kamdan – kam hollarda yiriklashtiriladi. Koʻpincha metall elementlar – kran osti toʻsinlari, ustunlar, deraza panjaralari, bogʻlamalar, fonar konstruksiyalari, kompleks yiriklashtirilgan bloklar – metall koʻtaruvchi konstruksiyali va samarali yengillashtirilgan ustyopmali (tomli) qoplama bloklari yiriklashtiriladi.
Konstruksiyalarni rulonlashtirish usuli – metall listli konstruksiyalarni yiriklashtirib yigʻishning bir turi boʻlib metall konstruksiyalarni tayyorlovchi zavodda amalga oshiriladi. Bu usul rezervuarlarni, gazgolderlarni, oziq-ovqat va kimyo sanoati silindrik idishlarini (sigʻimlarini) montaj qilishda qoʻllaniladi.
Koʻtarish - montaj qilish jihozlari uchta asosiy guruhga boʻlinadi:
Montaj kranlari – avtomobil, pnevmogʻildirakli, maxsus shassiga oʻrnatilgan kranlar, gusenitsali, minorali, chorpoyali, temir yoʻlli.
Kransiz moslama – chigʻir, polispast, koʻtargichlar, domkratlardan foydalanib, konstruksiyalarni koʻtarish va joylash uchun.
Yuk koʻtaruvchi qurilmalar – montaj qiluvchi machtalar, shevrlar, portal koʻtargichlari, domkratlar massasi seriyali kranlarning yuk koʻtarish qobiliyatidan ortiq boʻlgan konstruksiyalar va jihozlarni montaj qilish uchun.
Binoni montaj qilishda montaj qiluvchi mexanizmlarni tanlash muhim masala hisoblanadi. Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda juda xilma – xil kran qurilmalari (uskunalari) qoʻllaniladi:
• yuk koʻtarish qobiliyati 6,3...16 t boʻlgan avtomobil kranlari;
• pnevmogʻildirakli kranlar (10...100 t.);
• gusenitsali kranlar (6,3...160 t)
• minorali kranlar (60...100 t);
• temir yoʻl kranlari (16...30 t);
• chorpoya kranlar (15...100 t.);
02
Stakan turdagi poydevorlar. Asos tayyorlangandan soʻng poydevorlar oʻqlari belgilab olinadi, ular oldin obnoskaga olib chiqiladi keyinchalik poydevorlar oʻrnatiladigan joyda belgilab chiqish uchun. Buning uchun obnoskaga oʻq torlari tortiladi va shoqul yordamida ularning kesishgan nuqtalari kotlovanlar va transheyalarning tubiga koʻchiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |