Binoning yerosti qismi montajining xususiyatlari. Binoning yer osti qismini montaj qilish uchun binoning yer usti qismini barpo etish uchun loyihalashtirilgan pnevmog‘ildirakli, avtomobil, gusenitsali kranlardan, kran-nuleviklar va minorali kranlardan foydalanish mumkin.
Ishlarning asosiy xususiyatlari:
yer ishlari bilan bog‘lash – montaj qiluvchi kran yoki kotlovanga tushiriladi va uning uchun kiruvchi pandus quriladi yoki kran uchun kotlovan chetida xarakatlanish uchun yetarlicha keng joy qoldiriladi;
tuproqni qayta to‘kib to‘ldirish va qatlam – qatlam bo‘yicha zichlashtirishning puxtaligi, chunki tuproqni qayta to‘ldirish zonalarida ko‘pincha joylashtiriladigan kranosti yo‘llarining mustaxkamligini kafolatlash zarur.
Agar binoning yer usti qismini montaj qilishda minorali krandan foydalanish nazarda tutilgan bo‘lsa, u bilan yer osti qismini ham montaj qilish mumkin. Bu holda kran osti yo‘llari va kranning o‘zini montaj qilishni poydevorlarni yotqizish boshlangunga qadar tugallash zarur. Agar kotlovanning chuqurligi katta bo‘lsa va kranning kotlovan cheti bo‘ylab harakatlanishda yonbag‘irning mustahkamligi buzilishi mumkin bo‘lsa, u holda montaj ishlarini bir nuqtadan va strela qulochi uzunligida olib borish maqsadga muvofiq. Bunda poydevor yostiqlari, yerto‘la devorlari bloklari, ustyopma plitalari o‘rnatiladi, gidroizolyatsiya qilinadi, qo‘yinlarga qayta tuproq tortiladi, ya’ni yonbag‘irning (qiyalikning) buzilish havfini bartaraf etuvchi tiragich devor shakllantiriladi.
UCHINCHI BO‘LIM
ZAVODDA TAYYORLANGAN KONSTRUKSIYALARDAN BINO VA
INSHOOTLARNI BARPO ETISH TEXNOLOGIYALARI
Darslikning mazkur bo‘limi katta hajmga ega. Unda eng xilma – xil binolar va inshootlarning – bir qavatli va ko‘p qavatli sanoat binolari, keng nomenklaturadagi turar joy va jamoat binolari, baland binolar va inshootlarni barpo etishdagi operatsiyalarni bajarishning texnologik ketma – ketligiga alohida e’tibor berilgan. Tanlash mezoni oddiy bo‘lib, binolarni va ularni barpo etish texnologiyasining hozirgi vaqtda yoki kelgusi yaqin yillardagi ularga bo‘lgan talabdan kelib chiqadi.
Bu bo‘limda materialni yoritish shakli bir xil. Bino va inshootning vazifasi, mumkin bo‘ladigan qo‘llanish sohasi va konstruktiv xususiyati, montaj mexanizmlarini, barpo etish uchun texnologik jihozlarining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Ko‘rib chiqilgan har bir turdagi bino va inshootlarni barpo etishning texnologik jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
VIII BOB. KATTA ORALIQLI BINO VA INSHOOTLARNI MONTAJ QILISH USULLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |