Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


-rasm. Stakan turidagi poydevorlarning holatini belgilab qo‘yish



Download 4,86 Mb.
bet29/68
Sana14.04.2023
Hajmi4,86 Mb.
#927890
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti

7.1.-rasm. Stakan turidagi poydevorlarning holatini belgilab qo‘yish:
1- binoning bosh o‘qlari; 2 – obnoska; 3 – o‘qlarning holatini ko‘rsatuvchi mixlar; 4 – andoza; 5 – qoziqlar, shtirlar.
Lentasimon turdagi poydevorlar – bloklar-yostiqlar. Yig‘ma lentasimon poydevorlar ikki turdagi bloklardan tuzilgan bo‘lib, ulardan biri poydevor asosiga joylashtiriladigan blok – yostiqlar va ikkinchisi – binolarning yer osti qismi devorlari hisoblangan devor bloklaridir.
Lentali yostiqlarni montaj qilishda dastlab o‘qlar kesilgan nuqtadan metr bilan poydevor lentasining tashqi qirrasining loyihaviy holati o‘lchanadi va ikkita metall shtir shunday qoqiladiki, bunda ular orasida tortilgan sim prichalka poydevorlar lentasi chizig‘idan 2 ... 3 mm tashqarida joylashsin (7.2-rasm). Agar loyihada boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, u holda qumli gruntlarda poydevor bloklari bevosita tekislangan asosga joylashtiriladi, boshqa gruntlarda – qalinligi 10 sm bo‘lgan qumli yostiq ustiga joylashtiriladi.

7.2 - rasm. Poydevor yostiqlarining holatini belgilash:
1 – obnoska, 2 – qirradagi (chetdagi) poydevor yostiqlari; 3 – prichalka.
Asos belgisi nivelirlash bilan tekshiriladi. Lentali poydevorlarni montajini burchaklardagi mayoq bloklardan va devorlar kesishgan joylardan boshlanadi. SHundan so‘ng reja-ip bloklarning yuqori – tashqi qirrasiga darajasigacha ko‘tariladi va unga ko‘ra barcha oraliq bloklar joylashtiriladi.
Yon qo‘yinlar va blok yostiqlar orasidagi 10...15 sm gacha ochiqliklar (ajralishlar) montaj qilish jarayonida qum bilan to‘ldiriladi va zichlashtiriladi. Gruntni ortig‘i bloklar sirtidan sidirib olib tashlanadi. Bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar kesishgan joylarda blok -yostiqlar zichlab joylashtiriladi, ular orasidagi qo‘shilgan joylar beton qorishmasi bilan tuldiriladi. Mayoqli yostiqlar o‘rnatilgandan so‘ng prichalka yostiqlar qirrasining yuqori qirrasi satxigacha ko‘tariladi.
Odatdagi gruntlarda poydevorlar yostiqlari yuqorisi gorizontal gidroizolyatsiya qilinadi, uning ustidan 30 mm qalinlikda sement qorishma tortiladi. Kuchsiz gruntlarda va poydevorlarning notekis cho‘kishi mumkin bo‘lgan holatlarda poydevor yostiqlari usti bo‘yicha sement – qum qorishmasiga armatura to‘ri joylashtiriladi, bu yuqorida yotgan bloklar va konstruksiyalardan tushadigan yuklanishlarning ancha bir tekis taqsimlanishiga olib keladi. To‘r sterjenlari diametri loyihaga ko‘ra qabul qilinadi, lekin 5 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Sement suvog‘i (qorishma) qilinishi tugatilgandan keyin kotlovani montaj qilingan poydevor yostiqlari yuqorisigacha grunt bilan to‘ldirish maqsadga muvofiq.
Poydevor asos osti sifatida shibbalab zichlashtirilgan shag‘al o‘stidan qo‘yilgan beton tayyorgarlik yoki ayrim hollarda, asos plitasi xizmat qiladi. Vertikal opalubka geodezik rejalash bo‘yicha berilgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rnatiladi.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish