Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik



Download 4,86 Mb.
bet32/68
Sana14.04.2023
Hajmi4,86 Mb.
#927890
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti

8.1. Umumiy qoidalar


Ko‘pchilik sanoat va fuqaro bino va inshootlari uchun arxitektura nuqtai nazaridan, foydalanish talablari bo‘yicha oraliq tayanchlarni qurmasdan katta oraliqli qoplama (ustyopma) larni nazarda tutish zarur. Barcha muhandislik inshootlaridan bir qavatli sanoat binolari iqtisodiyotning turli tarmoq korxonalarini joylashtirish uchun keng qo‘llanilmoqda. Katta oraliqli fuqarolik binolariga yirik sport, ko‘rgazma va konsert zallari, usti yopilgan stadionlar, vokzallar, sirklar, bozorlar va boshqa shunga o‘xshash inshootlar kiradi. Sanoat binolarida katta oraliqlar ko‘pincha avia va kemasozlik yig‘uv sexlarida, mashinasozlik korxonalarining yig‘uv va eksperimental sexlarida eng ko‘p qo‘llaniladi. Binolardan foydalanish va yong‘in havfsizligi texnologiyasi samolyotlarning turishi va ta’mirlanishi uchun mo‘ljallangan, qo‘shma transport birliklarining katta miqdori joylashtiriladigan yirik avtobus va trolluybus parklari uchun katta oraliqli binolarni loyihalashni talab etadi.
Katta oraliqli binolarning xilma – xilligi va ularga qo‘yiladigan turli xil talablar tegishli konstruktiv yechimlarga sabab bo‘ldi. Ko‘pincha, ramali, to‘sinli tizimlar, arkali ustyopmalar va osma fazoviy tizimlar qo‘llaniladi. Fazoviy inshootlarning konstruktiv yechimlari, ularni barpo etish shartlari, qurilish maydonining xususiyatlari, montaj qilish mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘pincha eng maqbul texnologiyani va inshootni barpo etish ketma – ketligini talab etadi. Odatda, inshootni barpo etish uchun montaj qilishning xilma – xil usullaridan foydalanish mumkin, ko‘pincha ular birga qo‘shib foydalaniladi va shu bilan texnologiyalarning ko‘p variantligini tashkil etadi, bunda maqbul texnologiyani tanlash montaj ishlarini loyihalashning mazmunli masalasini tashkil etadi.
8.2. Katta oraliqli binolarni montaj qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Katta oraliqli binolar va inshootlarni montaj qilish quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

  • binolarning karkaslari po‘lat, yig‘ma temirbeton va aralash konstruksiyalardan tayyorlanishi mumkin: ustunlar – temirbetondan, devor panellari – bir yoki ko‘p qatlamli, kran osti to‘sinlari, fermalar, bog‘lamalar va po‘lat – ustyopma elementlari;

  • binoning o‘lchamlari odatda montaj qiluvchi kranlarning ta’sir ko‘rsatish doirasidan ortiq bo‘ladi;

  • bir qator konstruksiyalar – katta balandlikdagi va massadagi ustunlar, kuchli kran osti to‘sinlari, katta oraliqli fermalar, ustyopmaning hajmdor elementlarini – qismlab yoki bir nechta krandan foydalanib montaj qilishga to‘g‘ri keladi;

  • binoni montaj qilishni texnologik qurilmani(jihozlar) o‘rnatish bilan bog‘lash zarur.

Po‘lat konstruksiyali bir qavatli sanoat binolarini 18, 24, 30 va 36 m oraliqli va 30 m balandlikgacha qilib loyihalanadi va barpo etiladi. Temirbeton konstruksiyali bir qavatli binolar 12, 18, 24, va 30 m oraliqga 14.4 m balandlikgacha (ustunni yuqori qismigacha) va 24, 30 va 36 m oraliqli va 18 m balandlikgacha qilib loyihalanadi.
Bir qavatli sanoat binolari oralig‘i, ustunlar qadami va balandligiga bog‘liq holda quyidagi turlarga bo‘linadi: yengil oralig‘i 6...18 m, balndligi 5...12 m; o‘rtacha oralig‘i 18...30 m, balandligi 8...24 m; og‘irlik oralig‘i
24..36 m, balandligi 18...30 m.
Katta oraliqli binolar konstruksiyasini montaj qilish usullarini va montaj qilishni tashkil etishni tanlashning asosiy mezonlari:

  • montaj ishlari hajmi;

  • binoning hajmiy – rejaviy va konstruktiv yechimlari;

  • montaj qilishning va umuman binoni barpo qilishning belgilangan muddatlari;

  • montaj mexanizmlarining mavjud parki.

Turli xil binolarning konstruksiyalarini montaj qilish usullari quyidagilarga bog‘liq holda ajratiladi:

  • qo‘llaniladigan ko‘tarish – montaj qilish jihozlariga qarab – kranli va kransiz usullar;

  • montaj qilish oldidan elementlarni bloklarga yiriklashtirish darajasiga qarab – elementlab, yirik blokli montaj konveyerli yig‘ish, rulonlash;

  • elementlarni loyiha holatiga o‘rnatish ketma – ketligi bo‘yicha;

  • yassi va fazoviy montaj va texnologik bloklarni loyiha holatiga o‘rnatish ketma – ketligi bo‘yicha;

  • montaj qilishda kranning bino bo‘ylab va ko‘ndalangiga

harakatlanishi;

  • elementlarni tayanchga keltirish va o‘rnatish usullari;

  • konstruksiyalarni vertikal bo‘yicha yig‘ish ketma – ketliklari;

  • montaj qilish jarayonida binolar, inshootlar va konstruksiyalar ishlashining konstruktiv xususiyatlari;

  • ob’yektni barpo etish yo‘nalishlariga qarab – surish, vertikal ko‘tarish, burish usullari.


Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish